Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
8.38K subscribers
38.3K photos
3.44K videos
20 files
9.71K links
Download Telegram
🇺🇿#2025_Yil

2025-yil O‘zbekistondа "Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili" deb e’lon qilindi.

Bu tashabbus ekologik barqarorlikni ta’minlash, "yashil" texnologiyalarni joriy etish, suv resurslarini tejash, atrof-muhitni muhofaza qilish va aholi salomatligini yaxshilashga qaratilgan.

Yil doirasida ko‘plab ekologik loyihalar va tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan, jumladan:

"Yashil makon" loyihasi doirasida daraxt ekish va ko‘kalamzorlar yaratish;

Chiqindilarni qayta ishlash masalalarini hal etish;

Orolbo‘yi hududidagi ekologik muammolarni yumshatish chora-tadbirlari.

Bu tashabbus mamlakatning ekologik barqarorlikka bo‘lgan intilishini yanada kuchaytiradi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#YangiYil #Sergeli2025 #BirgalikdaOldinga

🎉 Yangi yil – yangi imkoniyatlar! 🎉

Assalomu alaykum, aziz obunachilar!
🕊

2025-yilni katta umid va rejalar bilan qarshi oldik. Bu yil Sergeli tumanini rivojlantirish va farovonligini oshirish yo‘lida birgalikda ishlashni reja qildik.

🌆 Sergeli tumani uchun asosiy yo‘nalishlar:

Tuman infratuzilmasini yaxshilash: yangi yo‘llar qurish, mavjudlarini ta’mirlash va ko‘chalarni obodonlashtirish.
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish: mahsulot yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, issiqxonalar tashkil etish va yangi imkoniyatlar yaratish.
Yoshlar uchun: kasb-hunar kurslari va bilim olish uchun qulay sharoitlar yaratish.
Madaniy va sport tadbirlarini ko‘paytirish: yangi sport maydonchalari qurish, madaniy tadbirlar tashkil etish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Ishonchli_manba

Sergeli tumanida olib borilayotgan barcha yangilik va o‘zgarishlar haqida birinchi bo‘lib xabardor bo‘lishni xohlaysizmi? Hokimiyatning rasmiy Telegram kanali — siz uchun yagona ishonchli manba.

Biz bilan:
🌟Tumanimizdagi yangi loyihalar va tashabbuslardan xabardor bo‘lasiz.
🌟Rasmiy qarorlar va e’lonlarni birinchi bo‘lib o‘qiysiz.
🌟Madaniy, sport va ijtimoiy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermaysiz.

Kanalimizga yangi obunachilarni taklif eting va yangiliklarni ishonchli manbadan kuzatib boring!

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев номига янги - 2025 йил муносабати билан қутловлар келиши давом этмоқда.

Хорижий етакчилар давлатимиз раҳбарига ва кўп миллатли халқимизга тинчлик-осойишталик, бахт-саодат, фаровонлик, катта муваффақиятлар ва равнақ тилакларини изҳор этмоқда.

В адрес Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева продолжают поступать поздравления в связи с новым 2025 годом.

Зарубежные лидеры выражают Президенту и многонациональному народу Узбекистана пожелания мира, счастья, благополучия, больших успехов и процветания.

Facebook|Instagram|X
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumani mahallalari xodimlari taqdirlandi

Sergeli tumani hokimiyati tomonidan yil yakuni bo‘yicha mahallalar xodimlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tadbirda tumandagi barcha mahalla xodimlari ishtirok etib, bayramona va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.

Tadbirda Sergeli tuman hokimi Elbek Shukurov va O‘zbekiston Mahallalar Uyushmasi Toshkent shahar raisi Furqat Maxmudxo‘jayev ishtirok etdilar. Ular o‘z nutqlarida mahalla tizimi rivoji va jamiyat hayotidagi ahamiyatini alohida ta’kidladilar.

🔹 Yil davomida fidokorona mehnat qilgan xodimlar faoliyatlari uchun estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Ushbu e’tibor mahalla xodimlarining kelgusidagi ishlariga rag‘bat bo‘lib xizmat qilishi, shubhasiz.

Tumandagi mahallalar jamoatchilikni birlashtiruvchi kuch sifatida yanada samarali faoliyat olib boradi. Bu kabi tadbirlar esa jamiyat hayotida muhim o‘rin tutadi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MINENERGY.UZ
Xitoydan munosabat: O‘zbekiston Markaziy Osiyoda maishiy chiqindilarni energiyaga aylantiradigan zavodlarga ega bo‘lgan birinchi davlatga aylanadi

Tom Shi, “Shanghai SUS Environment Co. Ltd” kompaniyasi vitse-prezidenti.

Batafsil / Батафсил

—————

Взгляд из Китая: Узбекистан станет первой страной в Центральной Азии, где появятся заводы по переработке бытовых отходов в энергию

Том Ши, вице-президент компании «Shanghai SUS Environment Co. Ltd».

Подробнее

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Президент Шавкат Мирзиёевга “2025 йил учун Ўзбекистон Республикасининг давлат бюджети тўғрисида”ги қонун ижросини таъминлаш чора-тадбирлари тўғрисида ахборот берилди.

Президенту Шавкату Мирзиёеву представлена информация о мерах по обеспечению исполнения Закона «О Государственном бюджете Республики Узбекистан на 2025 год».

#Mirziyoyev #taqdimot #moliya #byudjet

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❗️Ertaga, 4-yanvar — barcha uchun ish kuni

Prezident qaroriga ko‘ra, ertaga, 4-yanvar (shanba), haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun ham ish kuni hisoblanadi. Chunki ular aynan shu kun hisobidan 2-yanvar kuni qo‘shimcha dam olishgan edi.

Barchangizga ishlaringizda omad tilaymiz!

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergelida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” dasturi doirasida 22 juft yosh nikohlanuvchilar o‘qitildi


2024-yil dekabr oyida Sergeli tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda FHDYO bo‘limi hamkorligida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” markaziga biriktirilgan mas’ul o‘qituvchilar tomonidan nikohlarini rasmiylashtirish uchun ariza bergan yosh oila quruvchilar uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Mazkur mashg‘ulotlarda Sergeli tumani FXDYO bo‘limi mudirasi D.Radjabova, psixolog M.Raxmatullaeva, tuman bosh otinoysi M.Muxamedova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sergeli tumani bo‘linmasi rahbari G.Xudaybergenova va Toshkent shahar adliya boshqarmasi Sergeli tumani FHDYO bo‘limi ish yurituvchisi yoshlarga tibbiy, huquqiy, psixologik, ma’naviy-ma’rifiy hamda diniy masalalarda dars o‘tishdi.

Mashg‘ulotlar davomida yoshlarga:

reproduktiv salomatlikni ta’minlash va ona hamda bolalikni muhofaza qilish;
kitob o‘qish madaniyati va uning oilaviy hayotdagi ahamiyati;
oila a’zolari o‘rtasidagi muomala va to‘g‘ri munosabatlarni mustahkamlash;
ibratli ota-ona bo‘lishga tayyorgarlik bo‘yicha amaliy va nazariy ko‘rsatmalar berildi.
O‘quv mashg‘ulotlarini muvaffaqiyatli tamomlagan 22 juft yosh nikohlanuvchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi. Ushbu dastur doirasida 2024 yil davomida jami 367 ta juftliklar o‘qitilib, baxtli va mustahkam oilaviy hayot barpo etish bo‘yicha zarur bilimlarga ega bo‘lishdi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM