Sirdaryo FVB / O'zingizni asrang!
795 subscribers
17.5K photos
2.02K videos
3 files
4.92K links
🚒Sirdaryo viloyatida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish borasidagi tadbirlar va xabarlar.

📨Murojaat uchun @Davronbek_FVB
Download Telegram
Bugun Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida "O‘zbekistonda faoliyati kuzatilayotgan ekstremistik oqimlar va norasmiy diniy jamoalar" mavzusida ma'naviyat va ma'rifat soati bo'lib o'tdi.
Dars davomida din qadim-qadimdan insoniyat uchun zarur bo'lgan ma'naviy qadriyatlarni o'zida aks ettirib, ezgulik, mehr-oqibat, poklik, halollik, do'stlik va birodarlik g'oyalarini amalga oshirishga xizmat qilib kelganligi. Ko'pgina milliy qadriyatlarning zavol topmasdan yashab kelayotgani ham dinning ana shu xususiyatlari bilan bog'liq ekanligi. Dunyodagi barcha dinlar ezgulik g'oyalariga asoslanganligini. Ular odamlarni to'g'rilik, soflik, shafqat va bag'rikenglikka undashi to'g'risida so'z bordi.

Dars so'ngida harbiylar xizmatchi va xizmatchilariga Favqulodda vaziyatlar vazirining 2022 yil 25 oktyabr kunidagi 497-son buyrug'i asosida chop etilgan, odob-axloq qoidalarini o'z ichiga oluvchi kitobchalar eslatma sifatida qayta tarqatildi.

@SirdaryoFVB
Korxona, tashkilot va muassasalarda yong‘in xavfsizligini ta'minlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha ESLATMA

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Forwarded from Samarqand viloyati FVB/ O‘zingizni asrang! (Boqiyev Ilhom)
#Биласизми

📝 Ҳокимликлар фавқулодда вазиятлар органлари билан ҳамкорликда ҳар йили 1 майдан 15 сентябргача сувда бахтсиз ҳодисалар (одамлар ўлими) тез-тез рўй бериб турадиган жойларни аниқлаши керак.

⚠️ Шунингдек, мазкур ҳудудлар бўйича маҳаллий аҳоли ва дам олувчилар ўртасида тушунтириш ишлари олиб бориш шарти билан қирғоқ бўйлаб чўмилишни тақиқловчи белгилар ўрнатиши шарт.

Boshqa yangiliklar👇

Facebook | Telegram | instagram | Youtube
❗️❗️❗️БАРЧА ЖУРНАЛИСТЛАР, ОАВ ВАКИЛЛАРИ, ВИЛОЯТДАГИ ТАШКИЛОТ ВА ИДОРАЛАР АХБОРОТ ХИЗМАТЛАРИ ВА БЛОГЕРЛАР ДИҚҚАТИГА!

Жорий йилнинг 24-май куни вилоят Санитария эпидемиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги бошқармаси мажлислар залида, Сирдарё вилояти Фавқулодда вазиятлар бошқармаси, Санитария эпидемиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги бошқармаси ҳамда Ветеринария ва чорвачиликни ривожлантириш бошқармаси ҳамкорлигида матбуот анжумани ўтказилади.

📂МАВЗУ: Ўта хавфли юқумли касалликлар (куйдирги, Қрим-Конго геморрагик иситмаси)ни олдини олиш усуллари ва бу бўйича вилоят миқёсида олиб борилаётган чора-тадбирлар.

Матбуот анжуманига барча босма ва электрон ОАВ вакиллари ҳамда вилоятдаги бошқарма, ташкилот ва муассасалар ахборот хизматлари раҳбарларини таклиф этамиз!

🕗 Бошланиш вақти: 2023 йил 24 май, соат 10:00 да.

🏢 Манзил: Гулистон шаҳар, Ибн Сино кўчаси 15-уй.
Сирдарё вилояти СЭОваЖСБ биноси 3-қават.

⬇️ Маълумот учун:
@Davronbek_FVB
📲+99899-345-02-23
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2023-YILNING 26-29 MAY KUNLARI JIZZAX SHAHRIDA “YOSH QUTQARUVCHI” MUSOBAQASINING RESPUBLIKA BOSQICHI O‘TKAZILADI

MUSOBAQAGA BARCHANGIZNI TAKLIF ETAMIZ!

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
#live

Ayni damda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi majlislar zalida "O‘ta xavfli" kasalliklar turi va tasnifi mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda....


💻Sirdaryo viloyat boshqarmasi OAV va jamoatchilik bilan ishlash bo'limi

Yangiliklarni kuzatib boring

🔽🔽🔽

|Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sel xavfi yuzaga kelganda qanday harakatlarni amalaga oshirish kerak? Ushbu videorolik orqali muhim tavsiyalarni bilib olish mumkin.

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Sel xavfi boʻlganda zarur harakatlar boʻyicha tavsiyalar:

sel oqimlaridan faqat qochib qutilish mumkin. Sel xavfi toʻgʻrisida habar eshitgandan soʻng darxol xavfsiz joyga koʻchish harakatlarini qilish kerak. Sel oqimining tez fursatda shakllanishi, uning tezligini hisobga olgan holda, xabar tarqatish va muhofaza tadbirlarini bajarish uchun vaqt juda chegaralanganligini (bir necha daqiqadan 10-20 daqiqagacha boʻlishi mumkin) doimo yodda tutish lozim;

sel oqimidan xalos boʻlishning iloji boʻlmasa, balandroq tepalik ustiga, daraxtga yoki biror baland moslamalar ustiga chiqish kerak. Odatda sel 3-5 soat davom etishi mumkin;

sel oqimi oʻtgandan soʻng devor va ustunlarning holatini, gaz, elektr va suv taʼminotining sozligini tekshirish zarur.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Cho‘kish bilan bog‘liq hodisalarning yuz bermasligi uchun avvalambor cho‘milish qoidalariga qat'iy rioya qilish lozim. Buning uchun birinchi navbatda ob-havo quyoshli va shamol bo‘lmagan paytda, havo harorati issiq bo‘lgan vaqtda cho‘milish tavsiya etiladi. Qorin och bo‘lganda, charchaganda, chanqaganda, yaqinda bemorlikdan turganda, spirtli ichimlik iste'mol qilinganda, yolg‘iz bo‘lganda va oftob urish hollarida cho‘milish maqsadga muvofiq emas. Shuningdek, taqiqlangan joylarda cho‘milish, kater va qayiqlarga yaqin suzib borish, yosh bolalarni suvda qarovsiz qoldirish, chegaralangan belgilardan tashqariga chiqish, ko‘prik, damba va kemalardan suvga sakrash, notanish joylarga sho‘ng‘ish taqiqlanadi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
OCHIQ SUV HAVZALARIDA CHO‘MILISH HAYOTINGIZ UCHUN XAVFLIDIR

Har bir faslning o‘ziga yarasha jozibasi bo‘lgani singari bahor va yozning issiq tafti ham insonlarni soya-salqinlik sari chorlaydi. Bunda zamonaviy sovutkich o‘rnatilgan xonada dam olishga, muzdek salqin ichimlik ichishga yoki bo‘lmasa, huzurbaxsh suvda maza qilib cho‘milishga nima yetsin.

Biroq cho‘milishning huzurbaxshligi bilan bir qatorda, har yili dunyo bo‘ylab 300 ming nafarga yaqin inson mana shu huzur istagida belgilanmagan joylarda cho‘milishlari oqibatida hayotdan bevaqt ko‘z yumayotganligi yoki bo‘lmasa, har yili kemalar halokatga uchrashi oqibatida ko‘plab insonlarning hayotdan bevaqt ko‘z yumishi kishini o‘yga toldiradi.

Bunday vaqtlarda har bir inson “suvda cho‘kish men va mening yaqinlarim bilan sodir bo‘lmaydi” degan befarqlik va beparvolik chulg‘agan fikrdan biroz chekinib, o‘zi, oila a’zolari va yaqin kishilarini ehtiyot bo‘lishga chaqirishi va ogohlantirib turishi uning kundalik vazifasi emasmikan, deb o‘ylaysan kishi. Zero, har bir fuqaro uchun farzandlari, yaqin kishilari azizdir.

Yoshlar o‘rtasida yuzaga kelayotgan suvdagi halokatlarning aksariyati ularning nazoratsiz qoldirilishi va o‘zboshimchaliklari oqibatida sodir bo‘lmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, suvda cho‘kib halok bo‘lgan yoshlarning 95 foizi ota-onalar tomonidan nazoratsiz qoldirilganligi hamda o‘zboshimchalik bilan belgilanmagan va taqiqlangan joylarda cho‘milishi oqibatida sodir bo‘lgan. Asosan katta yoshdagi fuqarolarning suvda cho‘kishlariga ularning spirtli ichimliklar iste’mol qilib, mast holda cho‘milish uchun suvga tushishlari sabab bo‘lmoqda.

Shu bois suv havzalaridagi baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida quyidagi oddiy qoidalarga amal qiling:

hech qachon belgilanmagan joylarda (daryo, soy, ko‘l, suv ombori, kanal va ariq) cho‘milmang;

“Cho‘milish taqiqlanadi” deb yozilgan maxsus belgilarga qat’iy amal qiling;

yozgi ta’til davrida bolalarning belgilanmagan joylarda cho‘milishga borishlariga yo‘l qo‘ymang;

yosh bolalarni nazoratsiz qoldirmang;

spirtli ichimliklar iste’mol qilib, cho‘milishga bormang;

faqatgina ruxsat etilgan maxsus suv havzalarida cho‘miling.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Сардобанинг оғир ҳудудларидаги ички йўллар шағаллаштирилди

Сардоба туманида "Ободонлаштириш ва ички йўлларни таъмирлаш бўйича вилоят фавқулодда вазиятлар давлат қуйи тизими хизматларининг ҳамкорликдаги ҳаракатлари" мавзусида махсус-тактик ўқув машқи ўтказилди.

Унга вилоят фавқулодда вазиятлар, ички ишлар, автомобиль йўллари, шунингдек, ободонлаштириш бошқармалари ва "Тоза ҳудуд" ДУКнинг 220 дан зиёд куч ҳамда воситалари жалб қилинди.

Тадбир доирасида "Бирлашган" ва "Файзлиобод" маҳаллалари ҳудудидаги 2,5 км.га яқин ички йўлларга тош-шағал аралашмаси тўкилиб, махсус техникалар ёрдамида текисланди.

Teleram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ogohlantiradi!
Taqiqlangan joylarda cho‘milish hayot uchun xavfli!
——————-
МЧС предупреждает!
Купаться в запрещённых местах - опасно для жизни!

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida FVB va FVDTga kiruvchi korxona hamda tashkilotlar hamkorligida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. O‘quv mashqi davomida sel, suv toshqini bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olish, qirg‘oq mustahkamlash va boshqa tadbirlar amalga oshirildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Cho‘kish bilan bog‘liq hodisalarning yuz bermasligi uchun avvalambor cho‘milish qoidalariga qat'iy rioya qilish lozim. Buning uchun birinchi navbatda ob-havo quyoshli va shamol bo‘lmagan paytda, havo harorati issiq bo‘lgan vaqtda cho‘milish tavsiya etiladi. Qorin och bo‘lganda, charchaganda, chanqaganda, yaqinda bemorlikdan turganda, spirtli ichimlik iste'mol qilinganda, yolg‘iz bo‘lganda va oftob urish hollarida cho‘milish maqsadga muvofiq emas. Shuningdek, taqiqlangan joylarda cho‘milish, kater va qayiqlarga yaqin suzib borish, yosh bolalarni suvda qarovsiz qoldirish, chegaralangan belgilardan tashqariga chiqish, ko‘prik, damba va kemalardan suvga sakrash, notanish joylarga sho‘ng‘ish taqiqlanadi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Ҳушёрлик ва огоҳлик — хавфсиз хаёт кафолати. Ховос, Сайхунобод ва Мирзаобод туманида чўкиш билан боғлиқ ноҳуш ҳолатларнинг олдини олиш мақсадидаги профилактик тадбирлар давом этмоқда.

Фавқулодда вазиятлар бўлими томонидан инсонлар орасида содир бўлиши мумкин бўлган ноҳуш ҳолатларнинг олдини олиш мақсадида аҳоли яшаш хонадонлари, ижтимоий соҳа объектлари ва чўмилиш таъқиқланган ҳудудларда мунтазам равишда ўтказилаётган профилаткик тадбирлар давомида кўринарли жойларга "Чўмилиш тақиқланади" белгилари жойлаштирилмоқда.

Шунингдек, таъқиқланган сув ҳавзаларида чўмилаётган фуқаролар огоҳликка чақирилиб, улар билан профилактик суҳббатлар олиб борилди.

Сирдарё вилояти ФВБ