Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
8.09K subscribers
38.7K photos
3.47K videos
20 files
9.85K links
Download Telegram
⚡️Favqulodda vaziyat yoki yong‘in sodir bo‘lganda 101 yoki 1050 raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling:

🔹xabarda voqea sodir bo‘lgan aniq manzil
🔹familiya va ism
🔹nima sodir bo‘lganligini aytish kerak.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🛡14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni!

🇺🇿Bayram arafasida Vatan himoyachilariga Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatidan tuhfa.



🛡14 января — День защитников Родины!

🇺🇿Наше видео — подарок от пресс-службы хокимията города Ташкента всем защитникам Родины в преддверии праздника.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergelida maktablarda profilaktik dezinfeksiya tadbirlari o'tkazildi


Toshkent shahar Sergeli tumani Sanepidqo‘mita dezinfektor xodimlari tomonidan umumta'lim maktablarida 3-chorak boshlanishi oldidan profilaktik dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi. Ushbu tadbirlar o‘quvchilar salomatligini himoya qilish hamda xavfsiz ta’lim muhitini ta'minlash maqsadida tashkil etildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Таклиф этилаётган давлат хизматчилари компетенциясини ривожлантиришнинг замонавий модели

#Давлат_дастури_лойиҳаси_муҳокамада

Расмий саҳифаларимиз
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Murojaat
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 33 йиллиги ҳамда Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан ҳарбий хизматчилар ва ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы военнослужащих и сотрудников правоохранительных органов в связи с 33-летием Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днем защитников Родины"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿 #TABRIK
#Vatan_himoyachilari_Kuni
#14_Yanvar

SERGELI TUMAN HOKIMI ELBEK SHUKUROVNING BAYRAM TABRIGI

Hurmatli vatan himoyachilari va qadrli yurtdoshlar!

Bugun biz yurtimiz uchun muhim sanalardan biri – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar – "Vatan himoyachilari kuni"ni yuksak g‘urur va iftixor bilan nishonlamoqdamiz.

Mustaqilligimizning mustahkam qo‘rg‘oni bo‘lgan Qurolli Kuchlarimiz safida yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotgan har bir askar va ofitserlarimizga chuqur minnatdorlik bildiramiz. Sizlarning mardlik, jasorat va fidoyiligingiz tufayli Vatanimiz osoyishtaligi va xalqimizning tinch hayoti kafolatlanmoqda.

O‘z navbatida, aziz vatan himoyachilari, sizlarni ushbu muborak sana bilan tabriklar ekanman, sizlarning oilalaringizga baxt-saodat, sog‘liq-salomatlik va xizmatlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Sizlar yurtimizning haqiqiy faxri, yosh avlodlar uchun namunasiz!

Biz, barcha Sergeli tumani aholisi, sizlarning fidokorona xizmatlaringizga doimo hurmat bilan qaraymiz va yurtimiz tinchligi uchun qilayotgan mehnatlaringizni yuksak qadrlaymiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin! Yurtimiz ravnaq topib, Qurolli Kuchlarimiz doimo shon-sharafga erishaversin!

Hurmat bilan,
Sergeli tuman hokimi
Elbek Shukurov

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda taniqli dirijyor Aziz Shohakimov va Tekfen filarmoniyasi orkestrining chiqishlari bo‘lib o‘tadi. Konsert 31-yanvar kuni Toshkentda, 1-fevral kuni esa Samarqandda bo‘ladi.

Dastur jahon mumtoz asarlari durdonalari: Bethovenning 5-simfoniyasi va Rahmaninovning uchinchi konsertidan iborat, unda yakkaxon pardani mohir pianinochi Denis Kojuhin ijro etadi. Orkestrning madaniy ildizlariga urg‘u beruvchi sharqona mavzular bilan to‘la Tuzyun qalamiga mansub “Turk kaprichchiosi” asari dasturdan alohida o‘rin egallagan.

Ushbu konsertlar tinglovchilarga simfonik musiqaning turli qirralari bilan tanishish, buyuk bastakorlar ijod mahsuli in’om etadigan turfa tuyg‘ular tarovatini his etish imkonini beradi.

Batafsil: https://t.iss.one/acdfuz
Тошкент шаҳридаги Президент мактаби барқарор ривожланиш бўйича Шайх Зоид Ол Наҳаён номидаги нуфузли мукофотнинг "Глобал ўрта мактаблар" номинациясида ғолиб деб топилди.

Мукофотни Бирлашган Араб Амирликлари Президенти Шайх Муҳаммад бин Зоид Ол Наҳаён топширди.

Абу-Дабидаги тақдирлаш маросимида Президентимиз Шавкат Мирзиёев иштирок этди. Давлатимиз раҳбари мактаб вакиллари билан учрашиб, уларни ғалаба билан қизғин табриклади.

Президентская школа города Ташкента признана победителем в номинации "Глобальные средние школы" престижной премии имени Шейха Заида Аль Нахайяна в области устойчивого развития.

Премию вручил Президент Объединенных Арабских Эмиратов Шейх Мухаммад бин Заид Аль Нахайян.

На церемонии награждения в Абу-Даби присутствовал Президент нашей страны Шавкат Мирзиёев. Глава нашего государства встретился с представителями школы и горячо поздравил их с победой.

Facebook|Instagram|X
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumani Mudofaa ishlari bo‘limida, 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatchilar taqdirlandi!

Sergeli tumanida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Mudofaa ishlari bo‘limi, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi Sergeli tumani qo‘riqlash bo‘limi, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda O‘zbekiston Milliy gvardiyasiga qarashli 81140-sonli harbiy qismida sidqidildan mehnat qilib kelayotgan harbiy xizmatchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari O‘. Mahkamov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi munosabati bilan yig‘ilganlarni samimiy tabriklab, tuman hokimining tabrigini o‘qib eshittirdi.

Shundan so‘ng, Vatanimiz tinchligi hamda xavfsizligi yo‘lida mehnat qilib kelayotgan harbiylarga tuman hokimining tashakkurnomasi va sovg‘alari topshirildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM