Sirdaryo FVB / O'zingizni asrang!
1.9K subscribers
21.4K photos
2.43K videos
5 files
5.61K links
🚒Sirdaryo viloyatida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish borasidagi tadbirlar va xabarlar.

📨Murojaat uchun @Davronbek_FVB
Download Telegram
Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 10-12 dekabr kunlari A-373 “Toshkent - O‘sh” avtoyo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik va turnan kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 m gacha pasayishi, shamol tezligi 17 - 22 m/s gacha kuchayishi natijasida avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin.

Shuningdek, joriy yil 8-13 dekabr kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:
Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
Namangan viloyati Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.

Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz.

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ёнғин хавфсизлиги ойлиги доирасида Гулистон ва Оқолтин туманларида олиб борилаётган тарғибот тадбирлари.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/SirdaryoFVB
Sirdaryo tumani FVB ogohlikka chaqiradi!

Bayramlar ichida “Yangi yil” o‘z shukuhi, o‘z tarovati bilan ajralib turadi. Biroq shunisi achinarliki, ushbu bayram arafasida dilni xira qiladigan pirotexnika vositalari ko‘pchilikning tinchini buzadi. Shuningdek, kuchli yong‘in holatlariga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Pirotexnika vositalaridan foydalanish quyidagicha salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin:
- tananing yuz, ko‘z, qo‘l sohalarida og‘ir chuqur kuyish jarohatlarining yuzaga kelishi;
- ko‘zlarning shikastlanishi natijasida ko‘rish faoliyatining qisman yoki butunlay buzilishi;
- asoratlar bemorlarning ruhiy holatiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi;
- kuchli yong‘in holatlarini keltirib chiqarishi va boshqalar

Shu munosabat bilan, Sirdaryo tumani FVB aholidan bayramni osuda o‘tkazish maqsadida barcha xavfsizlik qoidalariga rioya etishni so‘raydi.

Rasmiy sahifalarimiz:
🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🌐web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda Oʻzbekiston hududida havo haroratining pasayishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan ushbu muhim tavsiyalarga e'tibor berishingizni soʻraymiz.
---------------
Как мы уже сообщали, в эти дни в Узбекистане ожидается похолодание. В этой связи рекомендуем прислушаться к полезным рекомендациям.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida o'quv seminari o'tkazildi.

Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari—shtab boshlig'i polkovnik X. Bobonov boshchiligida, shahar-tuman favqulodda vaziyatlar bo'limlari (kasbiylashtirilgan) yong'in-qutqaruv qism boshliqlari bilan o'quv seminar o'tkazildi.

O'quv seminar reja dasturiga ko'ra birinchi kuni O'zbekiston Respublikasi FVV ning buyruq va me'yoriy hujjatlarining mazmun-mohiyati ishtirokchilarga yetkazilib, qism boshliqlarining faoliyatiga doir nazariy bilimlari mustahkamlandi. Ikkinchi kuni himoya aparatlarida ishlash, nafas olishga yaroqsiz muhitda yong'inlarni o'chirish hamda favqulodda vaziyatlarda jangovar ruhiy tayyorgarlikni shakllantirish maqsadida GTHX guruhlari bilan tutun va olov ta'sirida mashg'ulotlarni olib borish, jismoniy tayyorgarliklarini sinovdan o'tkazdilar.


Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/SirdaryoFVB
#Диққат
#Огоҳ_бўлинг

Юртимизда 15-ноябрьдан 15-декабргача "Ёнғин хавфсизлиги ойлиги" ўтказилмоқда.

Азиз ҳамюртлар! Ёнғин хавфсизлиги қоидаларига риоя қилинг!

Арзимаган эътиборсизлик туфайли хаётингиз ва мол-мулкингиз хавф остида қолишига йўл қўйманг.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/SirdaryoFVB
#Байрам_муборак

Азиз Юртдошлар!

8 Декабрь - Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинган кун барчангизга муборак бўлсин.

Барчангизни оилангизга фаровонлик, омад, соғлик ва ажойиб кайфият хамроҳ бўлсин.

Ўзбекистон Республикаси Конституцияси 6 бўлим, 27 боб, 155 моддадан иборат.


Сирдарё вилояти Фавқулодда вазиятлар бошқармаси жамоаси.
🗓 9 декабрь — Коррупцияга қарши курашиш халқаро куни

2003 йил 21 ноябрда Мексикада БМТ Бош Ассамблеяси томонидан БМТнинг Коррупцияга қарши Конвенцияси имзоланган бўлиб, 9 декабрь — Коррупцияга қарши курашиш халқаро куни деб эълон қилинган.

Ушбу кун 2004 йилдан бошлаб халқаро миқёсида ҳар йили нишонланади.
#Xavfsiz_bayram

⚡️Yangi yil archasini qanday bezatish kerak?

🔰Yangi yil archasini uy sharoitida xona ichiga o‘rnatayotganda, uni bemalol ko‘chirish mumkunligiga va eshiklarni to‘sib qo‘ymasligiga alohida e’tibor qaratish lozim. Archani tez yonuvchan o‘yinchoqlar bilan bezatish, uning pastki qismini paxta bilan qoplash, yog‘ochni yonuvchi shamlar bilan bezatish aslo mumkin emas. Batafsil...

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda Oʻzbekiston hududida havo haroratining pasayishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan ushbu muhim tavsiyalarga e'tibor berishingizni soʻraymiz.
---------------
Как мы уже сообщали, в эти дни в Узбекистане ожидается похолодание. В этой связи рекомендуем прислушаться к полезным рекомендациям.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🥊🥊 ATFC-20 | Bugungi turnirdagi ilk nokaut!

Ikkinchi jangda ham o'zbekistonlik sportchilar oktakonga ko'tarilishdi. Ushbu jangda gulistonlik Bunyod G'ulomov 1-raundning o'zida samarqandlik Farzod Sunnatillayevni oyoqda berilgan ajoyib zarbasi bilan nokautga uchatdi.

📲 @UZSPORT_TV

Instagram | Facebook | Twitter | Youtube | Sport2 | Rutube
Sirdaryo FVB / O'zingizni asrang!
🥊🥊 ATFC-20 | Bugungi turnirdagi ilk nokaut! Ikkinchi jangda ham o'zbekistonlik sportchilar oktakonga ko'tarilishdi. Ushbu jangda gulistonlik Bunyod G'ulomov 1-raundning o'zida samarqandlik Farzod Sunnatillayevni oyoqda berilgan ajoyib zarbasi bilan nokautga…
Бунёдбек Ғуломов — Сирдарё вилояти Фавқулодда вазиятлар бошқармаси сафида хизмат қилмоқда.

Жамоамиз номидан Бунёдбекни ушбу ютуқ билан табриклаймиз. Келгусида бунданда юқори марраларни забт этишига тилакдошмиз.

Ватанимиз байроғини жахон ареналарида ҳилпирашига сабабчи бўлинг Бунёдбек! Омад ёр бўлсин!
👍5