Sirdaryoavtoyol
317 subscribers
50K photos
2.11K videos
13 files
4.36K links
Сирдарё вилояти автомобиль йўллари ҳудудий бош бошқармаси

📞 (99867) 227 34 02

Facebook: https://www.facebook.com/sirdaryoviloyati.ayhbb
Download Telegram
Jarayon

Mirzaobod tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi ishchi-xodimlari tomonidan Xalqaro ahamiyatga ega M34 “Toshkent—Dushanbe” avtomobil yo‘lining 117-kilometrida saqlash ishlari bajarilmoqda.

@Sirdaryoavtoyol
Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi

Sirdaryo viloyat Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasida viloyat Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Viloyat adliya boshqarmasi Guliston shahar Adliya bo‘limi mutaxassislari Qobiljon Ahmadjonov, Rustam Xolmurodov, “Odil huquq” advokatlik firmasi advokati Umid Mamanovlar o‘z ma’ruzasida Bosh qomusimizning hayotimizdagi o‘rni, mazmun-mohiyati, Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgan ustuvor maqsad va tamoyillar haqida to‘xtalib o‘tdilar.
Tadbirda asosiy qonun inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydigan, jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun poydevor yaratadigan, xalqimizning munosib turmushini qaror toptirishga xizmat qiladigan muhim hujjat ekanligi alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv huquqiy savol-javoblar bilan davom etdi.

@Sirdaryoavtoyol
Jarayon

Sirdaryo Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi ishchi-xodimlari tomonidan Xalqaro ahamiyatdagi M39 “Toshkent— Termiz” avtomobil yo‘lining 782—783-kilometri oraligʻida oprnatilgan yo‘nalish ko‘rsatkichlarini o‘zida aks ettiruvchi elektron panno yozuvlari qayta ko‘rib chiqilib, o‘zgartirishlar kiritildi.

@Sirdaryoavtoyol
Jarayon

Boyovut tuman Yoʻllardan foydalanish davlat muassasasi ishchi-xodimlari tomonidan mahalliy ahamiyatga ega 4K656 “Guliston sh. —Boyovut sh. —U.Yusupov DFXU 3-Boyovut orqali” avtomobil yoʻli hamda 4K660A “A376 avtomobil yoʻliga kirish” avtomobil yoʻliga zarur yoʻl belgilarini oʻrnatish ishlari bajarilmoqda.

@Sirdaryoavtoyol
Jarayon

Sirdaryo tuman Yoʻllardan foydalanish davlat muassasasi ishchi-xodimlari tomonidan davlat ahamiyatidagi 4R29 “M34 avtoyo‘li—M39 avtoyo‘li—Qozog‘iston Respublikasi chegarasi” avtomobil yo‘lining 0—1-kilometri oralig’ida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan ko‘chatlarni sug‘orish ishlari bajarilmoqda.

@Sirdaryoavtoyol