Hurmatli “Xonobod”, “Izzatli”, “Keng Makon” hamda “Nomdanak“ mahalla fuqarolari !
Sergeli podstansiyasining “Turmonov” liniyasida tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan doimiy navbatchi ishchi guruh biriktirilishiga qaramasdan havo elektr simlarining eskirganligi, havo harorati keskin pasayib, elektr energiyasiga talab ortishi natijasida berilgan yuklamalarga bardosh bera olmayotganligi sababli tarmoqda tez-tez uzilishlar sodir boʻlmoqda.
Yuqoridagi holatni bartaraf etish va aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida ayni vaqtda Sergeli podstansiyasining “Turmonov” liniyasida 20 nafar malakali mutaxassislar jalb qilingan holda 2 km masofaga yaqin zamonaviy elektr simlari tortilayotganligini, tez orada muammo bartaraf etilib, elektr energiyasi taʼminoti qayta tiklanishini maʼlum qilamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Xonobod”, “Izzatli”, “Keng Makon”, “Nomdanak“ va boshqa bir qancha mahallalarga elektr energiyasi taqsimlovchi Sergeli podstansiyasining “Turmonov” liniyasida yuz bergan avariyaviy nosozlikni bartaraf etish uchun Toshkent shahrining 12 ta tumanidan yordamchi kuch jalb qilindi. Jami 48 nafar tarkibdagi ishchi ishtirokida 12 ta ko'tarma kran, 2 ta manipulyator krani, 12 ta damas avtomashinasi, 2 ta qazuvchi texnikalar yordamida 4,5 kilometr uzunlikdagi elektr simlari tortildi. Shuningdek, elektrdan uzilgan xonadonlarni vaqtincha ta'minlash maqsadida 17 ta generator ishlatilib, transformatorlarga ulandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Holat tuman hokimi va hokimlik mas’ul xodimlari tomonidan joyiga chiqib o'rganildi.
Qarovsiz qoldirilgan hudud va hududga tutash eski qabriston Sergeli tumani Obodonlashtirish bo‘limi ishchi xodimlari tomonidan tozalanib, hudud tartibga keltirilmoqda hamda tuman Toshkent shahar Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Sergeli tuman bo‘limi tomonidan korxona rahbarlariga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Ma’lumot o‘rnida bugungi kunda Sergeli tumanidagi noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish yuzasidan tuman hokimligi hamda prokuratura mas’ul xodimlari boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan tuman bo'ylab keng qamrovli ishlar olib borilayotganligini bildiramiz. Hozirgi vaqtda "Avtomotohavaskor" xususiy korxonasi tomonidan olib borilayotgan qurilish ishlari to'xtatilganligini va har qanday qurilish ishlarini olib borishga vaqtinchalik ta'qiq qo‘yilganligini ma’lum qilamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM