Shayxontohur tuman hokimligi Matbuot xizmati
12.9K subscribers
26.8K photos
3.17K videos
6 files
8.18K links
murojaatlar va korupsiya xolatlari aniqlanganda xabar berish uchun murojaatlar dushanbi-juma kunlari soat 10.00dan 17.00gacha qabul qilinadi https://t.iss.one/shayxontohur_matbuot_xizmati
Download Telegram
🔷 Bugun erta tongdan Shayxontohur tuman hokimligida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish va “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha saf yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

⚡️
Mazkur ishchi guruhning tumanga biriktirilgan mas’ullari bir oy davomida mahallalardagi ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganadilar.

📌 O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish choralari ko‘rilishiga alohida e’tibor qaratiladi.

Тelegram | Facebook | Instagram |Twitter | YouTube
Rasmiy munosabat

📱 Ijtimoiy tarmoqlarda “Qoratosh” masjidining buzilishi natijasida qadimiy “Baland” masjidi vayron bo’lish xavfi borligi haqida xabar tarqaldi.

📌 Shayxontohur tuman hokimligi Axborot xizmati quyidagilarni ma'lum qiladi:

⚡️ “Baland” masjidi 1857 yilda qurilgan bo'lib, xozirda u ta'mirtalab holga kelib qolganligi sababli qayta qurish ishlari boshlangan.

🖇 Hususan ushbu hududda olib borilayotgan qayta qurish ishlari binoning madaniy meros ob'ekti hisoblangan tarixiy-madaniy qismi saqlangan holda amalga oshirilmoqda. Jarayon Qurilish vazirligi va O’zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi huzuridagi madaniy meros agentligining Toshkent shahar boshqarmasi bilan kelishilgan holda boshlangan.

❗️Qurilish ishlari madaniy merosga daxl qilmasligiga nazoratga olinadi.

Тelegram | Facebook | Instagram |Twitter | YouTube
Тошкент шаҳрида йирик халқаро тадбир - Иқтисодий ҳамкорлик ташкилотининг 16-саммити бошланмоқда.

Саммитда Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев, Озарбайжон Президенти Илҳом Алиев, Эрон Президенти Иброҳим Раисий, Қирғизистон Президенти Садир Жапаров, Тожикистон Президенти Эмомали Раҳмон, Туркманистон Президенти Сердар Бердимуҳамедов, Туркия Президенти Режеп Таййип Эрдоған, Қозоғистон Бош вазири Алихан Смаилов, Покистон муваққат ҳукумати раҳбари Анвар ул-Ҳақ Какар ҳамда ИҲТ бош котиби Хусрав Нозирий иштирок этади.

Бугун, 8 ноябрь куни делегациялар Тошкентга кела бошлайди. Президентимиз уларнинг раҳбарлари билан икки томонлама учрашувлар ўтказади. Жумладан, бугунга Қирғизистон, Туркия Президентлари, Покистон муваққат ҳукумати раҳбари ва ИҲТ бош котиби билан музокаралар режалаштирилган.

Эртага, 9 ноябрь куни олий даражадаги йиғилиш бўлиб ўтади. Унинг доирасида қатор икки томонлама учрашувлар ўтказилиши кўзда тутилган.

В Ташкенте начинается крупное международное событие - 16-й саммит Организации экономического сотрудничества.

В саммите примут участие Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев, Президенты Азербайджана Ильхам Алиев, Ирана Ибрахим Раиси, Кыргызстана Садыр Жапаров, Таджикистана Эмомали Рахмон, Туркменистана Сердар Бердымухамедов, Турции Реджеп Тайип Эрдоган, Премьер-министр Казахстана Алихан Смаилов, глава временного правительства Пакистана Анвар уль-Хак Какар и генеральный секретарь ОЭС Хусрав Нозири.

Сегодня, 8 ноября делегации начнут прибывать в Ташкент. Президент нашей страны проведет двусторонние встречи с их главами. В частности, на сегодня запланированы переговоры с Президентами Кыргызстана, Турции, главой временного правительства Пакистана и генсеком ОЭС.

Завтра, 9 ноября состоится заседание высшего уровня. На его полях предусматривается проведение ряда двусторонних встреч.

Facebook|Instagram|Twitter
🇺🇿 Shayxontohur tumanida davlat tili talablariga rioya etish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

📝
Shayxontohur tumani Labzak ko'chasida joylashgan xizmat ko‘rsatish shaxobchalari va savdo do‘konlarining reklama va e’lonlari holati o‘rganildi.

🖇 O‘rganishlar davomida tadbirkorlik subyektlariga “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning mazmun mohiyati tushuntirilib, ularga tashqi reklama yozuvlari hamda savdo obyektlarining nomlari, davlat tilida yozilishi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, ogohlantirish xatlari berildi.

O‘rganish ishlari yakunida "Elegance carpet" MChJ gilamlar do'konidagi tashqi yozuvlar bartaraf etildi.

Тelegram | Facebook | Instagram |Twitter | YouTube
🔷 Shayxontohur tumani “Bo‘ston” mahallasida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tomonidan 1-sektordagi ishsiz fuqarolar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

📌 Ushbu yarmarkaga 10 dan ortiq ish beruvchi korxona va tashkilotlar o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.

🎗️ Yarmarka natijasida 14 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitish markazlariga yo‘llanma olgan bo‘lsa 21 nafar fuqaro doimiy ishlarga joylashish uchun yo‘naltirildi.

Тelegram | Facebook | Instagram |Twitter | YouTube
🔷 Shayxontohur tumani Toshkent Matbaa va noshirlik kasb-hunar kolleji binosida “Oʻzbekistonda zoʻravonlik havfi ostida va zoʻravonlik qurbonlari boʻlgan xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha fuqarolik jamiyati institutlarining salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

📌 Davra suhbatiga tumandagi  2–3 sonli IIB XQMB katta inspektorlari, mahalla faollari hamda psixologik, yuridik maslahat olish istagida boʻlgan xotin-qizlar ishtirok edilar.  

🖇️ Davra suhbatiga taklif etilgan murojaatchi xotin-qizlarga bepul yuridik, psixologik va biznes maslahatlar berildi.
Murojaatchi xotin-qizlar tadbirning maqsadli, samarali va natijali amalga oshirilishiga oʻz hissalarini qoʻshdilar.

Тelegram | Facebook | Instagram |Twitter | YouTube