SHOFIRKON.UZ | RASMIY
9.22K subscribers
95.3K photos
2.86K videos
29 files
16.3K links
Telegram: t.iss.one/Shofirkon_tumani_hokimligi
Vebsayt:https://Shofirkon.buxoro.uz Facebook: //www.facebook.com/shofirkontuman.hokimligi Murojaat uchun: 502-23-63 99 557 9391 Adminga murojaat: t.iss.one/Komiljon_Hamroyev
Download Telegram
#Seminar_trening

Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida  yuqori sinf o'quvchilarini kasbga yo'llash, ularning chet tillariga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida AQSHning Pensilvaniya shtatidan kelgan  ingliz va ispan tillarini o'qitish bo'yicha xalqaro darajadagi tajribali mutaxassis Kathleen Patton ishtirokida o'quvchilar uchun  "The importance of staying curious!" nomli seminar - trening tashkil qilindi.

Unda o'quvchilarda turli xil sohalarga qiziqish uyg‘otishga qaratilgan taqdimot namoyish qilinib, o'quvchilar bilan ingliz tilida suhbat olib borildi.

Tashrif mobaynida Kathleen Patton va maktab maslahatchisi Maftuna Toshevalar tomonidan barcha fan o'qituvchilari uchun darsni samarali tashkil qilishga oid master klass  tashkil qilindi.

Master klassda o'qituvchilar pedagogika sohasidagi  innovatsion metodlar bilan tanishib, yangi tajribalarga ega bo'ldilar.


Shofirkon tumani hokimligi axborot xizmati
Fotolavha

Seminar treningdan so‘ng xorijlik mehmon Xoja Orif Revgariy ziyoratgohida bo‘ldi hamda Shofirkon tarixi muzeyidagi eksponatlarni ko‘zdan kechirdi.


Shofirkon tumani hokimligi axborot xizmati
Fotolavha

Seminar treningdan so‘ng xorijlik mehmon Xoja Orif Revgariy ziyoratgohida bo‘ldi hamda Shofirkon tarixi muzeyidagi eksponatlarni ko‘zdan kechirdi.


Shofirkon tumani hokimligi axborot xizmati
TA'MIRLASH ISHLARI TUFAYLI SHOFIRKON TUMANINING BA'ZI MAHALLALARIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI TO’XTATILDI

Shofirkon tuman markazi - Tezguzar, Bobohaydar, Pashmon, Mirzoqul, Zarchabek, Qalmaqon, Shodlik, Savrak, Bobir va Xo‘ja Orif MFYlarni tabiiy gaz bilan ta’minlovchi, kesimi 219 mmli yuqori bosimli gaz quvurida avariya bo‘lganligi sababli 12-dekabr kuni soat 2:30 da gaz ta’minoti to‘xtatildi, avariya holatini bartaraf etgach, soat 8:00 da gaz ta’minoti qayta tiklanishini bildiramiz.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun gaz ta'minoti filiali iste’molchilardan uzr so’raydi.

"Hududgaz Buxoro" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Bugun kech soat 2.30 da Shofirkon tuman markazi - Tezguzar, Bobohaydar, Pashmon, Mirzoqul, Zarchabek, Qalmaqon, Shodlik, Savrak, Bobir va Xo‘ja Orif mahallarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi, kesimi 219 mmli yuqori bosimli gaz quvurida avariya bo‘lganligi sababli hudud iste’molchilariga tabiiy gazni yetkazib berish vaqtinchalik tòxtatilgan edi.
"Shofirkontumangaz" gaz ta'minoti bòlimi xodimlari tomonidan avariya holatini bartaraf etish choralari zudlik bilan ko'rildi. Jarayonlar tugatilgach, gaz ta'minoti soat 8:00 da qayta tiklanadi.

Hurmatli iste'molchilar, gaz xo'jaligi qoidalariga rioya etishni unutmang! Gaz jihozlaringizni qarovsiz qoldirmang!

"Hududgaz Buxoro" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
#Kuz_qish


Kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish, tayyorgarlik jarayonlarini yakunlash bo'yicha hududlarga biriktirilgan ishchi guruh a'zolaridan iborat bo'lgan tarkib uchun tuman hokimi Alisher Fayzilloyev raisligida ertalabki saflanish jarayoni bo'lib o'tdi.

Hududlardagi vaziyat xususida hisobot taqdim etildi. Bugungi bajarilishi lozim bo'lgan ishlar yuzasidan ishchi guruh tarkibi a'zolariga tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi.

✍️Shofirkon tumani hokimligi axborot xizmati