Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
7.91K subscribers
39K photos
3.51K videos
20 files
9.97K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, Gazeta.uz internet nashrida Sergeli tumani, “Sugʻdiyona” mahallasi hududida tashkil etilayotgan 24/7 rejimda ishlaydigan gastronomik va turizm koʻchasiga oid maqola eʼlon qilindi.
Unga koʻra, asosiy yoʻlning transport qatnoviga moʻljallangan qismini bir tomonlama yoʻlga qisqarishi oqibatida ushbu yoʻlda va  mahallaning ichki koʻchalarida tirbandliklar yuzaga kelishi boʻyicha taxminlar ilgari surilgan.

Mazkur holatga aniqlik kiritadigan boʻlsak, joriy yilda umumiy uzunligi 1,3 km ni tashkil etuvchi gastronomik va turizm koʻchasi tashkil etilib, aholini madaniy xordiq chiqarishi uchun qulay sharoit yaratish, bundan tashqari, 45 ta tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish rejalashtirilgan. Buning hisobiga, mazkur koʻchada 300 dan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratiladi va yiliga 4 mlrd. soʻmdan ortiq budjet tushumlari tushishi taʼminlanib, toʻliqligicha ijtimoiy sohaga, xususan, taʼlim va tibbiyot yoʻnalishlarini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi.
Mazkur koʻchani master rejasini ishlab chiqish jarayonida keng jamoatchilik fikri, shuningdek, aholining takliflari ham inobatga olingan. Kuni kecha Gazeta.uz internet nashrida keltirilgan holatlar ham tahlil qilinganligi va bundan kelib chiqib, loyihaga tegishli qoʻshimchalar kiritilayotganligini  maʼlum qilamiz.

❗️Ushbu koʻchada eng asosiy jihat sifatida piyodalar xavfsizligini taʼminlash, hududni toʻlaqonli yashil va zamonaviy saylgoh koʻrinishiga olib kelinishiga ahamiyat qaratilmoqda.
Mahallaning ichki koʻchalaridagi transport oqimi va jadalligini oʻrnatilgan tartibda barqarorlashtirish maqsadida 1,3 km. uzunlikdagi koʻchaning faqatgina 400 metr qismini bir tomonlama qatnov yoʻnalishida tashkil etish, qolgan asosiy koʻchalarni oʻzgarishsiz qoldirish koʻzda tutilmoqda.
Bundan tashqari, transport oqimini samarali boshqarish maqsadida yoʻllarning qatnov qismidagi oʻzgarishlarni inobatga olib, 24/7 rejimda ishlaydigan gastronomik va turizm koʻchasiga tutash boʻlgan 4 ta asosiy chorraha svetoforlari boʻyicha harakatlanish vaqti oraliqlari qayta koʻrib chiqiladi. Natijada, nafaqat asosiy koʻchada, tumanning tutash boshqa koʻchalarida ham transport oqimi tartibga solinadi.

📌Mazkur koʻchaning asosiy qatnov qismi joriy yilning 1-noyabr kunidan foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. Sergeli tuman hokimiyati tomonidan ushbu koʻchani aholi uchun yanada qulay va jozibador koʻrinishga keltirish boʻyicha keng jamoatchilik, xususan OAV takliflarini inobatga olishga va joriy etishga tayyorligi maʼlum qilinadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun fuqarolardan yana bir bor uzr soʻraymiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Rasmiy_munosabat

Sergeli tumani hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Habibiy" mahallasidagi "Simple Town" ko‘p qavatli turar-joy majmuasiga oid xabarlar yuzasidan shuni ma'lum qiladiki,

"Simple Town" turar-joy majmuasida qurilish ishlari yakunlanib, fuqarolar bilan tuzilgan shartnomalar asosida xonadonlarni topshirish 2024-yil dekabr oyi oxirigacha rejalashtirilgan. Ayni paytda 20 ta xonadonning uy egalari o‘z xonadonlariga ta'mirlash ishlari maqsadida kirib, yashab kelmoqda.

Mazkur ko‘p qavatli uyning kadastr hujjatlari hozirda quruvchi tashkilot tomonidan 2024-yil dekabr oyi oxirigacha yakunlanishi kutilmoqda. Kadastr hujjatlari to‘liq shakllantirilgandan so‘ng, gaz tarmog‘iga ulash ishlari amalga oshirilishini ma'lum qilamiz.

Shu bilan birga, Sergeli tumani hokimining o‘rinbosari tomonidan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, mazkur masalalar yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.

Sergeli tumani hokimligi mazkur masalani o‘z nazoratiga olgan bo‘lib, quruvchi tashkilot bilan hamkorlikda barcha hujjatlarni tayyorlash va kommunikatsiya tizimlarini to‘liq ishga tushirish jarayonlari jadallashtirilmoqda.

Fuqarolarimizdan rasmiy manbalarga ishonishlarini so‘raymiz. Har qanday qo‘shimcha savollar yuzasidan Sergeli tumani hokimligi yoki quruvchi tashkilotga murojaat qilishingiz mumkin.

Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Rasmiy_munosabat

Sergeli tumani hokimligi rasmiy bayonoti

Sergeli tumani "Yuqori Darxon" mahallasi hududida joylashgan metro bekati yaqinida, mazkur mahallaga tutash "Junariq" mahallasida 2022-yildan boshlab "Yangi Qo‘shnilar" turar-joy majmuasi qurilishi boshlangani munosabati bilan vaqtinchalik transport yo‘llari tashkil etilgan edi. Jumladan, qurilish ob’ektiga yuk mashinalarining kirishi uchun "Junariq" mahallasidagi aholi hududi orqali harakatlanish imkoni bo‘lmaganligi sababli, metro stansiyasi yonida yuk mashinalari uchun yo‘l qurilgan.

Mazkur yo‘l "Junariq" va "Yuqori Darxon" mahallalari orasidan o‘tuvchi "Salar" kanaliga vaqtinchalik ko‘prik o‘rnatish orqali tashkil etilgan edi. Ushbu yo‘ldan 2024-yilning oxirida “Yangi Qo‘shnilar” turar-joy majmuasining qurilishi yakunlanib, kompleksda 1400 ga yaqin xonadon barpo etilgunga qadar foydalanilgan. Joriy yilda ushbu xonadonlarga aholining 30 foizi ko‘chib kelgan bo‘lib, ular orasida farzandlarini umumta’lim maktabiga joylashtirish ehtiyoji yuzaga kelgan.

Yaqin atrofda umumta’lim maktabining yo‘qligi sababli, mazkur hududdagi bolalar mazkur yo‘ldan foydalanib, Yuqori Darxon mahallasidagi 76-sonli maktabga qatnay boshlagan. Bugungi kunda mazkur turar-joy majmuasidan 28 nafar o‘quvchi ushbu maktabga qatnamoqda.

Aholining murojaatlarini inobatga olgan holda, tuman hokimligi tomonidan “Yangi Qo‘shnilar” turar-joy majmuasidan 76-sonli maktabgacha bo‘lgan yangi yo‘l qurilishi bo‘yicha ishlar boshlandi. Ushbu yo‘l sifatli asfalt qoplamasi bilan qoplanib, o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash uchun piyodalar yo‘lagi ham quriladi.

Hokimlik aholi uchun yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi va tushunish bilan yondashganliklari uchun minnatdorchilik bildiradi. Shuningdek, ushbu masala yoritilishida ko‘mak bergan Daryo.uz sayti muxbirlariga ham o‘z minnatdorchiligimizni izhor etamiz.


✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Sergeli tumani "Xontepa" mahallasi, Taraqqiyot ko‘chasidagi yo‘lni asfaltlashtirish bo‘yicha murojaat qoldirilgan.

Sergeli tuman hokimligi mazkur masala yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

"Xontepa" mahallasi avval Toshkent viloyati Zangiota tumaniga qarashli bo‘lib, keyinchalik Sergeli tumaniga o‘tgan. Ushbu mahalladagi Taraqqiyot ko‘chasi 2021-yilda Vazirlar Mahkamasining 702-sonli qaroriga muvofiq bosqichma-bosqich asfaltlashtirish dasturiga kiritilgan.

Bundan tashqari, 2024-yilda ushbu ko‘chada D-150 diametrli uzunligi 3000 p/m ichimlik suvi tarmog‘i o‘tkazilganligi sababli yo‘lni ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlanmagan.

Shu bois, mazkur mavsumda "Xontepa" mahallasida asfaltlash ishlari yuqoridagi qarorga muvofiq amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, Sergeli tuman hokimligi mazkur jarayonni nazoratga olganini ma’lum qilamiz.

Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM