“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi: 100 dan ortiq yordam va xizmatlar
Sergeli tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 100 dan ortiq turdagi xizmatlarni amalga oshirmoqda. Markazning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
Moddiy yordam va moliyaviy ko‘mak: kam ta’minlangan oilalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni moddiy yordam va subsidiya bilan ta’minlash.
Tibbiy xizmatlar va qo‘llab-quvvatlash: bepul tibbiy ko‘riklar, nogironlik reabilitatsiyasi va surunkali kasalliklarga chalinganlarga dori-darmon yetkazib berish.
Psixologik yordam: stress va oilaviy muammolarga duch kelganlarga maslahat berish hamda maxsus psixologik dasturlarni amalga oshirish.
Ijtimoiy moslashuv va bandlik: ishsiz fuqarolarni band qilish, nogironlar uchun maxsus ish o‘rinlari tashkil etish.
Oilalarni qo‘llab-quvvatlash: farzandli oilalarga parvarish puli ajratish hamda oilaviy zo‘ravonlik qurbonlariga yordam ko‘rsatish.
Markazning mazkur xizmatlari aholining hayot sifatini yaxshilash va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun markazga murojaat qilishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Xalq deputatlari Sergeli tuman Kengashining navbatdagi beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sergeli tumanida yoshlar muammolarini aniqlash va qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan uchrashuv oʻtkazildi
Sergeli tumani hokimi va sektor rahbarlari mahalladagi yoshlar yetakchilari bilan navbatdagi muhim uchrashuvni tashkil etdilar.
Yigʻilishning bosh maqsadi yoshlar oʻrtasida olib borilayotgan xatlov jarayonini tahlil qilish va uning samaradorligini oshirish yoʻlidagi vazifalarni belgilashdan iborat boʻldi. Ushbu maqsad doirasida yigʻilishda xatlov jarayonining bugungi holati, bu borada amalga oshirilgan ishlar va mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi. ayniqsa, xatlov jarayonining o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Yoshlar orasida uchrayotgan dolzarb muammolarni aniqlash va ularni hal qilish uchun sektor rahbarlari va yoshlar yetakchilari o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida xatlov jarayonining ahamiyati alohida eʼtirof etildi. Ushbu jarayon yoshlar orasidagi mavjud muammolarni aniqlash, ularning ehtiyojlarini chuqur oʻrganish hamda bu asosda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun muhim platforma ekanligi taʼkidlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025-yilda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
Bugun Sergeli tumanida mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida huquqbuzarliklarni oldini olish uchun mahalliy darajada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, xavfsizlikni ta'minlashning dolzarb masalalari va ushbu yo‘nalishda belgilangan vazifalar muhokama qilindi. Ishtirokchilar tizimning samaradorligini oshirish uchun yangi yondashuvlarni ishlab chiqish, aholi, ayniqsa yoshlar va oilalar bilan ishlashda faoliyatni kuchaytirish lozimligini qayd etdilar.
Shuningdek, mahallalarda jamoatchilik va fuqarolar ishtirokida xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha yangi tashabbuslar ilgari surildi va ularga oid topshiriqlar belgilab olindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM