Shayxontohur tuman hokimligi Matbuot xizmati
13.2K subscribers
26.8K photos
3.16K videos
6 files
8.14K links
murojaatlar va korupsiya xolatlari aniqlanganda xabar berish uchun murojaatlar dushanbi-juma kunlari soat 10.00dan 17.00gacha qabul qilinadi https://t.iss.one/shayxontohur_matbuot_xizmati
Download Telegram
TABRIK

🎉 Avvalo, siz aziz ayollarini 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

💐Mana shunday qutlug‘ ayyom kunlarida siz, azizlarning sha’ningizga madhiyalar aytish uchun odam shoir bo‘lib tug‘ilmaganiga afsuslanadi. Bu yorug‘ dunyoni quyoshsiz, yeru osmonsiz tasavvur etib bo‘lmaganidek, hayotimizni ham mo‘tabar onalarimiz, mehribon ayollarimizdan ayri tasavvur etolmaymiz.

🪻Sizlar biz uchun avvalo muqaddas ona, aziz Vatan, oila timsoli, bitmas-tuganmas mehr, ezgulik va kuch-g‘ayrat manbaidirsiz

Aziz va muhtarama opa-singillar!

🌹Sizlarni 8 mart bayrami bilan yana bir bor chin qalbimdan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.

🌸Doimo yaqinlaringiz, farzand va nabiralaringiz, el-yurtimiz ardog‘ida bo‘lib yurish nasib etsin! Umringiz uzoq, baxtingiz ziyoda bo‘lsin!

Go‘zal bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan Shayxontohur
tumani hokimi B.Zaxidov


Тelegram | Facebook | Instagram |Twitter | YouTube