SIRDARYO
18.3K subscribers
14.7K photos
1.77K videos
6 files
4.24K links
@sirdaryoonlayn_bot мурожаат учун
Download Telegram
#ARGOS_eslatadi

⚡️Bayram kunlari xodimlarni ishlatish taqiqlanadi


Xodimlarni bayram (ishlanmaydigan) kunlari ish beruvchining farmoyishi bo'yicha ishga jalb etishga faqatgina jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo'lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo'mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asoslar bo'yicha yo'l qo'yiladi.

Ishlab chiqarish-texnika sharoitlari va boshqa sharoitlarga ko'ra ishni to'xtatib turish mumkin bo'lmagan joylarda, aholiga xizmat ko'rsatish zarurati bo'lgan ishlarda, shuningdek, kechiktirib bo'lmaydigan ta'mirlash va yuk ortish-tushirish ishlarida bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlashga yo'l qo'yiladi.

◽️Ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to'lanadi.

👉 @SirdaryoOnlayn
Ehtiyojmand oilalar holidan habar olindi

Xayr-saxovat, mehr-muruvvat ko‘rsatish, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish xalqimizga xos ezgu amal. Bayramlar, ulug‘ ayyomlar oldidan ushbu fazilatlar yanada bo‘y ko‘rsatadi.

Yangi yil bayrami munosabati bilan Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi boshlig'i Dilshod Ruzmatov tomonidan «Kambag'allikdan farovonlik sari» g'oyasi asosida o'ziga biriktirilgan oilalar holidan habar olinib, bayram sovg'alari berildi.

Shuningdek, boshqarma boshlig'i tomonidan o'ziga biriktirilgan oilalarning biriga tadbirkorlik bilan shug'ullanishi uchun «E-Auksion» savdosi orqali yer maydonining xujjatlari ham topshirildi.

Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi Axborot xizmati

👉 @SirdaryoOnlayn
Savdo, ishlab chiqrish va xizmat ko'rsatish obyektlariga nom berishni takomillashtish maqsadida «Milliynom.uz» platformasi ishga tushirildi.

👉 @SirdaryoOnlayn
Guliston shahrida pensiya oluvchilar va ularga to'lanadigan pullarning umumiy miqdori to'g'risida maʼlumot

Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Guliston shahri boʻlimi maʼlumotlariga koʻra, Guliston shahrida pensiya oluvchilar soni jami 12 ming 734 nafarni tashkil etadi.

Shundan,  1 ming 615 nafari naqd pulda va 11 ming 119 nafari plastik kartalar orqali oladi.

👉 @SirdaryoOnlayn
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qorbobolarkarvoni

«Yoshlar forumi-2024» doirasida aholiga, ayniqsa yoshlarga bayram kayfiyatini ulashish maqsadida mahalla yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan Sirdaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi hamda viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilayotgan «Qorbobolar karvoni» Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazidagi bolajonlarni Yangi yil bilan qutlash uchun keldi.

👉 @SirdaryoOnlayn
«Yangi Sirdaryo» gazetasining 2024-yil 28-dekabrdagi 52-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda

Batafsil

👉 @SirdaryoOnlayn
📸 Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyevning Yangi yil tabrigi

👉 @SirdaryoOnlayn
Aziz va muhtaram yurtdoshlar, qadrli do‘stlar!

Barchangizni kirib kelayotgan Yangi 2025-yil bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Sizlarga yangi yilda oilalaringizga shodu-xurramlik, sihat-salomatlik, baxtu-saodat, yangi omadlar yor bo‘lishini, barcha orzu-niyatlaringiz ushalishini chin yurakdan tilayman. Kirib kelayotgan yangi 2025-yil fayzu baraka, yangi yutuq va zafarlar olib kelsin!

Yangi yil fayzli-barakotli, ezguliklar yili bo‘lsin. Yil davomida sizlarni xush kayfiyat, xotirjamlik, mehr-oqibat tark etmasin. Barchangizga sog‘lik-salomatlik, tinchlik-totuvlik va kasbiy faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman. Yangi yilda yangi baxt, yangi omadlar hamisha hamrohingiz bo‘lsin. Go‘zal va betakror yurtimiz tinch-osoyishta, olijanob, bag‘rikeng xalqimiz hamisha omon bo‘lsin!

Siz azizlarni yangi – 2025-yil bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman! Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!

Jamoliddin Xodjimanov,
Guliston shahri hokimi
.

👉 @SirdaryoOnlayn
O‘zbekistonda yangi yilning ilk kunida 1040 nafar chaqaloq tug‘ildi

O‘zbekistonda 2025 yil 1 yanvar soat 17:00 holatiga ko‘ra jami 1040 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Ularning 492 nafari o‘g‘il, 548 nafari qiz.

Eng ko‘p tug‘ilish Farg‘ona viloyatida (154 nafar) qayd etilgan. Eng kam tug‘ilish esa Navoiy viloyati (18 nafar) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

👉 @SirdaryoOnlayn
2024-yilda dunyo aholisi 71 mlndan ortiq kishiga ko‘paydi

Mutaxassislarning fikricha, 2025-yilning 1 yanvarida dunyo aholisi 8,09 milliard kishini tashkil qiladi.


👉 @SirdaryoOnlayn
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Guliston shahri avtomobil yoʻllarida yotiq yoʻl chiziqlarini maxsus texnikalar yordamida yangilash choralari koʻrilmoqda - SirdaryoYPX.

👉 @SirdaryoOnlayn
#Ekologik_byulleten

Bugun atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi avtomatlashtirilgan stansiyalardan olingan maʼlumotlar bo‘yicha asosiy ifloslantiruvchi moddalar miqdori RM2,5 bo‘yicha Toshkent shahrida (Mirzo-Ulug‘bek tumanida (TTZ-4) 1,5 marta, Mirzo-Ulug‘bek tumanida (Yangi O‘zbekiston  bog‘i) 1,1 marta, Yunusobod tumanida (Safiya) 1,4 marta, Green University 1,5 marta), Jizzax shahrida 1,2 marta, Farg‘ona shahrida 3,9 marta, Namangan shahrida 2,4 marta oshdi; azot dioksidi bo‘yicha Guliston shahrida 16,6 marta oshish holatlari kuzatildi.

Qolgan konsentratsiyalar bo‘yicha oshish holatlari kuzatilmadi.

👉 @SirdaryoOnlayn
O‘zbekistonda 2025-yil 1-fevralga qadar tuman banklari filiallarida mahallabay ishlash bo‘limlari tashkil etilib, ularga «mahalla bankirlari» tayinlanadi

Shuningdek, har bir mahallada ular bilan birga ishlaydigan “yordamchi-agentlar” tanlab olinadi.

👉 @SirdaryoOnlayn
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Elektromobillarni quvvatlash uchun kunduzi qimmat, kechasi arzon tariflar joriy etilishi kutilmoqda

👉 @SirdaryoOnlayn
1-yanvardan kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi

2025-yil 1-yanvardan kambag‘al oilalar farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi.

2025-2026-o‘quv yilidan, kambag‘al oilalar farzandlarining davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.

2025-yildan «El-yurt umidi» jamg‘armasi tomonidan kambag‘al oilalarning farzandlari uchun alohida kvotalar ajratiladi.

👉 @SirdaryoOnlayn
«Mening bog‘cham» doirasida g‘olib loyihalar aniqlandi

2025 yilda yangi quriladigan, kapital taʼmirlanadigan va rekonstruksiya qilinadigan bog‘chalarni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan «Mening bog‘cham» loyihasi doirasida g‘olib loyihalar eʼlon qilindi.

Unda Boyovut tumanida joylashgan 8-maktabgacha taʼlim tashkilotining 90 o‘rinli binosini buzish va o‘rnidan 180 o‘rinli bino qurish loyihasi ham g‘olib deb topilgan.

👉 @SirdaryoOnlayn
Nukusda mast askar 6 kishini pichoqladi. 1 kishi vafot etgan

3-yanvar kuni Nukus shahrida FVVga qarashli harbiy qismda muddatli harbiy xizmat oʻtayotgan 19 yoshli askar mast holda tinch aholining uyiga kirib, uxlab yotgan ayolga tegajogʻlik qilgan. Uning eri uygʻongach unga chopqi hujum qilgan, natijada 28 yoshli fuqaro vafot etdi.

Mast askar yana 5 kishiga chopqi bilan turli darajada tan jarohatlari yetkazgan. Ayni vaqtda gumonlanuvchi qoʻlga olingan.

Holat yuzasidan «qasddan odam oʻldirish» hamda «qasddan odam oʻldirishga suiqasd qilish» ayblovlari bilan jinoiy ish ochilgan. Nukus harbiy prokuraturasi tergov harakatlarini olib bormoqda.

👉 @SirdaryoOnlayn
FIFA tomonidan 2025-yil uchun xalqaro maydonlarda ishlaydigan hakamlarimizning yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekiston futbol hakamlari markazi

👉 @SirdaryoOnlayn
Mahalliy yo’nalishlardagi poyezdlar chiptalari narxi oshirilishi ma’lum qilindi

«O'zbekiston temir yo'llari» 2025-yil 1-fevraldan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdlarning VIP, Biznes toifadagi chipta narxlari 25 foizga, Ekonom toifadagi chipta narxlari 20 foizga hamda tez yurar yo’lovchi poyezdlar «Sharq», «Nasaf» va «O‘zbekiston» poyezdlarning chipta narxlari 30 foizga oshirilishini ma’lum qildi.

➡️ «Afrosiyob» elektropoyezdlarni chipta narxlari quyidagicha:
▪️Toshkent — Buxoro
▪️VIP 994 000 so‘m
▪️Biznes 751 000 so‘m
▪️Ekonom 484 000 so'm

➡️ Toshkent — Qarshi
▪️VIP 854 000 so‘m
▪️Biznes 634 000 so‘m
▪️Ekonom 406 000 so'm

➡️ Toshkent — Samarqand
▪️VIP 619 000 so‘m
▪️Biznes 450 000 so‘m
▪️Ekonom 294 000 so'm etib belgilandi.

2024-yil 1-yanvardan yuqori tezlikdagi va tezyurar yo'nalishdagi poyezdlarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechish, shuningdek, ularni bozor tamoyillari asosida tartibga solish mexanizmiga o'tildi.

👉 @SirdaryoOnlayn
❗️SSV: Metapnevmovirus yangi kasallik emas. Ortiqcha xavotirga hojat yo‘q!

«Metapnevmovirus avvaldan maʼlum infeksiya bo‘lib, birinchi marta 2001 yilda aniqlangan. Kasallik asosan havo-tomchi yo‘li orqali yoki baʼzi holatlarda ifloslangan yuzalar bilan aloqa natijasida yuqadi hamda tarqaladi», — deydi SEOvaJS qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i R.Ikramov.

Metapnevmovirusning kuz-qish davrida yana-da faollashuvi kuzatiladi. Infeksiya odatda burun oqishi, yo‘tal va isitma bilan, xuddi o‘tkir respirator virusli infeksiyalar shaklida paydo bo‘ladi, baʼzi hollarda bronxiolit va pnevmoniyani keltirib chiqaradi.

Kasallikni davolash odatda simptomatik bo‘lib, asosan uy sharoitida bemorning ahvolini yengillashtirishga qaratilgan muolajalar qo‘llaniladi. Og‘ir holatlarda kislorodli terapiya yoki kasalxonaga yotqizish talab qilinishi mumkin.

Metapnevmovirus bilan kasallangan odamlarning aksariyati asoratsiz tuzalib ketadi.

👉 @SirdaryoOnlayn