Shayxontohur tuman hokimligi Matbuot xizmati
13.2K subscribers
26.7K photos
3.16K videos
6 files
8.13K links
murojaatlar va korupsiya xolatlari aniqlanganda xabar berish uchun murojaatlar dushanbi-juma kunlari soat 10.00dan 17.00gacha qabul qilinadi https://t.iss.one/shayxontohur_matbuot_xizmati
Download Telegram
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni

📍Bugun 14-yanvar kuni Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Shayxontohur tumani Mudofaa bo‘limi xodimlari tuman hokimligi tomonidan tantanali tarzda taqdirlandilar. Ushbu tadbir davomida harbiylar va mudofaa sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlarning xizmatlari e’tirof etilib, ularga faxriy yorliqlar, sovg‘alar va tashakkurnomalar topshirildi.

Тelegram 💬Facebook 📸 Instagram  Twitter  📹YouTube
O‘zbekistonda taniqli dirijyor Aziz Shohakimov va Tekfen filarmoniyasi orkestrining chiqishlari bo‘lib o‘tadi. Konsert 31-yanvar kuni Toshkentda, 1-fevral kuni esa Samarqandda bo‘ladi.

Dastur jahon mumtoz asarlari durdonalari: Bethovenning 5-simfoniyasi va Rahmaninovning uchinchi konsertidan iborat, unda yakkaxon pardani mohir pianinochi Denis Kojuhin ijro etadi. Orkestrning madaniy ildizlariga urg‘u beruvchi sharqona mavzular bilan to‘la Tuzyun qalamiga mansub “Turk kaprichchiosi” asari dasturdan alohida o‘rin egallagan.

Ushbu konsertlar tinglovchilarga simfonik musiqaning turli qirralari bilan tanishish, buyuk bastakorlar ijod mahsuli in’om etadigan turfa tuyg‘ular tarovatini his etish imkonini beradi.

Batafsil: https://t.iss.one/acdfuz
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев расмий ташриф билан Бирлашган Араб Амирликларига келди. Абу-Даби халқаро аэропортида давлатимиз раҳбарини БАА вице-президенти Шайх Мансур Ол Наҳаён ва бошқа расмий шахслар кутиб олди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл с официальным визитом в Объединенные Арабские Эмираты. В международном аэропорту города Абу-Даби главу нашего государства встретили вице-президент ОАЭ Шейх Мансур Аль Нахайян и другие официальные лица.

#Mirziyoyev #tashrif #BAA #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🎉14-Yanvar - Vatan himoyachilari kuni!

👮‍♂️Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli kuchlarimiz faxriylari, qadrli yurtdoshlar!

🎉Sizlarni mamlakatimiz hayotidagi qutlug' kun - Vatan himoyachilari kuni va Qurolli kuchlarimiz tashkil etilganining 33 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

💫Sizlarga mustahkam sog'lik, oilaviy tinchlik, ulkan quvonch tilab qolaman.

🤗Shuni unutmangki, biz sizlar bilan doim faxrlanamiz.

Hurmat bilan,
Shayxontohur tumani hokimi Bobir Abubakirov


Тelegram 💬Facebook 📸 Instagram  Twitter  📹YouTube
Hokim tumanda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi

✔️Shayxontohur tumani hokimi Bobir Abubakirov hamda sektor rahbarlari bugun “Bog‘ko‘cha” mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Hokim, shuningdek, shu mahallada joylashgan 4-sonli bolalar klinik shifohonasida olib borilayotgan qurilish ishlarga ham e’tibor qaratdi.

📌Bundan tashqari, 187-son maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda 59-son umumta’lim maktabida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari jarayoni joyida ko‘zdan kechirildi.

Тelegram 💬Facebook 📸 Instagram  Twitter  📹YouTube