Poytaxtimizning Sergeli tumanidagi 352-sonli umumta'lim maktabida "Adabiyotga oshno qalblar" mavzusida adabiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Tadbir Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Sergeli tumani bo‘limi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Xalq so‘zi” gazetasi bo‘lim mudiri Zokir Xudoyshukurov va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dekani Bobur Izbosarov bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Shuningdek, yozuvchi va shoir Zokir Xudoyshukurovning she’rlaridan namunalar tinglandi, o‘quvchilar asarlardan olgan taassurotlarini baham ko‘rishdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3-dekabr – "Xalqaro nogironlar kuni" hamda yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Sergeli tumanidagi "Baxt Diyor" tantanalar zalida “Yangi O'zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida xayriya bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbir tuman hokimligi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda bir qator homiylar ko‘magida tashkil etildi. Tadbirning bosh maqsadi nogironligi bo‘lgan shaxslarni e'tiborsiz qoldirmaslik, ularga ijtimoiy ko‘mak berish, hamda jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun motivatsiya ulashishdan iborat edi.
Bayramga tuman mahallalarida yashovchi imkoniyati cheklangan fuqarolar, qaramog‘ida nogiron farzand tarbiyalayotgan oilalar vakillari, Sergeli tumani Nogironlar jamiyati, Ijtimoiy o‘zaro yordam “Mehribonlik” nogironlar jamiyati tumani bo‘linmasi, Karlar jamiyati, Ko‘zi ojizlar jamiyati hamda “Umid Nuri” nogironlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish jamoat birlashmasi a’zolaridan iborat 250 nafarga yaqin nogironligi bo‘lgan insonlar taklif qilindi.
Tadbir davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarning erishgan yutuqlari tilga olindi, iqtidorli yoshlar o‘z san'at asarlarini namoyish qilishdi. Bayramona muhitni jonlantirish maqsadida turli madaniy dasturlar, jonli ijrodagi qo‘shiqlar va raqslar taqdim etildi. Tadbirkorlar tomonidan bayram ishtirokchilariga turli sovg‘alar, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari, esdalik buyumlari va boshqa ko‘maklar tarqatildi.
Tadbir yakunida tashkilotchilar va homiylar tomonidan ushbu uchrashuvning doimiy ravishda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgani e'lon qilindi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning yuzidagi tabassum, ulardagi minnatdorlik tadbirning bosh yutug‘i bo‘ldi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahri bo‘yicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 109 639,7 mlrd so‘mni tashkil etdi va 2023-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 10,9 % ga o‘sdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM