Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
7.4K subscribers
42.4K photos
3.74K videos
20 files
10.9K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi qonun haqida muhim ma'lumotlar


📃 Ariza berilishi talab etilmaydigan, oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish boʻyicha tadbiq etilgan qonun haqida aniq va toʻliq maʼlumotlarga ega boʻlishni istasangiz muzkur videoni tomosha qiling! 👆

🌏 Qonuning toʻliq matni: https://lex.uz/pdfs/7049383

❗️Yodda tuting, qonun 2024-yil, 08-noyabrdan kuchaga kiradi.

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

ISHONCH VA UMIDLARINI BOG'LOVCHI KO'PRIK


Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar!
Bugun 2024 yil, 8-noyabr!

🗓 Bu kun tarixga "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni kuchga kirgan kun sifatida muhrlandi.

🇺🇿Bu kun, necha yillardan buyon vatandoshlarimizni qiynab kelayotgan ulkan muammolaridan biriga bosqichma-bosqich barham berilishining muqaddimasidir.

⭐️🌟Mazkur sharafli, shuning bilan birga mashaqqatli faoliyatni ya'ni yurtimiz bo'ylab xatlov jarayonlarini boshlash arafasida ekanmiz, barchangizga kuch-quvvat, metin iroda, sabr-toqat, shijoat va g'ayrat tilab qolaman. Tashkilotimizdagi har bir xodimning, ayniqsa, kadastr muhandislari va topograflarning amalga oshirajak har bir zahmatli ishlari, mehnatlari biz uchun qadrlidir!

Zero, mazkur muhim hodisada vatanimiz va yurtdoshlarimiz orasida ularning ishonch va umidlarini bog'lovchi ko'prik vazifasini bajarish aynan bizning zimmamizdagi burchimizdir.

🇺🇿 Ishonch bilan ayta olamanki, Sizdek o'z kasbiga sadoqatli hamkasblarimiz bor ekan, yurtboshimiz, davlatimiz va xalqimizning bizga bildirayotgan yuksak ishonchlarini albatta yorug' yuz bilan oqlaymiz!

➡️ Shunday bo'lsada, har biringizdan yana bir bor o'z vazifalaringizni xalqimizni rozi qilish yo'lida halol, pok va vijdonan hamda sidqidildan bajarishingizni so'rab qolaman!

Hurmat ila
Davlat kadastrlari palatasi raisi M.K.Valiyev


#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦

XATLOV VAQTI UYINGIZDA BO'LISHINGIZNI SO'RARDIK
!

🇺🇿 🗓 Manzilli ro‘yxat bo‘yicha xatlovga tushgan mahallalardagi xonadonlarda uy egalarining xonadonida bo‘lmasliklari, ishchi-guruhga yer hujjatlarini taqdim etmaslik yoki keyinroq kelishlarini aytish kabi ayrim holatlar kadastrchilarimiz tomonidan xatlov ishlarini amalga oshirilishlariga to'sqinlik qilmoqda.

Aslida mazkur xatlov Sizning foydangizga tashkil etilganini anglashingiz biz uchun muhim.

Sizdan faqat mahallangiz xatlovga tushgan vaqtni bilish va o'sha kuni xonadoningizda bo‘lish so'raladi xolos!

👉 Xatlovdan bexabar qo'shningizga ham mazkur videoni ulashib qo'ying.

#DavKadastrPalata #xatlov2025 #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
MUHIM XABAR

Soxta kadastrchilar aniqlanmoqda


⚡️ Respublikamizning ayrim viloyatlarida o‘zini "kadastrchiman" deya fuqarolardan xatlov uchun pul yig‘ib yurgan firibgarlar aniqlandi. Hozirda ularning faoliyati o‘rganilmoqda.

◼️Bunday firibgarlardan ogoh bo‘ling va Siz ham ularni uchratsangiz, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki Kadastr agentligining 1097 qisqa raqamlariga xabar berishingizni so‘raymiz.

Mahalladagi qo‘shnilarga jo‘natib qo‘ying

#DavKadastrPalata #e_lon #diqqat_firibgarlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2