Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
8.75K subscribers
38K photos
3.41K videos
20 files
9.58K links
Download Telegram
🇺🇿#Rasmiy_munosabat

Sergeli tumani hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Habibiy" mahallasidagi "Simple Town" ko‘p qavatli turar-joy majmuasiga oid xabarlar yuzasidan shuni ma'lum qiladiki,

"Simple Town" turar-joy majmuasida qurilish ishlari yakunlanib, fuqarolar bilan tuzilgan shartnomalar asosida xonadonlarni topshirish 2024-yil dekabr oyi oxirigacha rejalashtirilgan. Ayni paytda 20 ta xonadonning uy egalari o‘z xonadonlariga ta'mirlash ishlari maqsadida kirib, yashab kelmoqda.

Mazkur ko‘p qavatli uyning kadastr hujjatlari hozirda quruvchi tashkilot tomonidan 2024-yil dekabr oyi oxirigacha yakunlanishi kutilmoqda. Kadastr hujjatlari to‘liq shakllantirilgandan so‘ng, gaz tarmog‘iga ulash ishlari amalga oshirilishini ma'lum qilamiz.

Shu bilan birga, Sergeli tumani hokimining o‘rinbosari tomonidan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, mazkur masalalar yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.

Sergeli tumani hokimligi mazkur masalani o‘z nazoratiga olgan bo‘lib, quruvchi tashkilot bilan hamkorlikda barcha hujjatlarni tayyorlash va kommunikatsiya tizimlarini to‘liq ishga tushirish jarayonlari jadallashtirilmoqda.

Fuqarolarimizdan rasmiy manbalarga ishonishlarini so‘raymiz. Har qanday qo‘shimcha savollar yuzasidan Sergeli tumani hokimligi yoki quruvchi tashkilotga murojaat qilishingiz mumkin.

Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Sergelida_qish

Qorli kunlarda — iliq kayfiyat

Bir necha kundan buyon shahrimiz oppoq qor bilan qoplandi! Qorli kunlar nafaqat tabiatning go‘zalligini, balki mehr va samimiyatni ham olib keladi.

Hurmatli tumandoshlar, ehtiyotkorlikni unutmang, yo‘llarda xavfsizlik qoidalariga rioya qiling. Qorli ob-havodan zavqlaning va iliq kayfiyatda qoling!

Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #DIQQAT #ISSIQ_SUV_ÓCHIRILADI

📢 Hurmatli Qo'yliq 5,6,7 massivlaridagi mahalla fuqarolari!

Mirobod tumanidan o'tuvchi quvurlar shikastlangani sababli ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan mazkur mahallalarda, 19-dekabr soat 18:00 ga qadar vaqtinchalik issiq suv o‘chirilishini ma'lum qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumanining yoshlar yetakchilari e’tirof etildi!

🎉 Tumanimizda faoliyat yuritayotgan ikki nafar yoshlar yetakchisi "Toshkent yoshlarni sevadi" oyligi doirasida munosib taqdirlanib, chet elga sayohat hamda dam olish maskaniga yo'llanmaga ega bo‘ldi.

🤩 Shuningdek, "Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi" tanlovining Toshkent shahar bosqichida faxrli o‘rinlar qo‘lga kiritildi.

🥇-o‘rinni "Yangi Sergeli" va "Nomdanak" MFY yoshlar yetakchilari,

🥉-o‘rinni esa "Habibiy" va "Ko‘hna Qumariq" MFY yoshlar yetakchilari turli yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘lga kiritdi.

Tumanimiz yoshlar yetakchilarining muvaffaqiyatlari bilan barchani tabriklaymiz!

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев газ қазиб олишнинг жорий ҳолати ва уни янада ошириш чора-тадбирлари юзасидан йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание, посвященное текущему состоянию и мерам по дальнейшему увеличению добычи газа.

#Mirziyoyev #yigilish #energetika #gaz

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида тадбиркорликни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш бўйича жорий йил якунлари ва 2025 йилга асосий режалар юзасидан видеоселектор йиғилиши ҳамда етакчи тадбиркорлар билан мулоқот бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по итогам проделанной в текущем году работы и основным планам на 2025 год по всемерной поддержке предпринимательства, а также диалог с ведущими предпринимателями.

Facebook|Instagram|X
🇺🇿#Sayyor_qabul

"Tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli: fuqarolar murojaatlari hal etildi"

Sergeli tumani "Sadoqat" mahallasida tuman hokimi Elbek Shukurovning navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda fuqarolarning turli yo‘nalishlardagi muammolari tinglanib, ularni hal qilish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.

Sayyor qabul davomida ko‘plab murojaatlar joyida hal etildi. Fuqarolar tomonidan moddiy yordam, dori-darmon ta’minoti, kommunal xizmatlarga oid muammolar hamda boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar qabul qilindi. Hokim Elbek Shukurov mazkur masalalarga mas’ullar bilan birgalikda yechim topish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdi.

Ushbu qabullar fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta’minlash va ularning muammolarini tezkorlik bilan hal qilishga qaratilgan bo‘lib, mahalliy aholi tomonidan ijobiy baholanmoqda.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Тадбиркорлар мева-сабзавотни асосан томорқадан олаётгани учун экспортга бир турдаги маҳсулотни узлуксиз ва сифатли етказиб беришга қийналмоқда. Шунинг ҳисобига экспортдан тушум ҳам паст.

Келгуси йилда 3,5 миллиард долларлик мева-сабзавот экспорт қилиш учун барча имкониятлар борлиги таъкидланди.

Шу боис, 1 миллион гектар мева-сабзавот ерлари 760 та уруғ берувчи ва 824 та экспортчи корхонага боғланди.

Шунингдек, Тошкент вилояти ва Наманганда янги тажриба бошланмоқда. Бунда пахта-ғалладан қисқарадиган ерлар 50 гектаргача йирик лотларда аукционга қўйилиб, саноатлашган плантация қилиш учун профессионал инвесторларга сотилади.

Бу ерлардаги 20 сотихгача майдонда “шок” усулида музлаткич, калибровка ва қадоқлаш цехлари қуришга рухсат берилади.

Етиштирилган мева-сабзавотни қайта ишлаш учун харид қилинган ускуналарга 1 миллиард сўмгача субсидия ажратилади.

Facebook|Instagram|X