Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
8.18K subscribers
38.7K photos
3.46K videos
20 files
9.82K links
Download Telegram
Forwarded from MINENERGY.UZ
Xitoydan munosabat: O‘zbekiston Markaziy Osiyoda maishiy chiqindilarni energiyaga aylantiradigan zavodlarga ega bo‘lgan birinchi davlatga aylanadi

Tom Shi, “Shanghai SUS Environment Co. Ltd” kompaniyasi vitse-prezidenti.

Batafsil / Батафсил

—————

Взгляд из Китая: Узбекистан станет первой страной в Центральной Азии, где появятся заводы по переработке бытовых отходов в энергию

Том Ши, вице-президент компании «Shanghai SUS Environment Co. Ltd».

Подробнее

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Президент Шавкат Мирзиёевга “2025 йил учун Ўзбекистон Республикасининг давлат бюджети тўғрисида”ги қонун ижросини таъминлаш чора-тадбирлари тўғрисида ахборот берилди.

Президенту Шавкату Мирзиёеву представлена информация о мерах по обеспечению исполнения Закона «О Государственном бюджете Республики Узбекистан на 2025 год».

#Mirziyoyev #taqdimot #moliya #byudjet

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❗️Ertaga, 4-yanvar — barcha uchun ish kuni

Prezident qaroriga ko‘ra, ertaga, 4-yanvar (shanba), haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun ham ish kuni hisoblanadi. Chunki ular aynan shu kun hisobidan 2-yanvar kuni qo‘shimcha dam olishgan edi.

Barchangizga ishlaringizda omad tilaymiz!

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergelida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” dasturi doirasida 22 juft yosh nikohlanuvchilar o‘qitildi


2024-yil dekabr oyida Sergeli tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda FHDYO bo‘limi hamkorligida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” markaziga biriktirilgan mas’ul o‘qituvchilar tomonidan nikohlarini rasmiylashtirish uchun ariza bergan yosh oila quruvchilar uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Mazkur mashg‘ulotlarda Sergeli tumani FXDYO bo‘limi mudirasi D.Radjabova, psixolog M.Raxmatullaeva, tuman bosh otinoysi M.Muxamedova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sergeli tumani bo‘linmasi rahbari G.Xudaybergenova va Toshkent shahar adliya boshqarmasi Sergeli tumani FHDYO bo‘limi ish yurituvchisi yoshlarga tibbiy, huquqiy, psixologik, ma’naviy-ma’rifiy hamda diniy masalalarda dars o‘tishdi.

Mashg‘ulotlar davomida yoshlarga:

reproduktiv salomatlikni ta’minlash va ona hamda bolalikni muhofaza qilish;
kitob o‘qish madaniyati va uning oilaviy hayotdagi ahamiyati;
oila a’zolari o‘rtasidagi muomala va to‘g‘ri munosabatlarni mustahkamlash;
ibratli ota-ona bo‘lishga tayyorgarlik bo‘yicha amaliy va nazariy ko‘rsatmalar berildi.
O‘quv mashg‘ulotlarini muvaffaqiyatli tamomlagan 22 juft yosh nikohlanuvchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi. Ushbu dastur doirasida 2024 yil davomida jami 367 ta juftliklar o‘qitilib, baxtli va mustahkam oilaviy hayot barpo etish bo‘yicha zarur bilimlarga ega bo‘lishdi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar!

Sergeli va Bektemir tumanlaridagi nomsiz ko‘chalarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash uchun ovoz berishda ishtirok eting!


Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasiga Sergeli va Bektemir tumanlari hokimliklarining tumanlar hududidagi nomsiz ko‘chalarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash bo‘yicha takliflari kelib tushgan.

Toshkent shahar hokimligi “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-1-moddasiga muvofiq,  mahalliy aholining fikrini o‘rganish maqsadida poytaxt aholisini Sergeli va Bektemir tumanlaridagi nomsiz ko‘chalarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash yuzasidan o‘z fikrini https://geonom.tashkent.uz saytida ovoz berish yo‘li bilan bildirishga taklif etadi.

Shu bilan birga, aholi fikri quyidagi shakllarda ham qabul qilinadi:

Og‘zaki ravishda: +998-71-210-04-13 telefon raqamiga (ish kunlari soat 09:00-dan 17:00-gacha) murojaat qilish orqali;

Yozma: 100060, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 51-uy pochta manziliga xat yuborish orqali;

Elektron shaklda: [email protected]  elektron pochtasiga xat yuborish yo‘li bilan.

Mahalliy aholi ovoz berish jarayonida joriy yilning 30-dekabr kunidan 2025-yil 13-yanvar kuniga qadar qatnashishi mumkin.



Уважаемые граждане!

Примите участие в голосовании по присвоению наименований безымянным улицам и переименованию некоторых улиц Сергелийского и Бектемирского районов!


В комиссию по вопросам присвоения наименований и переименования географических объектов города Ташкента поступило предложение от хокимиятов Сергелийского и Бектемирского районов по присвоению наименований безымянным улицам и переименованию некоторых географических объектов.

В соответствии со ст. 4-1 Закона Республики Узбекистан «О наименованиях географических объектов», с целью изучения мнения местного населения, хокимият города Ташкента приглашает жителей столицы выразить свое мнение относительно присвоения наименований безымянным улицам и переименования некоторых улиц Сергелийского и Бектемирского районов путём голосования на сайте https://geonom.tashkent.uz.

Также своё мнение можно выразить одним из нижеследующих способов:

Устно по телефону: +998-71-210-04-13 (в рабочие дни с 09:00 до 17:00);

Письменно, направив письмо по адресу: 100060, г. Ташкент, Чиланзарский район, улица Ислама Каримова, 51;

В электронной форме, направив письмо на электронную почту: [email protected] 

Жители столицы могут участвовать в процессе голосования с 30 декабря текущего года по 13 января 2025 года.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

🔰Қонунчиликка кўра, васийлик ёки ҳомийлик етим болалар ва ота-она қарамоғидан маҳрум бўлган болаларга қуйидаги ҳолларда белгиланади:

🔹ота-онаси вафот этганда ёки суд томонидан вафот этган деб эълон қилинганда;

🔹ота-онаси суд қарори билан ота-оналик ҳуқуқидан маҳрум этилганда ёки уларнинг ота-оналик ҳуқуқи чекланганда;

🔹ота-онаси икки ойдан ортиқ касал бўлиши оқибатида ўзларининг ота-оналик мажбуриятларини бажара олмаганда;

🔹ота-онаси суд қарори билан муомалага лаёқатсиз деб топилганда;

🔹ота-онаси бедарак йўқолганда;

🔹ота-онаси болаларни тарбиялаш ёки уларнинг ҳуқуқ ва манфаатларини ҳимоя қилишдан бўйин товлаганда, шу жумладан, ота-она тарбия, даволаш муассасалари, тиббий-ижтимоий муассасалар ва шунга ўхшаш муассасалардан боласини олишдан бош тортганда, шунингдек, бошқа зарур ҳолларда.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumani hokimligida muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 6-yanvar kuni Sergeli tumani hokimligida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari A.Jumaboyev, sektor rahbarlari, tegishli tashkilotlar vakillari hamda O‘zbekiston Mahallalari Uyushmasi raisining maslahatchisi S.Murodov ishtirokida muhim masalalarni muhokama qilish bo‘yicha yig‘ilish tashkil etildi.

Yig‘ilishda tumandagi 46 ta mahallada quyidagi yo‘nalishlarda ishlarni tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi:

➡️Jinoyatchilikka qarshi kurashish chora-tadbirlari;
➡️Migratsiyadan qaytgan fuqarolar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish;
➡️Ayollar daftari bo'yicha xatlov o'tkazish;
➡️Ayollar va yoshlar bandligini ta’minlash;
➡️Aholiga sifatli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish darajasini oshirish;
➡️Barqaror soliq tushumlarini ta’minlash.

Yig‘ilish davomida 2025-yilga mo‘ljallangan rejalar tasdiqlandi. Tegishli tashkilotlar rahbarlari tomonidan har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi va yil yakuniga qadar erishilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.
Ushbu chora-tadbirlar mahalla aholisi turmush darajasini yaxshilashga, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilashga qaratilgan.

Tashkil etilgan rejalar doirasida barcha mas’ullarga o‘ziga biriktirilgan vazifalarni qisqa muddatlarda amalga oshirish topshirildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM