Sirdaryo FVB / O'zingizni asrang!
775 subscribers
17.6K photos
2.03K videos
3 files
4.95K links
🚒Sirdaryo viloyatida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish borasidagi tadbirlar va xabarlar.

📨Murojaat uchun @Davronbek_FVB
Download Telegram
O‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilib, tobora ommaviylashib borayotgan “Yosh qutqaruvchi” sport musobaqasining Sirdaryo viloyati bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

Yosh qutqaruvchi, bu favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda birinchi yordam ko‘rsatuvchi va to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan iqtidor egalaridir.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan musobaqada shahar va tumanlardagi maktablar jamoalari o‘rtasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 11 ta jamoa ishtirok etdi.

🏆Musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra:
🥉3-oʻrinni Shirin shahrining "Burgutlar" jamoasi;
🥈2-oʻrinni Mirzaobod tumanining "Lochinlar" jamoasi;
🥇1-oʻrinni Xovos tumanining "Madad" jamoasi egalladi.

"Madad" jamoasi endilikda, Sirdaryo viloyatida boʻladigan "Yosh qutqaruvchi" musobaqasining Respublika bosqichida viloyatimiz sharafini himoya qiladilar.

Sirdaryo viloyati FVB