Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
8.32K subscribers
38.4K photos
3.45K videos
20 files
9.73K links
Download Telegram
🇺🇿 #Xabarlar #Hokim_qabuli

Tuman hokimligi binosida fuqarolar qabuli tashkil etildi

Sergeli tuman hokimligi binosida tuman hokimi Elbek Shukurov boshchiligida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.


🔍Qabul davomida 30 nafardan ortiq fuqaroning murojaatlari ko‘rib chiqildi. Ularning uy-joy, bandlik, ijtimoiy himoya, ta’lim va sog‘liqni saqlash kabi yo‘nalishlardagi muammolari har tomonlama o‘rganildi.

Mazkur qabuldan asosiy maqsad fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalarni hal qilish va aholining hayot sifatini oshirish uchun zarur choralarni ko‘rish.
Hokim tomonidan har bir murojaat bo‘yicha mas’ul mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi va muammolarni imkon qadar tez hal qilish uchun kerakli topshiriqlar berildi.

📌Bu kabi qabullar fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish hamda ularning muammolariga yechim topish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi.
___

В здании хокимията района Сергели прошел очередной прием граждан, организованный под руководством хокима района Элбека Шукурова.

🔍В ходе приема было рассмотрено более 30 обращений граждан, касающихся таких вопросов, как жилье, занятость, социальная защита, образование и здравоохранение. Все эти проблемы были детально проанализированы.

Основной целью мероприятия было решение насущных проблем граждан и принятие мер для улучшения качества жизни населения. Хоким дал указания ответственным специалистам для скорейшего разрешения каждого вопроса и выполнения соответствующих поручений.

📌Такие приемы являются важным шагом в установлении открытого диалога с гражданами и в поиске эффективных решений их проблем.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumanida "Xavfsiz va sog‘lom poytaxt" tadbirlari samarali tashkil etildi

Sergeli tumani IIO FMB HPB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari tomonidan Sergeli tumani hududi miqyosida "Xavfsiz va sog‘lom poytaxt" maxsus tezkor-profilaktik kompleks tadbirlari yuzasidan bir qator samarali ishlar amalga oshirildi.
Shuningdek, tuman kesimida kriminalogen vaziyat barqarorligini ta’minlash, jinoyatlarni aniqlash, tezkor-profilaktik tadbirlarni jadallashtirish, mahallalarda faoliyat olib borayotgan "yettilik" hamda mahalla imomlarini jalb qilgan holda har-bir xonadonni o‘rganilib, xotin-qizlar bilan profilaktik suhbatlar olib borildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumanida yangi yo‘l qurilishi boshlandi

Sergeli tumanida "Yangi Qo‘shnilar" turar-joy majmuasining qurilishi bilan bog‘liq ravishda, tuman hokimligi tomonidan aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida yangi yo‘l qurilishi boshlanganini ma’lum qilgan edi. Ushbu bayonotda, yangi yo‘l qurilishi va asfalt qoplamalari tashkil etilishi haqida batafsil ma’lumot berilgan edi.

Shu kunlarda, amaliy ishlar to‘liq boshlandi. Asfalt yo‘l qurilishi, piyodalar yo‘laklarini tashkil etish va hududdagi infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha jadal harakatlar olib borilmoqda. Bu ishlar, ayniqsa, maktabga qatnaydigan bolalar uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Aholining murojaatlari va ehtiyojlari inobatga olingan holda, hokimlik barcha masalalarga tezkor va samarali yechimlar topishga harakat qilmoqda. Bu ishlar yakunlangach, yangi yo‘l va infratuzilma aholining hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumanida yoshlar o'rtasida kitobxonlik tadbirlari o'tkazilmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-sonli qarori ijrosi doirasida, Sergeli tumani "Nilufar" mahallasidagi kitobxon yoshlar tomonidan Sa’dullo Quronovning "Galaktikada bir kun" asari muhokama qilindi.

Tadbirda yoshlar milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi adras va atlas liboslarda hamda o‘zbek do‘ppisi bilan ishtirok etishdi. Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash va kitobga bo‘lgan mehrini oshirishdan iborat.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar #Inson

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi: 100 dan ortiq yordam va xizmatlar


Sergeli tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 100 dan ortiq turdagi xizmatlarni amalga oshirmoqda. Markazning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

Moddiy yordam va moliyaviy ko‘mak: kam ta’minlangan oilalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni moddiy yordam va subsidiya bilan ta’minlash.

Tibbiy xizmatlar va qo‘llab-quvvatlash: bepul tibbiy ko‘riklar, nogironlik reabilitatsiyasi va surunkali kasalliklarga chalinganlarga dori-darmon yetkazib berish.

Psixologik yordam: stress va oilaviy muammolarga duch kelganlarga maslahat berish hamda maxsus psixologik dasturlarni amalga oshirish.

Ijtimoiy moslashuv va bandlik: ishsiz fuqarolarni band qilish, nogironlar uchun maxsus ish o‘rinlari tashkil etish.

Oilalarni qo‘llab-quvvatlash: farzandli oilalarga parvarish puli ajratish hamda oilaviy zo‘ravonlik qurbonlariga yordam ko‘rsatish.

Markazning mazkur xizmatlari aholining hayot sifatini yaxshilash va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun markazga murojaat qilishingiz mumkin.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

2025-yilda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi


Bugun Sergeli tumanida mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida huquqbuzarliklarni oldini olish uchun mahalliy darajada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, xavfsizlikni ta'minlashning dolzarb masalalari va ushbu yo‘nalishda belgilangan vazifalar muhokama qilindi. Ishtirokchilar tizimning samaradorligini oshirish uchun yangi yondashuvlarni ishlab chiqish, aholi, ayniqsa yoshlar va oilalar bilan ishlashda faoliyatni kuchaytirish lozimligini qayd etdilar.

Shuningdek, mahallalarda jamoatchilik va fuqarolar ishtirokida xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha yangi tashabbuslar ilgari surildi va ularga oid topshiriqlar belgilab olindi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

"Juma ma’naviyat kuni" doirasida Botirjon Ergashev bilan ijodiy uchrashuv

Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Sergeli tuman bo‘linmasi va Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida Sergeli tumani 317-IDUMda “Juma ma’naviyat kuni” doirasida “Mendirman o‘sha she’ri yaralish tarixi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirga shoir, Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri, Xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning mashhur qo‘shiqlar muallifi, taniqli jamoat arbobi Botirjon Ergashev tashrif buyurdi.

Uchrashuvda o‘quvchilar taniqli shoirga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, qimmatli javoblar olishdi. Tadbir yakunida mehmon o‘quvchi yoshlarga esdalik sovg‘alarini ulashdi. Mazkur davra suhbati nafaqat ijodiy ilhom, balki ma’naviy ozuqa ham bag‘ishladi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumanidagi kanallar tozalandi va tartibga keltirildi


Sergeli tumani hududidagi "Yuqori darxon" hamda "Junariq" mahallalaridan oqib o'tuvchi kanal kanallar boshqarmasi xodimlari tomonidan tozalanib, tartibga keltirildi. Ushbu ishlar hudud aholisi uchun qulaylik yaratish va suv resurslaridan samarali foydalanishni ta'minlash maqsadida amalga oshirildi.

Tozalash jarayonida kanallarning suvoqava o'tkazuvchanligini oshirish, ularni atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan holatga keltirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shu kabi tozalash va obodonlashtirish ishlari tumanning boshqa hududlarida ham davom ettirilishi rejalashtirilgan.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumanida kamondan otish bo‘yicha tuman bosqichi musobaqasi o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-iyuldagi “Kamondan otish sport turini yana-da rivojlantirish va ommalashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, Sergeli tumanida mahalla yoshlarining ishtirokida kamondan otish sport turi bo‘yicha tuman bosqichi musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada yosh sportchilar o‘z mahoratlarini namoyish qilib, ushbu sport turi bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Ushbu tadbir sportning ommalashuvi va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan.

✍️ Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM