Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi
1.44K subscribers
15.9K photos
1.95K videos
12 files
4.53K links
Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi

Manzil: Shayxontohur tumani, Markaz-14, 17-A-uy
Download Telegram
#Tartib bor joyda ta'lim bor.

01.03.2024 yil kuni...
Toshkent shahar Shayxontohur tumani 84-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining 9-10-11 sinf o'g'il bolalari bilan "Kamolon" va "Kamolon Darvoza" MFY raislari, Milliy gvardiya xodimlari, IIB xodimlari hamkorlikda "O'quvchi yoshlar o'rtasida jinoyatchilikni oldini olish" mavzusida o'tkazilgan davra suhbati jarayonidan foto lavhalar.

🖋 Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi Matbuot xizmati.

🌐 Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: ➡️ https://t.iss.one/ShayxontohurtumaniXTB
📣📣 Pedagoglar uchun muhim eslatma!

Xabaringiz bor, joriy yilning mart-may oylarida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi pedagoglar attestatsiyadan oʻtkaziladi.

⚡️Attestatsiya sinovlarining shaffof va adolatli boʻlishini taʼminlash, turli qonun buzilish holatlarni oldini olish maqsadida vazirlikning korrupsiyaga oid harakatlar haqida xabar beruvchi maxsus bot tashkil etilgan.

Hurmatli pedagoglar! Agar sizdan:

attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtishingiz va malaka toifasini olib berish boʻyicha turli takliflar bildirishayotgan;
sinov testlarini olib berish evaziga pul talab qilishayotgan boʻlsa,
mazkur bot orqali bizga xabar bering!

❗️Unutmang, siz ziyoli qatlam, shu bilan birga kelajak avlod yaratuvchilar vakilisiz. “Xolis” insonlar koʻmagiga ishonib, oʻzingiz va kasbiy obro‘yingizga xavf tugʻdirmang.

Faqatgina oʻz bilim va malakangizga tayaning!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#madaniyat


Shayxontohur tumani 102-maktabda 1-mart kuni Baxt va vafo kuychisi, shoira Zulfiyaxonimning 109 yilligiga bag’ishlangan badiiy-adabiy kecha bo’lib o’tdi. Badiiy kechada O’zbekiston va Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan artist Ra’no Yarasheva ishtirok etib o’quvchilar bilan dildan suhbat qurdilar.


🖋 Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi Matbuot xizmati.

🌐 Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: ➡️ https://t.iss.one/ShayxontohurtumaniXTB
Камтарлик

Гарчи шунча мағрур турса ҳам,
Пиёлага эгилар чойнак.
Шундай экан, манманлик нечун,
Кибру ҳаво нимага керак?
Камтарин бўл, ҳатто бир қадам
Ўтма ғурур остонасидан.
Пиёлани инсон шунинг-чун
Ўпар доим пешонасидан.

©️ Эркин Воҳидов

Бугунги кунда унча-бунча одамда йўқолиб бораётган фазилат!
#sport

🏀🏀🏀⚽️⚽️⚽️🏀🏀🏀
Shayxontohur tumani 102-maktabda 1-mart kuni o’quvchilarni sportga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida 10-sinf o’quvchilari o’rtasida sportning Voleybol turidan “Maktab kubogi” uchun musobaqaning yarim final bosqichi o’tkazildi.
⚽️⚽️⚽️🏀🏀🏀⚽️⚽️⚽️

🖋 Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi Matbuot xizmati.

🌐 Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: ➡️ https://t.iss.one/ShayxontohurtumaniXTB
Bugun Siz tug'ilgan kun!

❇️Bugun Toshkent shahar Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi metodisti Xaydarova Ozoda Tolipovnani o'z tavallud kunini nishonlamoqda.

💐Fursatdan foydalanib, barcha hamkasblari, do'stlari va yaqinlari nomidan Ozoda Tolipovnani qutlug' ayyom bilan muborakbod etamiz. Mustahkam sog'lik, uzoq umr, oilaviy baxt va kelgusi ishlarida omadlar tilaymiz.

🖋 Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi Matbuot xizmati.

🌐 Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: ➡️ https://t.iss.one/ShayxontohurtumaniXTB
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 31- avgustdagi 282-sonli "Umumiy o'rta ta'lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari to'g'risida"gi buyrug'i va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15- avgustdagi  666-sonli "Davlat umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilarining zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta'minlash to'g'risida"gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Toshkent shahar Shayxontohur tumani 314-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi pedagogik xodimlari va o'quvchilarining kiyinish madaniyatiga rioya etish va etiketini to'g'ri yo'lga qo'yish maqsadida maktab formasi joriy etilgan.

🖋 Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi Matbuot xizmati.

🌐 Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: ➡️ https://t.iss.one/ShayxontohurtumaniXTB