Sirdaryo FVB / O'zingizni asrang!
890 subscribers
20.7K photos
2.28K videos
4 files
5.36K links
🚒Sirdaryo viloyatida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish borasidagi tadbirlar va xabarlar.

📨Murojaat uchun @Davronbek_FVB
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vazirlikda bahor ayyomi tantanasi

Favqulodda vaziyatlar vazirligida bahor faslini munosib kutib olish, Navro‘z bayramini nishonlash va xodimlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlash maqsadida, katta doshqozonda sumalak tayyorlandi. FVV Akademiyasi orkestr jamoasi sumalak pishirish jarayonida o‘zlarinig kuy-qo‘shiqlari bilan bayram tadbiriga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
#yashik_yillik

Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda hududiy bo'limlar hodimlari “Yashil yillik” umummilliy tadbirida faol ishtirok etib kelishmoqda.

Prezidentimiz tashabbusi bilan ilgari surilgan va keng miqyosida o'tkazib kelinayotgan “Yashil yillik umummilliy tadbiri yashil maydonlarni kengaytirish, shahar va qishloqlarda go‘zal bog‘lar yaratish imkonini bermoqda. Shu maqsadda Sirdaryo viloyatida ham keng qamrovli ishlar boshlab yuborildi.
Tadbir doirasidagi ko‘chat ekish, bog‘ yaratish ishlarida harbiy xizmatchilar ham faol qatnashmoqda. Barcha shahar-tuman bo'lim hodimlari tomonidan hududlarda ko'chat ekish, daraxtlarga shakl berish ishlari amalga oshirilmoqda.

Sirdaryo viloyati FVB
“Yosh qutqaruvchi” sport musobaqasining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Kuni kecha Guliston shahrida Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyati Kengashi hamda viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi hamkorligida “Yosh qutqaruvchi” sport musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Профилактика

Гулистон шаҳар Фавқулодда вазиятлар бўлими ходимлари томонидан Гулистон шаҳридаги Ҳ.Худойбердиева номидаги ижод мактабида профилактик-тарғибот тадбири ўтказилди.

Sirdaryo viloyati FVB