Sergeli tumani hokimligida muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 6-yanvar kuni Sergeli tumani hokimligida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari A.Jumaboyev, sektor rahbarlari, tegishli tashkilotlar vakillari hamda O‘zbekiston Mahallalari Uyushmasi raisining maslahatchisi S.Murodov ishtirokida muhim masalalarni muhokama qilish bo‘yicha yig‘ilish tashkil etildi.
Yig‘ilishda tumandagi 46 ta mahallada quyidagi yo‘nalishlarda ishlarni tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi:
Yig‘ilish davomida 2025-yilga mo‘ljallangan rejalar tasdiqlandi. Tegishli tashkilotlar rahbarlari tomonidan har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi va yil yakuniga qadar erishilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.
Ushbu chora-tadbirlar mahalla aholisi turmush darajasini yaxshilashga, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilashga qaratilgan.
Tashkil etilgan rejalar doirasida barcha mas’ullarga o‘ziga biriktirilgan vazifalarni qisqa muddatlarda amalga oshirish topshirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sergelida "Ayollar daftari" bo‘yicha xatlov ishlari boshlandi
Sergeli tumanida "Ayollar daftari"ga xotin-qizlarni kiritish bo‘yicha xatlov ishlari mahallalardagi ishchi guruhlari tomonidan olib borilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Kasaba Uyushmalari Federatsiyasining Toshkent shahar Kengashi mas’ul vakili Feruza Rajapova xatlov jarayonlarini joylarda o‘rganib, tegishli tavsiyalar berdi.
Hududdagi xotin-qizlar murojaatlari uchun zarur ma’lumot va qo‘llab-quvvatlash ishlari ham tashkil etilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025-yilda Bandlik va kambağallikni qisqartirishga qaratilgan vazifalar belgilandi
Kelgusida mazkur rejalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha hududiy tadbirlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
____
В 2025 году определены основные задачи по обеспечению занятости населения и сокращению бедности
В дальнейшем планируется организация региональных мероприятий для эффективной реализации данных планов.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘hna Qumariq mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan M. Zamaxshariy 2-tor ko‘chasida suv quvuri tizimidagi nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Ta’mirlash ishlari natijasida ko‘cha aholisi uzluksiz va sifatli suv bilan ta’minlanishi kutilmoqda.
Mazkur jarayon doirasida qo‘shimcha muammolarni aniqlash va bartaraf etish ishlari ham amalga oshirilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mahallalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni yaxshilash bo‘yicha muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
Mahallalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni yaxshilash, onalar va bolalar reproduktiv salomatligini mustahkamlash hamda voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha 2024-yil yakunlari sarhisobi hamda 2025-yilda hamkorlikda ishlash yuzasidan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni tuman hokimi o‘rinbosarlari O. Maxkamov va N.Jo‘raeva tanqidiy ruhda o‘tkazdi.
Tadbirda tumandagi barcha umumta’lim maktablari direktorlari, oila poliklinikalari mudirlari, xotin-qizlar bo‘yicha profilaktika inspektorlari, Milliy gvardiya vakillari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, imom-xatiblar va otinoyilar ishtirok etishdi.
Yig‘ilish bayoni asosida barcha tashkilotlarga hamkorlikda ishlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Qubay-tepa mahallasida joylashgan O'zgarish 110 havo liniyasida yuklama oshganligi sababli MFY Oltin Vodiy, Ko'hna Qumariq, Yuqori Darxon, No'g‘oyqo‘rg‘on, Junariq mahallalarida qisqa muddatli uzilishlar bo‘lishini ma’lum qilamiz. Uzilishlar bugun 10-yanvar kuni vaqti-vaqti bilan 2 soat davomida kuzatilishi mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fuqarolar murojaatlari hal qilinmoqda
Sergeli tumani "Eski Jaloyir" mahallasida fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha sharoitlar o‘rganilib, zarur tushuntirishlar berildi. Shuningdek, murojaatlar tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, yechimlar bo‘yicha dalolatnomalar rasmiylashtirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sergelida maktablarda profilaktik dezinfeksiya tadbirlari o'tkazildi
Toshkent shahar Sergeli tumani Sanepidqo‘mita dezinfektor xodimlari tomonidan umumta'lim maktablarida 3-chorak boshlanishi oldidan profilaktik dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi. Ushbu tadbirlar o‘quvchilar salomatligini himoya qilish hamda xavfsiz ta’lim muhitini ta'minlash maqsadida tashkil etildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sergeli tumani Mudofaa ishlari bo‘limida, 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatchilar taqdirlandi!
Sergeli tumanida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Mudofaa ishlari bo‘limi, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi Sergeli tumani qo‘riqlash bo‘limi, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda O‘zbekiston Milliy gvardiyasiga qarashli 81140-sonli harbiy qismida sidqidildan mehnat qilib kelayotgan harbiy xizmatchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari O‘. Mahkamov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi munosabati bilan yig‘ilganlarni samimiy tabriklab, tuman hokimining tabrigini o‘qib eshittirdi.
Shundan so‘ng, Vatanimiz tinchligi hamda xavfsizligi yo‘lida mehnat qilib kelayotgan harbiylarga tuman hokimining tashakkurnomasi va sovg‘alari topshirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sergeli tuman hokim o‘rinbosari front orti faxriylarini bayram bilan tabrikladi
14-yanvar – "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan, Sergeli tuman hokim o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Jo‘raeva hamda faol ayollar Ikkinchi Jahon urushi front orti mehnat faxriylari Mal'tseva Svetlana Petrovna va Ananina Nina Antonovna holidan xabar olishdi.
Ular faxriylarni bayram bilan tabriklab, samimiy suhbat qurdilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mahallalarda fuqarolarning muammolarini hal etishga yondashuv: Amaliy yordamlar va tushuntirish ishlari
Mahallalarda fuqarolar murojaatlari bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Har bir murojaatni joyida hal qilish, aholini o‘ylantirayotgan masalalarni chuqur o‘rganib, ularga aniq yechim topish mahalla tizimining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Oilaviy muammolarni bartaraf etish, aholiga kredit olish masalalarida ko‘maklashish, tadbirkorlikni rivojlantirishga doir yo‘nalishlarda maslahat va amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga moddiy va ma’naviy yordam berish choralari ko‘rilmoqda. Nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlangan oilalar va boquvchisini yo‘qotganlarga maxsus dasturlar asosida yordam ko‘rsatish davom ettirilmoqda.
Fuqarolarning ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ehtiyojlarini qondirish maqsadida davlat tashkilotlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Mahallalarda tashkil etilgan ushbu tizimli ishlar aholining turmush darajasini yaxshilash, farovonligini oshirish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sergeli tumanida yangi issiqlik markazi qurilishi masalasi muhokama qilindi
Sergeli tumani hokimining Qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari A.Ganiyev boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tumandagi kommunal xizmatlar rahbarlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida Sergeli tumanida yangi issiqlik markazini qurish bo‘yicha masalalar batafsil muhokama qilindi. Qurilish jarayonida hududdagi kommunikatsiyalarni modernizatsiya qilish, ekologik xavfsizlikni ta'minlash va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilishda sohada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar, ularni bartaraf etish choralari hamda loyiha ishlarini amalga oshirishda mutasaddi tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi muhokama qilindi.
Mazkur issiqlik markazi tumandagi infratuzilmani yaxshilash va aholi uchun yanada qulay sharoit yaratishga qaratilgan muhim loyiha bo‘lib, uning amalga oshirilishi tumanda energiya ta'minotining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sergeli tumanida "Ayollar daftari" shakllantirilmoqda
Sergeli tumanida xonadonma-xonadon yurilib, xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish jarayoni davom etmoqda. Ushbu jarayon orqali “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimining 6-bosqichi tashkil etilmoqda va ro‘yxat shakllantirilmoqda.
Maxsus ishchi guruhlar tomonidan har bir mahallada oilalarning moddiy imkoniyatlari, oilaviy ahvoli o‘rganilib, “Ayollar daftari” ro‘yxati tuzilmoqda. Bu tizim xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Tumanimiz aholisidan ushbu hatlov jarayonida faol ishtirok etishlarini so‘raymiz.
____
В Сергелийском районе формируется "Реестр женщин"
В Сергелийском районе продолжается процесс обследования домохозяйств для изучения проблем женщин. В рамках этого процесса организован 6-й этап работы с "Реестром женщин", в ходе которого составляется список.
Специальные рабочие группы в каждом махалле исследуют материальные возможности семей и их семейное положение, что способствует созданию реестра женщин. Эта система имеет важное значение для обеспечения социальной защиты женщин.
Призываем жителей нашего района активно участвовать в этом процессе.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Yoshlar balansini" shakllantirish maqsadida xatlov ishlari tashki etilmoqda
Yoshlar siyosatining samarali amalga oshirilishi uchun muhim tashabbus boshlandi. Endilikda, yoshlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlar "Yoshlar daftari" va "Yoshlar portali" elektron platformalariga muntazam ravishda kiritilib boriladi. Buning uchun mahallalarda xatlov o‘tkazilishi, yoshlarning ehtiyojlari va muammolarini aniqlashga imkon yaratadi. Ushbu ma’lumotlar orqali yoshlar bilan samarali ish olib borish, ularni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Shuningdek, yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularga o‘z imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun aniq ma’lumotlar bazasi yaratish rejalashtirilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM