Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
7.41K subscribers
42.4K photos
3.74K videos
20 files
10.9K links
Download Telegram
🇺🇿#Xabarlar

Probatsiya ro‘yxatida turuvchi xotin-qizlar bilan navbatdagi qabul o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-103 hamda PQ-1 qarorlarining ijrosini ta’minlash maqsadida Sergeli tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan tuman IIB bilan birgalikda probatsiyada turgan xotin-qizlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi, Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Tuman bandlikka ko‘maklashish markazi, shuningdek, probatsiya bo‘limi boshlig‘i, Sergeli tumani IIO FMB HPB xotin qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida xotin-qizlarning ijtimoiy holati o‘rganilib, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, ish bilan ta’minlash, psixologik yordam ko‘rsatish hamda huquqiy savodxonligini oshirishga doir masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, mavjud muammolar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan tegishli tavsiyalar berildi va joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan ayrim masalalarga amaliy yordam ko‘rsatildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3
🇺🇿#Xabarlar

Sergelida probatsiyadagi fuqarolar muammolari o‘rganildi

Sergeli tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi Probatsiya guruhi hisobida turgan mahkumlar tuman IIB boshlig‘ining navbatdagi shaxsiy qabulida ishtirok etdilar.

Qabul davomida fuqarolarning muammolari, ijtimoiy masalalari hamda qayta jamiyatga moslashuv jarayonidagi qiyinchiliklari o‘rganildi. Ularning har bir murojaatiga boshliq — podpolkovnik Elyor Ergashev tomonidan alohida e’tibor qaratilib, huquqiy tushuntirishlar berildi va tegishli choralar belgilandi.

Bunday uchrashuvlar mahkumlarning huquqlari ta’minlanishi va ularning ijtimoiy hayotga qaytishini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
🇺🇿#Xabarlar

Sergelida yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda!

📣Sergeli tumanida yozgi ta’til davrida o‘quvchi va talabalar hamda mahalla yoshlari uchun "Dolzarb 90 kunlik" tadbirlari boshlandi! Mazkur tashabbus yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sport va intellektual mashg‘ulotlarga jalb etish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.

Shu munosabat bilan tumandagi Shaxmat maktabida yoshlar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqalari tashkil etildi. Turnirda turli maktab, kollej va mahallalardan yig‘ilgan yoshlar ishtirok etdi. Bellashuvlar teng va qiziqarli kechdi, g‘oliblar esa esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🎙Tadbirlar davomida yoshlarning bilim va salohiyatini namoyon etish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, vaqtni to‘g‘ri boshqarish kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

"Dolzarb 90 kunlik" doirasida yoshlar uchun sport, madaniy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar muntazam davom etadi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook  🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍3
🇺🇿#Xabarlar

Sergelida yozgi ta’til davomida yoshlar uchun samarali tadbirlar davom etmoqda

Sergeli tumanida yozgi ta’til davrida o‘quvchilar, talabalar hamda mahalla yoshlari uchun bo‘sh vaqtni mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan 90 kunlik dolzarb tadbirlar rejasiga muvofiq ishlanmalar izchil davom ettirilmoqda.

Jumladan, chora-tadbirlar doirasida tumandagi umumta’lim maktablarining bitiruvchi yoshlari ishtirokida PDP universitetida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tashrif davomida yoshlarga universitetda ta’lim olish imkoniyatlari, zamonaviy kasblar, IT yo‘nalishlari va talabalar hayoti haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Bu esa yoshlarning kelajak kasb tanlovi va o‘z oldiga maqsad qo‘yishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
🇺🇿#Xabarlar

Sergelida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Kuni kecha Sergeli tuman hokimining birinchi o'rinbosari A.Jumaboyev boshchiligida iqtisodiy majmuaga kiruvchi bo‘limlar, tijorat banklari va hokim yordamchilari ishtirokida navbatdagi muhokama yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda tumanda “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2018–2025 yillar davomida jami 1 129 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga 14,7 milliard so‘mdan ortiq imtiyozli kreditlar ajratilgan. Ushbu moliyaviy resurslar hisobidan 1 000 dan ziyod mikroloyihalar hayotga tatbiq etilgan.

Biroq, tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash jarayonida muammolar ham mavjud. Xususan, ayrim mijozlar ajratilgan kreditlarni o‘z vaqtida qaytarmagani bois, 200 dan ortiq muammoli qarzdorlik holatlari yuzaga kelgan.

Muhokama davomida tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, banklarning faoliyatini yaxshilash va qarzdorliklarni o‘z muddatida undirib, qaytarilgan resurslarni yana yangi loyihalarga yo‘naltirish bo‘yicha istiqboldagi rejalar yuzasidan vazifalar taqsimlab berildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergelida yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda!

📣Sergeli tumanida yozgi ta’til davrida o‘quvchi va talabalar hamda mahalla yoshlari uchun "Dolzarb 90 kunlik" tadbirlari boshlandi! Mazkur tashabbus yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sport va intellektual mashg‘ulotlarga jalb etish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.

Shu munosabat bilan tumandagi Shaxmat maktabida yoshlar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqalari tashkil etildi. Turnirda turli maktab, kollej va mahallalardan yig‘ilgan yoshlar ishtirok etdi. Bellashuvlar teng va qiziqarli kechdi, g‘oliblar esa esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🎙Tadbirlar davomida yoshlarning bilim va salohiyatini namoyon etish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, vaqtni to‘g‘ri boshqarish kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

"Dolzarb 90 kunlik" doirasida yoshlar uchun sport, madaniy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar muntazam davom etadi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook  🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥2
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumanida yozgi ta’til davrida o‘quvchilar, talabalar hamda mahalla yoshlari uchun bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish bo‘yicha 90 kunlik dolzarb tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, Sergeli tumani sport maktabida "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" musobaqalarining sport kurashlari turi bo‘yicha mintaqaviy bahslari bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 15-17 yosh toifasidagi iqtidorli sportchilar kurash maydonida o‘zaro kuch sinashdi.

Yakunda g'oliblar diplom, medal bilan taqdirlanib keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdilar.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumanida ishsiz xotin-qizlar uchun amaliy ko‘mak: ARTEL korxonasiga safar tashkil etildi

Sergeli tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi hamkorligida ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash maqsadida navbatdagi amaliy qadam tashlandi.

Shu maqsadda, ishsiz xotin-qizlar ARTEL korxonasiga tashrif buyurishdi. Safar davomida ularga korxona faoliyati, ish sharoitlari, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Qiziqish bildirgan xotin-qizlar suhbatdan o‘tishdi.

Mazkur tashabbus xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, oilalar farovonligini oshirishga qaratilgan ishlardan namunadir.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
🇺🇿#Xabarlar

☀️ Yoz – yoshlar uchun imkoniyatlar fasli!

Yozgi ta’til davomida maktab va mahalla binolarida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli ko‘ngilochar o‘yinlar, to‘garaklar, sport musobaqalari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, kitobxonlik tanlovlari, rahbar yoshlar bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan.

🔹 Shundan kelib chiqib, 2025-yil 9-iyun kuni Toshkent shahar Sergeli tumanidagi bir qator MFYlarda, jumladan "Farog‘atli" va "Quruvchilar" mahallalarida yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlar doirasida stol tennisi musobaqasi tashkil etildi.
Yoshlar sport orqali sog‘lom turmush tarzini tanlashmoqda va faollik bilan ishtirok etishmoqda. 🏓

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook  🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergelida yozgi ta’til davomida yoshlar uchun samarali tadbirlar davom etmoqda

Sergeli tumanida yozgi ta’til davrida o‘quvchilar, talabalar hamda mahalla yoshlari uchun bo‘sh vaqtni mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan 90 kunlik dolzarb tadbirlar rejasiga muvofiq ishlanmalar izchil davom ettirilmoqda.

Jumladan, chora-tadbirlar doirasida tumandagi umumta’lim maktablarining bitiruvchi yoshlari ishtirokida PDP universitetida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tashrif davomida yoshlarga universitetda ta’lim olish imkoniyatlari, zamonaviy kasblar, IT yo‘nalishlari va talabalar hayoti haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Bu esa yoshlarning kelajak kasb tanlovi va o‘z oldiga maqsad qo‘yishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥3
🇺🇿#Xabarlar

🌸“Kashtalar jilosi” – Milliy hunar va san’at bayrami bo‘lib o‘tdi!

O‘zbek milliy hunarmandchiligining betakror yo‘nalishlaridan biri — kashtado‘zlik san’atiga bag‘ishlangan “Kashtalar jilosi” festivali tumanimizda bo‘lib o‘tdi.

📍Tumanda tashkil etilgan ushbu festivalda:

🎨 “Naqshlarda hayot jilosi” va “Kashtalarda badiyat va tarix” nomli ko‘rgazma-yarmarkalar
🧵Ustoz-shogird an’anasi asosidagi master-klasslar
🧶 Qadimiy kashta dastgohlarining amaliy namoyishlari
📚 Kashtaga bag‘ishlangan kitob va foto-ko‘rgazmalar
Milliy libos va taqinchoqlar bilan sahnaviy chiqishlar
🎭 Konsertlar, folklor va teatr chiqishlari
📖 Ma’ruzalar va taqdimotlar orqali milliy meros keng yoritildi.

Festival davomida yosh avlod orasida kashtado‘zlikka bo‘lgan qiziqish kuchaydi.

🎯 Tadbirning asosiy maqsadi — milliy hunarga bo‘lgan e’tiborni oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va kashtado‘zlik orqali iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirishdan iborat bo‘ldi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4

7👍2👏2
🇺🇿#Xabarlar
#Nilufar_MFY
#Ittifoq_MFY

⚽️ “Dolzarb 90 kun” — yoshlarga harakat, do‘stlik va sog‘lom turmush ruhi!

🟢Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Dolzarb_90kun” loyihasi doirasida qiziqarli tadbirlar davom etmoqda.

🏆Navbatdagi tashabbus — “Mini futbol” o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi!

👟Sport tadbiri yoshlarga:
Jamoaviylik va do‘stlik ruhini singdirish
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish
Bo‘sh vaqtni foydali o‘tkazish imkonini yaratdi

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
🇺🇿#Xabarlar

🏓 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida stol tennisi bo‘yicha tuman bosqichi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining besh muhim tashabbusini hayotga tatbiq etish maqsadida tashkil etilgan "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida stol tennisi bo‘yicha sport musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada yoshlar, o‘qituvchilar hamda mahalla faollari ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiluvchi bahslarda o‘zaro kuch sinashdi.

G‘olib va sovrindorlar keyingi – hududiy bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
🇺🇿#Xabarlar

🌞Yozgi ta’til — yoshlar uchun imkoniyatlar fasli!

Yoz fasli mobaynida Sergeli tumanida joylashgan maktab va mahalla binolarida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli ko‘ngilochar o‘yinlar, to‘garaklar, sport musobaqalari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, kitobxonlik tanlovlari, rahbar yoshlar bilan uchrashuvlar, shuningdek, yoshlarni sayllarga olib borish kabi tadbirlar rejalashtirilgan.

📆 Sergeli tumanidagi “Ezgulik” mahallasida "Dolzarb 90 kunlik tadbirlar" doirasida yoshlar o‘rtasida mini futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

⚽️ Sport tadbiri yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, do‘stona muhit yaratish va jismoniy faollikni oshirishga xizmat qildi. Ishtirokchilar musobaqada yuqori kayfiyatda qatnashib, o‘z jamoaviylik va sport mahoratlarini namoyon etishdi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
🇺🇿#Xabarlar

Xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishidir!

Sergeli tumani IIOFMB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar hamkorligida Sergeli tumanida joylashgan mahallalarda bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda. Navbatdagi oila turmush doirasida huquqbuzarlik va jinoyatni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri “Yuqori Darxon” mahallasida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda davlatimiz rahbari ayollarning huquqiy himoyasini kuchaytirish masalasiga alohida urg‘u berib, bugungi kunda tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarni himoyaga olish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida chiqargan farmonlar haqida ma’lumotlar berildi. Tazyiqqa uchragan ayollar 30 kun muddatga alohida himoyaga olinishi, undan keyin ayollarning tazyiq va zo‘ravonlikdan himoyasi sud tomonidan ta’minlanishi, alohida himoyaga olish muddati bir yilgacha belgilanishi esa ularga yetarli darajada psixologik, ijtimoiy, huquqiy yordam berilishi haqida tushuntirildi.

Tadbir davomida xotin-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi va mavzuga oid tarqatma materiallar tarqatildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumanida yozgi ta’til davrida o‘quvchilar, talabalar hamda mahalla yoshlari uchun bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish bo‘yicha 90 kunlik dolzarb tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, Sergeli markaziy xiyobonida tuman yoshlari ishtirokida "Milliy Toshkent" festivali va milliy liboslar ko'rgazmasi hamda "Barkamol avlod" bolalar maktabi o'quvchi yoshlari qo'l mehnati bilan yasalgan mehnat qurollari ko'rgazmasi bo'lib o'tdi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7
🇺🇿#Xabarlar #Elektr

❗️Hurmatli
Sadoqat MFY
Eshonbuloq MFY
Sultonobod MFY 
Xonobod MFY 
Xonobod-tepa MFY
Nomdanak MFY
Ko'hna Qumariq MFY
Xontepa MFY
Izzatli MFY
Ziyolilar MFY
Keng makon MFY
Eski Jaloyir MFY fuqarolari!

💡Sergeli tumanida mazkur mahallalarda Elektr tarmoqlarida avariyaviy uzilishlar sodir boʻlganligi va ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan, 27-iyun kuni uzilishlar bo'lishini ma'lum qilamiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎20😢2👀2😇1
🇺🇿#Xabarlar #Elektr

❗️Hurmatli
Sadoqat MFY
Eshonbuloq MFY
Sultonobod MFY 
Xonobod MFY 
Xonobod-tepa MFY
Nomdanak MFY
Ko'hna Qumariq MFY
Xontepa MFY
Izzatli MFY
Ziyolilar MFY
Keng makon MFY
Eski Jaloyir MFY fuqarolari!

💡Sergeli tumanida mazkur mahallalarda Elektr tarmoqlarida avariyaviy uzilishlar sodir boʻlganligi va ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan, 29-iyun kuni uzilishlar bo'lishini ma'lum qilamiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎9🤯21🤨1👀1
🇺🇿#Xabarlar #Elektr

❗️Hurmatli Nomdanak, Sultonobod, Xontepa MFY fuqarolari!

💡Sergeli tumanida mazkur mahallalarda ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan, 1-iyul kuni tarmoqda uzilishlar bo'lishini ma'lum qilamiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎5🤯5🤔1👀1