Shayxontohur tuman hokimligi Matbuot xizmati
13.6K subscribers
26.3K photos
3.13K videos
6 files
8K links
murojaatlar va korupsiya xolatlari aniqlanganda xabar berish uchun murojaatlar dushanbi-juma kunlari soat 10.00dan 17.00gacha qabul qilinadi https://t.iss.one/shayxontohur_matbuot_xizmati
Download Telegram
#Konstitutsiya_kuni

29-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining referendumini tashkil etish va o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan faoliyatining asosiy prinsiplari mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi saylov komissiyalari tizimiga boshchilik qiladi, o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi hamda o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan saylanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan komissiya a’zolari orasidan besh yillik muddatga komissiya majlisida saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi etib saylanishi mumkin emas.
XXIII bob. Sud hokimiyati
130-modda.
O‘zbekiston Respublikasida odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatdan, siyosiy partiyalardan, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan mustaqil holda ish yuritadi.
131-modda.
O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi va sudlar faoliyatining tartibi qonun bilan belgilanadi.
Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Тelegram 💬Facebook 📸 Instagram  Twitter  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiya_kuni

132-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radi.
Konstitutsiyaviy sud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tavsiya etgan siyosat va huquq sohasidagi mutaxassislar orasidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakilini qo‘shgan holda saylanadi.
Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz o‘n yillik muddatga saylanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi o‘z tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisini va uning o‘rinbosarini besh yillik muddatga saylaydi.
133-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi:
1) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi;
2) O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar — O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlarining, ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar — O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi;
3) referendumga chiqarilayotgan masalalarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi;
4) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlarining O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi;
5) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi;
6) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan ishda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risida sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaatini ko‘rib chiqadi;
7) konstitutsiyaviy sudlov ishlarini yuritish amaliyotini umumlashtirish natijalari yuzasidan har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati to‘g‘risida axborot taqdim etadi;
8) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolati doirasida boshqa ishlarni ko‘rib chiqadi.
Fuqarolar va yuridik shaxslar, agar sud orqali himoya qilishning boshqa barcha vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, sudda ko‘rib chiqilishi tugallangan muayyan ishda sud tomonidan o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi shikoyat bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilishga haqli.
Konstitutsiyaviy sudning qarori rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Konstitutsiyaviy sudning qarori qat’iy va uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.
Konstitutsiyaviy sudni tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi.

Тelegram 💬Facebook 📸 Instagram  Twitter  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10-dekabr kuni tarixda bir qator muhim voqealar sodir bo’lgan:

1948-yilda
BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingan.

1896-yil – Alfred Nobel, taniqli kimyogar va ixtirochi, vafot etdi. U Nobel mukofotlarini tashkil etish uchun o‘z mol-mulkini vasiyat qoldirgan.

1901-yil
– Dastlabki Nobel mukofotlari topshirildi.

Тelegram 💬Facebook 📸 Instagram  Twitter  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiya_kuni

134-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat’iy hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida bajarilishi majburiydir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan besh yillik muddatga saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, rais o‘rinbosari etib saylanishi mumkin emas.
135-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyatining mustaqil organi bo‘lib, u sudyalar korpusining shakllantirilishini, sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi va uning o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan besh yillik muddatga saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi, rais o‘rinbosari etib saylanishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashini tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi.
136-modda.
Sudyalar mustaqildirlar, faqat Konstitutsiya va qonunga bo‘ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishga doir faoliyatiga har qanday tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. Sudyalar muayyan ishlar bo‘yicha hisobdor bo‘lmaydi.
Sudyalar daxlsizdir.
Davlat sudyaning va uning oila a’zolarining xavfsizligini ta’minlaydi.
Sudyani muayyan ishning muhokamasidan chetlashtirishga, uning vakolatlarini bekor qilishga yoki to‘xtatib turishga, boshqa lavozimga o‘tkazishga faqat qonunda belgilangan tartibda va asoslarga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. Sudning qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi sudyani lavozimidan ozod etish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas.
Sudyalar senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo‘lishi mumkin emas.
Sudyalar siyosiy partiyalarning a’zosi bo‘lishi, siyosiy harakatlarda ishtirok etishi, shuningdek ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
137-modda.
Hamma sudlarda ishlar ochiq ko‘riladi. Ishlarni yopiq majlisda tinglashga qonunda belgilangan hollardagina yo‘l qo‘yiladi.
138-modda.
Sud hokimiyatining hujjatlari barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar uchun majburiydir.
139-modda.
O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda yoxud qonunga muvofiq boshqa tilda olib boriladi. Sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan to‘la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi.
140-modda.
Sudlarning faoliyatini moliyalashtirish faqat O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan amalga oshiriladi hamda u odil sudlovni to‘liq va mustaqil amalga oshirish imkoniyatini ta’minlashi kerak.

Тelegram 💬Facebook 📸 Instagram  Twitter  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Shayxontohur_tumani
#Yashilshahar2024_2025

🌳 Shayxontohur tumani Yoshlar ishlari agentligi va 1-sektor Yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan "Yashil makon" loyihasi doirasida 75 ta manzarali ko'chatlar ekildi.

Тelegram 💬Facebook 📸 Instagram  Twitter  📹YouTube
#Konstitutsiya_kuni

XXIV bob. Advokatura

141-modda.
Jismoniy va yuridik shaxslarga malakali yuridik yordam ko‘rsatish uchun advokatura faoliyat ko‘rsatadi.
Advokatura faoliyati qonuniylik, mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish prinsiplariga asoslanadi.
Advokaturani tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi.
142-modda.
Advokat o‘z kasbiy vazifalarini amalga oshirayotganda uning faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Advokatga o‘z himoyasidagi shaxs bilan moneliksiz va xoli uchrashish, maslahatlar berish uchun shart-sharoitlar ta’minlanadi.
Advokat, uning sha’ni, qadr-qimmati va kasbiy faoliyati davlat himoyasida bo‘ladi va qonun bilan muhofaza qilinadi.

XXV bob. Prokuratura

143-modda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi.
144-modda.
Prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimiga O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori boshchilik qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining prokurori O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasining oliy vakillik organi tomonidan tayinlanadi.
Viloyatlarning prokurorlari, tuman va shahar prokurorlari O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori tomonidan tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining, viloyat, tuman va shahar prokurorlarining vakolat muddati — besh yil.
Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori lavozimini egallashi mumkin emas.
145-modda.
O‘zbekiston Respublikasining prokuratura organlari o‘z vakolatlarini boshqa davlat organlaridan, o‘zga tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda, faqat O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga bo‘ysungan holda amalga oshiradi.
Prokurorlar o‘z vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga va siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi boshqa jamoat birlashmalariga a’zolikni to‘xtatib turadilar.
Prokuratura organlarini tashkil etish, ularning vakolatlari va faoliyat ko‘rsatish tartibi qonun bilan belgilanadi.
146-modda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha tezkor-qidiruv, tergov va boshqa maxsus vazifalarni mustaqil ravishda bajaruvchi xususiy tashkilotlar, jamoat birlashmalari va ularning bo‘linmalarini tuzish hamda ularning faoliyat ko‘rsatishi taqiqlanadi.
Qonuniylik va huquqiy tartibotni, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jamoat tashkilotlari va fuqarolar yordam ko‘rsatishlari mumkin.

Тelegram 💬Facebook 📸 Instagram  Twitter  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UzA | Tezkor xabarlar
Samolyot chiptalariga talabalar uchun 50 foizgacha chegirma eʼlon qildi

Uzbekistan Airways oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun barcha mahalliy aviaqatnovlar ekonom-klass aviachiptalari tariflariga 50 foizgacha chegirma eʼlon qildi.

Chegirma 2024-yil 23-dekabrdan boshlab 2025-yil 7-yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.

Chegirmali chipta uchun davlat muassasasida oʻqishni tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.

Kanalga ulanish: 
@uzauz
#Konstitutsiya_kuni

XXVI bob. Moliya, pul va bank tizimi

147-modda.
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining yagona moliya, pul va bank tizimiga ega.
148-modda.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti respublika budjetidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini shakllantirish hamda ijro etish tartib-taomillari ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
Fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
Fuqarolarning hamda fuqarolik jamiyati institutlarining budjet jarayonida ishtirok etishi tartibi va shakllari qonun bilan belgilanadi.
149-modda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlarni joriy qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga tegishlidir.
150-modda.
O‘zbekiston Respublikasining pul birligi so‘mdir.
So‘m O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona cheklanmagan qonuniy to‘lov vositasidir.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasining hududida qonuniy to‘lov vositalari sifatida pul belgilarini muomalaga kiritishda va ularni muomaladan chiqarishda mutlaq huquqqa egadir.
151-modda.
O‘zbekiston Respublikasining bank tizimi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan va banklardan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit va valyuta siyosatini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mamlakatda banklar faoliyatini tartibga solishni amalga oshiradi, bank va to‘lov tizimlarining barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z vazifalarini bajarishda mustaqildir.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tashkil etish tartibi qonun bilan belgilanadi.

XXVII bob. Mudofaa va xavfsizlik

152-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.
Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi.
153-modda.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlariga ega.

Тelegram 💬Facebook 📸 Instagram  Twitter  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Давлатимиз раҳбарига озиқ-овқат саноатида амалга оширилаётган ишлар ҳамда 2025 йилги режалар бўйича ахборот берилди.

Главе государства представлена информация о проводимой работе в пищевой промышленности и планах на 2025 год.

#Mirziyoyev #yigilish #sanoat #oziqovqat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Konstitutsiya_kuni

OLTINCHI BO‘LIM. KONSTITUTSIYANI O‘ZGARTIRISH TARTIBI

154-modda.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchiligi tomonidan qabul qilingan konstitutsiyaviy qonun yoki O‘zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi.
Ushbu Konstitutsiya 1-moddasining va ushbu modda ikkinchi qismining qoidalari qayta ko‘rib chiqilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunda uning normalarini, shuningdek Konstitutsiyaning normalarini qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari nazarda tutilishi mumkin.
155-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli taklif kiritilgandan keyin olti oy mobaynida Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida keng va har taraflama muhokamani hisobga olgan holda konstitutsiyaviy qonun qabul qilishi mumkin. Agar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Konstitutsiyani o‘zgartirish to‘g‘risidagi taklifni rad etsa, taklif bir yil o‘tgandan keyingina qayta kiritilishi mumkin.

Тelegram 💬Facebook 📸 Instagram  Twitter  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11-dekabr kuni tarixda yuz bergan muhim voqealar:

O‘zbekiston tarixi

•2003-yil – O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi.

Jahon tarixi

1792-yil – Fransiya qiroli Lui XVI Parijda xiyonat uchun sud qilinadi.
•1936-yil – Buyuk Britaniya qiroli Eduard VIII sevgisi uchun taxtdan voz kechib, o‘rniga ukasi Jorj VI taxtga o’tirdi.
•1941-yil – Germaniya va Italiya AQShga urush eʼlon qildi, AQSh esa ularga qarshi urushga kirishdi (Ikkinchi jahon urushi doirasida).
•1997-yil – Kioto protokoli qabul qilindi, bu iqlim o’zgarishi va issiqxona gazlarini kamaytirishga qaratilgan muhim xalqaro kelishuvdir.

Mashhur shaxslar tug‘ilgan kuni

•1803-yil – Hector Berlioz, fransuz bastakori va romantizm davri musiqachisi.
•1918-yil – Aleksandr Soljenitsin, rus yozuvchisi va Nobel mukofoti laureati.
•1972-yil – Oʻzbekistonlik taniqli bokschi Artur Grigoryan tug‘ilgan.

Boshqa muhim hodisalar

•1946-yil UNICEF BMTning Bolalar fondi (UNICEF) tashkil etilgan.

Тelegram 💬Facebook 📸 Instagram  Twitter  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎅2025-yil kirib kelishiga juda oz fursat qoldi va Toshkent bayram tantanalarini nishonlashga tayyorgarlikni boshlab yubordi.

❄️ Poytaxtimizdagi ko‘plab maskanlarda bir-biridan ko‘rkam qilib bayram archalari bezatilmoqda.

🎄 Asosiy archa Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasining old maydonida tashkil qilinib, 25-dekabr — 10-yanvar kunlari, soat 11:00 dan 23:00 gacha tashrif buyuruvchilarni qabul qiladi.

Shuningdek, bayram tadbirlari quyidagi manzillarda bo‘lib o‘tadi:

🌲 Bektemir tumani: “Food city” majmuasi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
🌲 Mirobod tumani: “Furqat” bog‘i — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
🌲 Mirzo Ulug‘bek tumani: Markaziy bog‘i — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
🌲 Sergeli tumani: Tuman markaziy hiyoboni — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
🌲 Olmazor tumani: Talabalar shaharchasi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
🌲 Shayxontohur tumani: “Anhor Lokomotiv” bog‘i — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
🌲 Shayxontohur tumani: “Tashkent City” bog‘i — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
🌲 Uchtepa tumani: “Seul” Eko-bog‘i — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
🌲 Chilonzor tumani: “G‘ofur G‘ulom” nomidagi istirohat bog‘i — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
🌲 Chilonzor tumani: “Humo Arena” muz saroyi old maydoni — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
🌲 Chilonzor tumani: “Magic city” bog‘i — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
🌲 Yakkasaroy tumani: “Next” savdo majmuasi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
🌲 Yashnobod tumani: “Ashhobod” sayilgohi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 20:00;
🌲 Yangihayot tumani: "Mehrigiyo" 24/7 savdo va xizmat ko'rsatish ko'chasi maydoni — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;



🎅 До наступления 2025 года осталось совсем немного, и Ташкент активно готовится к праздничным торжествам!

❄️ На многочисленных площадках столицы устанавливаются и украшаются яркие и красивые новогодние елки.

🎄 Главная елка расположится на площади перед Национальной библиотекой имени Алишера Навои. Она будет открыта для посещений с 25 декабря по 10 января ежедневно с 11:00 до 23:00.

Помимо главной елки, праздничные мероприятия пройдут в следующих местах:

🌲 Бектемирский район: Комплекс «Food City» — с 25 декабря по 10 января, 13:00 — 19:00
🌲 Мирабадский район: Парк «Фуркат» — с 25 декабря по 10 января, 13:00 — 19:00
🌲 Мирзо-Улугбекский район: Central Park — с 25 декабря по 10 января, 11:00 — 22:00
🌲 Сергели район: Центральный сквер района — с 25 декабря по 10 января, 13:00 — 19:00
🌲 Алмазарский район: Студенческий городок — с 25 декабря по 10 января, 13:00 — 19:00
🌲 Шайхантахурский район: Парк «Анхор Локомотив» — с 25 декабря по 10 января, 11:00 — 22:00
🌲 Шайхантахурский район: Парк «Tashkent City» — с 25 декабря по 10 января, 11:00 — 22:00
🌲 Учтепинский район: Эко-парк «Сеул» — с 25 декабря по 10 января, 13:00 — 19:00
🌲 Чиланзарский район: Парк имени Гафура Гуляма — с 25 декабря по 10 января, 11:00 — 22:00
🌲 Чиланзарский район: Площадь перед ледовым дворцом «Humo Arena» — с 25 декабря по 10 января, 11:00 — 22:00
🌲 Чиланзарский район: Парк «Magic City» — с 25 декабря по 10 января, 11:00 — 22:00
🌲 Яккасарайский район: Торговый комплекс «Next» — с 25 декабря по 10 января, 13:00 — 19:00
🌲 Яшнабадский район: Парк «Ашхабад» — с 25 декабря по 10 января, 11:00 — 20:00
🌲 Янгиҳаётский район: Улица «Mehrigiyo» (торговая и сервисная зона) — с 25 декабря по 10 января, 13:00 — 19:00

Праздничная атмосфера ждет каждого! Не упустите возможность насладиться волшебством Нового года! 🎆
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Shayxontohur_tumani
#Yashilshahar2024_2025

🌳 Shayxontohur tumani Yoshlar ishlari agentligi va 2-sektor Yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan "Yashil makon" loyihasi doirasida Kohota mahallasi hududiga 75 ta manzarali ko'chat ekildi.

Тelegram 💬Facebook 📸 Instagram  Twitter  📹YouTube