Sevara Urinbayeva
2.15K subscribers
9.97K photos
1.22K videos
23 files
4.53K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
#Tayinlov

Adliya vazirligi boshqarma boshlig'i O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati mas'ul lavozimiga ishga o'tdi

Davron Toxirovich Allanazarov O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati Axborot-tahlil va yuridik ta'minlash departamenti Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasidagi islohotlar natijadorligini tahlil qilish bo'limi bosh mutaxassisi lavozimiga tayinlandi.

Davron Allanazarov 1987-yil Xorazm viloyatining Urganch shahrida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy, 2010-yil Toshkent davlat yuridik institutini, 2021-yil Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura bosqichini tamomlagan, huquqshunos.

2023-yildan hozirgi vaqtga qadar Adliya vazirligi Jinoiy, ma'muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi boshlig'i lavozimida ishlab kelgan.

Adliya vazirligi jamoasi Davron Toxirovich Allanazarovni ushbu mas'uliyatli tayinlov bilan samimiy muborakbod etadi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi
👍23
#Tayinlov

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i Prezident Adminstratsiyasi mas'ul lavozimiga ishga o'tdi

G'aybullo Sadulloyevich Primov
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi adliya va sud organlari faoliyati masalalari bo'yicha sho'basi bosh inspektori lavozimiga tayinlandi.

G'aybullo Sadulloyevich 1990-yil Navoiy viloyatining Navbahor tumanida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy, 2011-yil Namangan davlat universitetini tamomlagan, huquqshunos.

2023-yildan hozirgi vaqtga qadar Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i lavozimida ishlab kelgan.

Adliya vazirligi jamoasi G'aybullo Sadulloyevich Primovni ushbu tayinlov bilan samimiy qutlaydi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi
👍25👏3🤩2😁1👌1