Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
7.92K subscribers
39K photos
3.51K videos
20 files
9.96K links
Download Telegram
🇺🇿#Xabarlar

“Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati

Toshkent shahar, Sergeli tumani 68-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Ushbu davra suhbatining asosiy maqsadi – zamonaviy jamiyatda ayollarning ilm-fan va madaniyat sohasidagi o‘rnini yuksaltirish, yosh avlodni ilm olishga va intellektual rivojlanishga undashdan iborat bo‘ldi.

Tadbirga Toshkent shahar Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrining iste’dodli aktrisasi Masuda Otajonova taklif etildi. U o‘z hayot yo‘li, san’at va madaniyat sohasidagi faoliyati haqida o’quvchilar bilan qiziqarli suhbat qurdi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumanida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash masalasi muhokama qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshqarma boshlig'i o'rinbosari A.G'aniyev, Davlat soliq qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari J.Muhammaddo'stov, Sergeli tumani hokimi birinchi o'rinbosari A.Jumaboyev va tuman iqtisodiy majmuasi tarkibiga kiruvchi tashkilot rahbarlari hamda mas’ullar ishtirokida muhokama tashkil etildi.

Unda Sergeli tumani bo‘yicha yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, xufiyona aylanmalar ko‘lamini keskin qisqartirish orqali 2025-yilda budjetga jalb qilinishi kutilayotgan qo‘shimcha manbalarni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga ustuvor vazifalar yetkazildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Xabarlar #Sessiya

Sergeli tumani hokimligida kuni kecha Xalq deputatlari Sergeli tuman Kengashining oltinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

📌 Chaqiriqda Sergeli tuman davlat soliq inspeksiyasining 2024-yil 12-oylik faoliyati to‘g‘risida hisoboti; Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Sergeli tumani bo‘linmasi, tuman Madaniyat bo'limining 2024-yildagi amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar Sergeli tuman bo‘limi 2024-yildagi faoliyati to‘g‘risida hisobotlar va boshqa tashkiliy masalalar ko’rib chiqildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Bugun poytaxtimizda ob-havo biroz o'zgaradi. Kunning asosiy qismida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Kechga borib havo sovib, yog‘ayotgan yomg‘ir asta-sekin qorga aylanishi mumkin. Ertalab esa shaharning ayrim hududlarida tuman tushishi ehtimoli bor, bu esa ko‘rinuvchanlikni pasaytirishi mumkin.

Shamol sharqiy yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamolning kuchayishi kuzatilishi mumkin. Harorat kunduzi 9-11 daraja atrofida iliq bo‘lib, kechasi esa harorat pasayib, nisbatan salqin ob-havo hukm surishi kutilmoqda.

💕Ob-havo qanday bo'lishidan qat'iy nazar, sizni xush kayfiyat tark etmasin! Kuningiz omadli o'tsin!

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar #Elektr

❗️Hurmatli
Sadoqat MFY
Eshonbuloq MFY
Sultonobod MFY 
Xonobod MFY 
Xonobod-tepa MFY
Nomdanak MFY
Ko'hna Qumariq MFY
Xontepa MFY
Izzatli MFY
Ziyolilar MFY
Keng makon MFY
Eski Jaloyir MFY fuqarolari!

💡Sergeli tumanida mazkur mahallalarda Elektr tarmoqlarida ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan, 25-fevral kuni soat 17:00 dan 18:00 ga qadar uzilishlar bo'lishini ma'lum qilamiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

“Turon” maktab teatri
Respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi davom etmoqda!

🔺 Yoshlarimizning bilimdonligi, ma’naviyati, notiqlik san’ati va sahna madaniyatini shakllantirish, ta’lim muassasalaridagi o‘quvchilar teatr studiyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy va intellektual qobiliyatini rivojlantirish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tanlov o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, bu tanlov madaniyat va san’at sohasiga qiziqqan yoshlarning salohiyatini oshirishga, inklyuziv ijodiy ta’lim muhitini yaratishga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Besh tashabbus” ijrosini ta’minlashga qaratilgan. Shu bilan birga, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash ham tanlovning asosiy maqsadlaridan biridir.

Mazkur tanlov 317-IDUMda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sergeli tuman bo‘limi, Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Tuman madaniyat bo‘limi hamda “Barkamol avlod” markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Parazitar kasalliklarning oldini olish choralari ko‘rilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining "Respublikada parazitar kasalliklarni profilaktik chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida"gi 121-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quv-ta’lim muassasalarida parazitologik nazorat ishlari olib borilmoqda. Bolalar parazitar kasalliklarga laborator tekshiruvlardan o‘tkazilmoqda.

🔹 Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo‘limi parazitologiya laboratoriyasi xodimlari tomonidan Sergeli tumanidagi 68-sonli umumta’lim maktabida 277 nafar boladan gelmintologik tekshiruvlar uchun laborator namunalar olinib, tahlillar o‘tkazildi.
🔹 Laborator tekshiruvlar natijasidakasallik turlari aniqlangan bolalarga hududiy oilaviy poliklinikalar tomonidan degelmentizatsiya davo chorasi belgilandi hamda tibbiy kuzatuvga olish ishlari tashkil etildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumani hokimi "Qipchoq" mahallasida jinoyatchilikning oldini olish masalalarini muhokama qildi

Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 3-yanvardagi 1-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda mahallalarda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Qipchoq mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi.

Mahalla yettiligi bilan uchrashuvda mazkur qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha yo‘l xaritasida belgilangan vazifalar muhokama qilindi. Shuningdek, "Qipchoq" mahallasini "qizil" toifadan chiqarish, jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot tinglandi.

Tuman hokimi suhbat davomida jinoyatchilikka moyilligi aniqlangan 67 nafar mahalla fuqarosi bilan doimiy ishlash, ularni bandlik va kasb-hunarga yo‘naltirish, shuningdek, notinch oilalarni doimiy nazoratga olish bo‘yicha mahalla yettiligi a’zolariga tegishli topshiriqlar berdi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumani hokimi "Qipchoq" mahallasida yoshlar bilan uchrashdi

Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov "Qipchoq" mahallasiga tashrifi davomida mahalla hududidagi 104-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, yoshlar, xususan, ushbu maktabda tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazdi.

Uchrashuvda yoshlarning fikrlari tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar muhokama qilindi. Ularning muammolarini bosqichma-bosqich hal qilish, kelajakka munosib yo‘l tanlashlari uchun zarur tavsiyalar berildi.

Shuningdek, maktabning 16 nafar o‘quvchisi bilan doimiy ravishda muloqotlar o‘tkazib borish, ularni jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar
#Bayram_tadbiri

Sergeli tumanida 8-mart bayrami milliylik an’analari asosida nishonlandi

Sergeli tumani hokimligida 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan ma’naviy-madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ishtirok etgan barcha xotin-qizlar Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida milliylikni keng targ‘ib qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq milliy liboslarda qatnashdi.

Har bir xalqning urf-odatlari, an’analari va madaniy merosi bebaho boylik sanaladi. Milliy liboslar esa ushbu merosning yorqin timsoli bo‘lib, nafaqat go‘zallik va nafislikni, balki xalqning ma’naviyatini, tarixini, san’ati va didini aks ettiradi. Milliy libos – bu milliy g‘urur, ajdodlardan qolgan bebaho meros!

Tadbir davomida milliy do‘ppi kiygan yigitlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi, she’rlar o‘qildi. Munis opa-singillar va onaxonlarga gullar hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar
#Bayram_tadbiri

Sergeli tumanida 8-mart bayrami milliylik an’analari asosida nishonlandi

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar
#Bayram_tadbiri

Sergeli tumanida 8-mart bayrami milliylik an’analari asosida nishonlandi


✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar
#Bayram_tadbiri

Sergeli tumanida 8-mart bayrami milliylik an’analari asosida nishonlandi

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM