Sergeli tumani hokimligi mutasaddilari tomonidan zudlik bn joyiga chiqib vaziyat o'rganildi. O'rganish natijasida "Sof" kafesining dudbo'ron ichidagi yog'lari erib, qizishi natijasida oshxonaning katta yo'l tarafi 0,5 kv.m qismida kichik yong'in yuz bergan hamda tezlik bilan yong'in o'chirilganligi aniqlandi.
Mazkur holat oqibatida hech kimga zarar yetmagan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻz navbatida fuqarolardan xususiy uy-joy sotib olishda aldanib qolmasliklarini, tasdiqlangan kadastr pasportiga ega boʻlgan uylarni xarid qilishlarini tavsiya etamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sergeli tumani "Mirzo Tursunzoda" va "Mehrigiyo" koʻchalari kesishmasida qurilayotgan “Madadkor” MFY markazi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-209-sonli Farmoniga asosan, mahallalarni qoʻllab-quvvatlashni yanada takomillashtirish, mahallabay ishlashga masʼul boʻlgan shaxslar faoliyatini va hamkorligini samarali taʼminlash maqsadida “mahalla yettiligi” faoliyatini tashkil etilishi belgilangan.
Mazkur qaror asosida mahallaning jamiyat hayotidagi oʻrnini oshirish hamda sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektoridan iborat “mahalla yettiligi” faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Qaror ijrosi boʻyicha birinchi navbatda “mahalla yettiligi” faoliyatini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, zarur bino va moddiy texnik bazasi bilan taʼminlash maqsadida Toshkent shahrida, jumladan, Sergeli tumanidagi barcha MFY binolari xatlovdan oʻtkazildi. Moslashgan binolarda joylashgan mahallalar, shuningdek, “mahalla yettiligi” oʻz faoliyatini toʻlaqonli amalga oshirish uchun sharoit boʻlmagan
7 ta MFY binolari roʻyxati shakllantirilib, mazkur mahallalarda “mahalla yettiligi”ga zarur sharoit yaratish va zamonaviy “mahalla markazlari”ni barpo etish belgilandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-yanvardagi tegishli qaror asosida mazkur 7 ta mahalla, jumladan ijtimoiy tarmoqlarda keltirilgan hududda “Madadkor” mahalla fuqarolari yigʻini markazi barpo etilmoqda. Mazkur obyektda kelajakda mahalla idorasi, aholini ish bilan taʼminlash boʻyicha xizmat koʻrsatish obyektlari va yoshlarni taʼlimga yoʻnaltirishga qaratilgan oʻquv markazlari tashkil etiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy tarmoqlarda, Sergeli tumanida joylashgan “Sariq Bola Pizza” ovqatlanish maskani tomonidan, shu yilning 2-iyun kuni soat 19:00da, “1-iyun – Bolalarni ximoya qilish kuni” munosabati bilan, mazkur ovqatlanish maskani tomonidan, “…pissa harid qilgan mijozlarga aksiya doirasida bepul oʻyinchoqlar tarqatiladi…” degan xabar berilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Sergeli tuman hokimligi shuni maʼlum qiladiki, ommaviy tadbirlarni oʻtkazish tartib-qoidalariga muvofiq, mazkur aksiyani oʻtkazish bekor qilindi, shuningdek fuqarolarimizdan keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻragan holda, holatni toʻgʻri tushunishingizga umid qilamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ta'kidlab o'tish joizki, mazkur ko'chalarda daraxtlarga zarar yetkazuvchi hech qanday qazish ishlari olib borilmagan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy tarmoqlarda "Daryo bo'yi" MFY raisi saylovi yuzasidan tanqidiy material e'lon qilindi.
Sergeli tumani hokimligi ishchi guruhi tomonidan o'rganilgan ma'lumotlarga ko'ra, "Daryo bo'yi" MFY raisi lavozimi vakant bo'lganligi sababli, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 16-martdagi “Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi KQ-320-IV sonli qaroriga asosan, joriy yilning 29-sentabr kuni “Daryo bo'yi” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi vakillar ishtirokida oʻtkazilgan saylov natijalariga koʻra, Xudoyorov Erkin Ochilovich 83 foiz ovoz toʻplab “Daryo bo'yi” mahalla fuqarolar yigʻini raisi etib saylanganligini hamda noqonuniy holatlar aniqlanmaganligini maʼlum qilamiz.
📌Mahalla fuqarolari yig’ini raisi, hududdagi aholining ochiq, muqobillik va shaffof tarzda, saylovga kelib ishtirok etgan hamda saylovga kela olmagan yotoqli fuqarolarning komissiya a'zolari tomonidan xonadonlariga borib yig'ilgan ovozlarining natijasiga ko‘ra saylanganini, va shuningdek noqonuniy holatlar aniqlangan taqdirda, mazkur mahalla raisligi uchun qayta saylov o'tkazilishini ma'lum qilamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Unga koʻra, asosiy yoʻlning transport qatnoviga moʻljallangan qismini bir tomonlama yoʻlga qisqarishi oqibatida ushbu yoʻlda va mahallaning ichki koʻchalarida tirbandliklar yuzaga kelishi boʻyicha taxminlar ilgari surilgan.
Mazkur koʻchani master rejasini ishlab chiqish jarayonida keng jamoatchilik fikri, shuningdek, aholining takliflari ham inobatga olingan. Kuni kecha Gazeta.uz internet nashrida keltirilgan holatlar ham tahlil qilinganligi va bundan kelib chiqib, loyihaga tegishli qoʻshimchalar kiritilayotganligini maʼlum qilamiz.
Mahallaning ichki koʻchalaridagi transport oqimi va jadalligini oʻrnatilgan tartibda barqarorlashtirish maqsadida 1,3 km. uzunlikdagi koʻchaning faqatgina 400 metr qismini bir tomonlama qatnov yoʻnalishida tashkil etish, qolgan asosiy koʻchalarni oʻzgarishsiz qoldirish koʻzda tutilmoqda.
Bundan tashqari, transport oqimini samarali boshqarish maqsadida yoʻllarning qatnov qismidagi oʻzgarishlarni inobatga olib, 24/7 rejimda ishlaydigan gastronomik va turizm koʻchasiga tutash boʻlgan 4 ta asosiy chorraha svetoforlari boʻyicha harakatlanish vaqti oraliqlari qayta koʻrib chiqiladi. Natijada, nafaqat asosiy koʻchada, tumanning tutash boshqa koʻchalarida ham transport oqimi tartibga solinadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun fuqarolardan yana bir bor uzr soʻraymiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sergeli tumani hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Habibiy" mahallasidagi "Simple Town" ko‘p qavatli turar-joy majmuasiga oid xabarlar yuzasidan shuni ma'lum qiladiki,
"Simple Town" turar-joy majmuasida qurilish ishlari yakunlanib, fuqarolar bilan tuzilgan shartnomalar asosida xonadonlarni topshirish 2024-yil dekabr oyi oxirigacha rejalashtirilgan. Ayni paytda 20 ta xonadonning uy egalari o‘z xonadonlariga ta'mirlash ishlari maqsadida kirib, yashab kelmoqda.
Mazkur ko‘p qavatli uyning kadastr hujjatlari hozirda quruvchi tashkilot tomonidan 2024-yil dekabr oyi oxirigacha yakunlanishi kutilmoqda. Kadastr hujjatlari to‘liq shakllantirilgandan so‘ng, gaz tarmog‘iga ulash ishlari amalga oshirilishini ma'lum qilamiz.
Shu bilan birga, Sergeli tumani hokimining o‘rinbosari tomonidan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, mazkur masalalar yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.
Sergeli tumani hokimligi mazkur masalani o‘z nazoratiga olgan bo‘lib, quruvchi tashkilot bilan hamkorlikda barcha hujjatlarni tayyorlash va kommunikatsiya tizimlarini to‘liq ishga tushirish jarayonlari jadallashtirilmoqda.
Fuqarolarimizdan rasmiy manbalarga ishonishlarini so‘raymiz. Har qanday qo‘shimcha savollar yuzasidan Sergeli tumani hokimligi yoki quruvchi tashkilotga murojaat qilishingiz mumkin.
Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM