Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
7.4K subscribers
42.4K photos
3.74K videos
20 files
10.9K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Xabarlar #Zulfiya

🏅 Sergeli tumanida Zulfiya nomidagi davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi. 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli xotin-qizlar 7 ta yo‘nalishda (adabiyot, san’at, fan, ta’lim, madaniyat, sport, jamoatchilik) baholandi.

Mazkur tanlovda jami 46 nafar qizlar ishtirok etdi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👏2🤩2
🇺🇿 #Xabarlar #Zulfiya

🌷Oqila, barkamol xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, ular orasidan adabiyot, sa'nat, fan va ma'daniyatni rivojlantirishdagi yutuqlari, ibratli faoliyati, keng ko'lamli islohotlarni jadallashtirishdagi faol ishtirokini rag'batlantirish maqsadida mamlakatimizda "Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti ta'sis etilgan.
                                                                  
Sergeli tumanida adabiyot, san’at, fan, ta’lim, madaniyat, sport, jamoatchilik sohasida bir qancha yutuqlarga  erishib kelayotgan qizlar ishtirokida "Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🕊3🏆2
🇺🇿 #Xabarlar #Zulfiya

Zulfiya davlat mukofotiga nomzodlarni saralash shahar bosqichi boʻlib oʻtdi.

🏅Mazkur tanlovning shahar bosqichida Sergeli tumanidan 8 nafar qizlar ishtirok etishdi.
🔹Fan yoʻnalishida Burxonova Munisa Maʼmurjon qizi
🔹Ta'lim yoʻnalishida Rayimova Munisa Nozim qizi va Shovqiyeva Shoxida Bobosher qizi
🔹Sanʼat yoʻnalishida tasviriy sanʼatning Miniatyura chizish turi boʻyicha Raxmanova Madinabonu Asqar qizi, estrada-vakal qoʻshiq ijrosi bilan Alimova Munisa Oybek qizi
🔹Sportning shaxmat turi boʻyicha Olimova Odina Raxmatovna, sportning oʻzbek jang sanʼati boʻyicha Sotimboyeva Sevinch Sharofaddin qizi, sportning taekwondo turi boʻyicha esa Umarxonova Maxliyoxon Muzaffar qizi muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar Toshkent shahar hokim oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi N.N.Umarova tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlanishdi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62💯2
🇺🇿#Zulfiya

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun Respublika bosqichi o‘tkazildi

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti — O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy, ilmiy, madaniy va boshqa sohalardagi yutuqlarini taqdirlash maqsadida ta’sis etilgan mukofotdir. Mukofot, shuningdek, o‘quvchilarga, talabalarga va yosh olimlarga o‘z sohalarida muvaffaqiyatlarga erishgan ayollarga beriladi. Zulfiya nomidagi mukofot ayollarning jamiyatdagi o‘rni va ularga bo‘lgan e’tiborni oshirishga xizmat qiladi.


Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga tavsiya etilgan talabgorlarni saralashning Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 2-bosqich tayanch doktoranti Burxonova Munisa hamda I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining (MTU) Toshkent shahridagi filiali 4-kurs talabasi Abdugaffarova Muqaddas “Ta’lim” yo‘nalishida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍72
🇺🇿#Zulfiya

1-MART – ATOQLI SHOIRA ZULFIYA TAVALLUD TOPGAN KUN!

Bugun – 1 mart, O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni, atoqli adiba Zulfiya Isroilova tavallud topgan kun. Zulfiya ijodi o‘zbek adabiyotida alohida o‘rin tutadi. Uning she’rlari inson qalbining eng nozik tuyg‘ularini aks ettirib, muhabbat, sadoqat, vatanparvarlik va ayol qadr-qimmatini ulug‘lash bilan yo‘g‘rilgan.

Zulfiya – ayol siymosi tarannumi

Zulfiya ijodi nafaqat she’riyatga muhabbat qo‘yganlar, balki ayollarga bo‘lgan hurmat va ehtiromni oshirishga xizmat qiladi. U o‘z she’rlarida ayollar go‘zalligini, ularning jasorati, sabr-toqatini, mehr-muhabbatini tarannum etgan. Ayniqsa, u o‘zining turmush o‘rtog‘i, atoqli shoir Hamid Olimjon bilan birga yaratgan ijodiy merosi bilan adabiyotimizda alohida o‘rin egallaydi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2