This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ramazon_Hayiti_2024🌙
Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurovning tuman aholisiga Hayit bayrami tabrigi
Hurmatli Sergeli tumani aholisi, qadrli do'stlar!
Avvalo, siz, azizlarni, yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni muborak Ramazon hayiti – Iyd al-Fitr bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, barchangizga o‘zimning chuqur ehtirom va ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Barcha musulmon o'lkalarda o'zgacha kayfiyat bilan kutib olinayotgan ayyom, bugun, tumanimizda ham katta tayyorgarliklar bilan nishonlanmoqda. Ezgu amallar bilan kutib olinayotgan qutlug' ayyom barchangizga muborak bo'lsin!
Sizlarni, butun xalqimizni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan muborak Ramazon hayiti bilan yana bir bor chin yurakdan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-u saodat, oilalaringizga xotirjamlik, fayz-u baraka tilayman.
Hayit ayyomingiz muborak bo'lsin!
Sergeli tumani hokimi
Elbek Shukurov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurovning tuman aholisiga bayram tabrigi
Hurmatli Vatandoshlar, qadrli urush va mehnat faxriylari!
Bugungi shonli sana Vatan ozodligi uchun, hozirgi tinch-omon kunlar uchun jang maydonlarida halok bo‘lgan ota-bobolarimizni, front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasini yod etish maqsadida keng nishonlanadi.
Aziz faxriylarimizning beqiyos qahramonligini insoniyat tarixiga abadiy o‘chmaydigan, buyuk sahifa bo‘lib yozilganini chuqur minnatdorlik bilan e’tirof etamiz.
Ulug‘ va tabarruk yoshlarga yetib, bugun oramizda sog‘-salomat, duogo‘y bo‘lib yurgan urush va mehnat frontining barcha jangchilariga yana bir bor yuksak mehr va hurmatimni izhor etib, ularning barchasiga chin yurakdan tashakkur aytaman.
Oradan yana qancha yillar, asrlar o‘tmasin, sizlarning fashizmga qarshi ko‘rsatgan matonatingizni xalqimiz hamisha qalbida, xotirasida saqlaydi, bu jasorat yoshlarimiz uchun abadiy ibrat namunasi bo‘lib qoladi.
Doimo sog' va omon bo'ling, bayramingiz muborak bo'lsin!
Hurmat bilan,
Sergeli tumani hokimi
Elbek Shukurov
____
Праздничное поздравление xакима Сергелийского района жителям района
Уважаемые соотечественники! Дорогие ветераны войны и трудового фронта!
Отмечая эту славную дату, мы всегда ощущаем одновременно и великую радость, и бесконечную боль. Мы чтим светлую память наших отцов и дедов, проявивших настоящий героизм в боях и самоотверженно трудившихся в тылу во имя свободы нашей Родины, нынешних мирных дней.
Мы – сегодняшнее благодарное поколение – всегда будем гордиться нашими отважными, как и вы, отцами и дедами.
Ваш славный путь, уважаемые ветераны, ставший неотъемлемой частью героической летописи нашего народа, всегда был и остается для нас достойным примером, мощным источником энергии.
Желаю здоровья, мира и благополучия.
С уважением,
Хаким Сергелийского района
Элбек Шукуров
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bayram_tadbiri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bayram_tadbiri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bolalar_kuni
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bayram_tadbiri
#1_iyun
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurovning tuman aholisiga bayram tabrigi
Hurmatli Sergeli tumani aholisi, aziz yurtdoshlar!
Avvalo, siz, azizlarni, yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni ezgulik va saxovat ramzi - muborak Qurbon hayiti – Iyd al-Adha bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, barchangizga o‘zimning chuqur ehtirom va ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Ta'kidlash joizki, har bir mahalla, xonadonlardagi tinchlik va obodlik, aholimiz o'rtasidagi o'zaro hamjihatlik va bag'rikenglik muhitini mustahkamlashda Qurbon hayiti singari azaliy bayram va qadriyatlarimizning o'rni beqiyos.
Mana shu ulug' kunda tumanimizda joylashgan 6 ta masjidda ham Qurbon hayiti namozlari o'qilib, yurtimizga tinchlik-farovonlik, rizq-nasiba va xotirjamlik so'rab duolar qilindi.
Aziz tumandoshlar, Sizlarni, butun xalqimizni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan muborak Qurbon hayiti bilan yana bir bor chin yurakdan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-u saodat, oilalaringizga xotirjamlik, fayz-u baraka tilayman.
Qurbon Hayitingiz muborak bo'lsin!
Sergeli tumani hokimi
Elbek Shukurov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurovning tadbirkorlar kuni munosabati bilan bayram tabrigi.
HURMATLI TADBIRKORLAR!
Sergeli tuman hokimligi barchangizni kasb bayramingiz bilan muborakbod etadi!
Ma'lumki, davlatimiz rahbari tomonidan sizlarning faoliyatingizni tubdan rivojlantirishga qaratilgan islohotlar, yangidan yangi shart-sharoitlar yaratilmoqda. Yurtimiz kelajagi yuksalishida, xalqimizning farovonligi va ravnaqida sizning hissangiz beqiyosdir!
Kelgusida tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, soliq yukini kamaytirish, hammaga teng bo‘lgan biznes muhitini va zarur infratuzilma yaratish bo‘yicha boshlagan islohotlar qat’iy davom ettirilishi, davlat korxonalarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish iqtisodiyotni isloh etishning ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib qolishi, fuqarolar baxtli va to‘kin hayot kechirishiga ishoradir.
Tadbirkorlik to'g'risidagi qonun loyihasining qabul qilinishi esa tadbirkorlarning mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasiga e’tiborni qaratish va baholash, katta yutuqlarga erishgan, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal etishda faol ishtirok etayotgan ishbilarmonlarni aniqlash, ularni taqdirlash, aholini, ayniqsa, yoshlarni biznesga keng jalb qilishga xizmat qiladi. 20-avgust mamlakatimizda “Tadbirkorlar kuni” deb e’lon qilinishi barobarida, Yangi O‘zbekistonning barpo etilishida tadbirkorlikning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy ahamiyatini yanada yuksaltirish, jamiyatimizda tadbirkorlikni ommalashtirish hamda insofli tadbirkorlikni tizimli rag‘batlantirish imkonini beradi.
Zero, yurtimizda tadbirkor ko‘paysa xalq ham, davlat ham boy bo‘ladi, yangi-yangi ish o‘rinlari yaratiladi, jamiyat rivojlanadi, yurt taraqqiy etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
"Янги Ўзбекистон" боғида Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг 33 йиллигига бағишланган байрам тадбири бўлиб ўтди. Унда Президент Шавкат Мирзиёев иштирок этиб, халқимизни табриклади.
—
В парке "Янги Узбекистон" состоялись праздничные торжества, посвященные 33-й годовщине государственной независимости Республики Узбекистан. В них принял участие и поздравил наш народ Президент Шавкат Мирзиёев.
#Mirziyoyev #bayram #Mustaqillik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
В парке "Янги Узбекистон" состоялись праздничные торжества, посвященные 33-й годовщине государственной независимости Республики Узбекистан. В них принял участие и поздравил наш народ Президент Шавкат Мирзиёев.
#Mirziyoyev #bayram #Mustaqillik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurovning tuman aholisiga bayram tabrigi
QADRLI TUMANIMIZ AHOLISI, AZIZ VA MUHTARAM YURTDOSHLAR!
Sizning timsolingizda butun xalqimizni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan eng ulug' va eng aziz bayram - mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi bilan chin dildan muborakbod etaman.
Ayni damda o'z taqdirini Vatan taqdiri bilan bog'lagan, shu elda yashab yurtimiz kelajagi, uning taraqqiyoti uchun munosib hissa qo'shib kelayotgan har bir inson qalbida o'zgacha g'urur va iftixor tuyg'ularini his etish mumkin.
Mustaqilligimiz, erkimiz doimo yurtimizga, yurtdoshlarimizga hamroh bo'lsin.
Siz, azizlarni O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayrami bilan yana bir bor qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, oilalaringizga baxt-u saodat, fayz-u baraka tilayman.
Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Sergeli tumani hokimi
Elbek Shukurov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1-OKTABR O'QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN
Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurovning tuman o'qituvchi va murabbiylariga bayram tabrigi
HURMATLI TUMANIMIZ O'QITUVCHI VA MURABBIYLARI!
Ma'lumki, bugungi kunda faqat yuksak bilimli, zamonaviy, mustaqil fikrlaydigan, intellektual rivojlangan va amaliy kasb-hunarlarga ega bo’lgan yoshlargina buyuk kelajakni ta’minlashi mumkin. Ana shunday yetuk mutaxassis yoshni Siz tarbiyalab, voyaga yetkazasiz, Aziz ustozlar!
Barchangizga sog'lik-salomatlik, kuch-quvvat ato etsin! Ilm o'rgatishda sizning sabr-toqatingiz, matonat va fidoyiligingiz, har bir o‘quvchiga bo‘lgan mehr-muhabbatingiz mashaqqatli mehnatdir. Qilayotgan xayrli amallaringiz bardavom bo'lsin!
Hayotda doimo shunday el ardog'ida bo’lib yuring. Yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol etib tarbiyalashdek ma’suliyatli, ammo sharafli kasbingizda ulkan zafarlar tilayman. Faoliyatingizda omad hamrohingiz bo’lsin.
Qadrli ustoz va murabbiylar, bayramingiz muborak bo'lsin!
Sergeli tumani hokimi
Elbek Shukurov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurovning tuman aholisiga bayram tabrigi
QADRLI TUMANIMIZ AHOLISI, AZIZ VA MUHTARAM YURTDOSHLAR!
Maʼlumki, har bir xalqning Vatani, davlati kabi yana bir buyuk, birlamchi boyligi uning ona tili hisoblanadi. Aynan til vositasi odamlar guruhini bir millat sifatida biriktiradi, yaʼni xalqni xalq, millatni millat qiladi.
Sobiq tuzum hukmron boʻlib turgan 1989-yilda Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilishi Istiqlolga erishish yoʻlidagi eng muhim qadam boʻlgandi. Vatanimiz mustaqillikka erishgach ona tilimiz oʻzining haqiqiy oʻrni va mavqeiga ega boʻldi, bebaho tilimizning rivoji yoʻlidagi barcha sunʼiy toʻsiqlar olib tashlandi, Ona tilimiz davlat tomonidan qonun himoyasiga olinib, shu kundan eʼtiboran mamlakatimizda oʻz ona tilida ish yuritish va oʻzaro muloqotlarda oʻzbekona suhbatning erkinligi boshlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qoʻyildi. Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat tili toʻgʻrisida"gi qonunining qabul qilinishi ona tilimizning taraqqiyoti, rivojlanishi hamda oʻziga xos va boy bisotini namoyish etishga keng imkoniyat yaratdi. Oʻz tiliga mehr-muhabbatli inson xalqini, vatanini, milliy qadriyatlarini, madaniy merosini ham eʼzozlaydi.
Vatanimiz mustaqilligining maʼnaviy asoslarini mustahkamlash, xalqimiz, avvalo, yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda oʻzbek tilining ahamiyati tobora ortib borayotir. Davlat hujjatlari, nashrlar, farmonlar, darsliklar ona tilimizda yozila boshladi. Ismlar toʻgʻri yozilib, oʻz egasini ranjitadigan davrlar ortda qoldi.
Aziz yurtdoshlar!
Barchalaringizni bugungi ulugʻ bayram – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi bilan samimiy tabriklayman. Millatimiz ruhini ifoda etuvchi, bizni yuksak maʼnaviyatga, maʼrifatga, madaniyatga, istiqlol-u istiqbolga yetaklovchi, bebaho neʼmatimiz boʻlgan Ona tilimizning rivoji va uni avaylab-asrashdagi masʼuliyatli ishda barchamizga bardavomlik tilayman.
Sergeli tumani hokimi
Elbek Shukurov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TIBBIYOT XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI.
Barchamiz uchun qadrli bo'lgan fidoyi shifokorlar va tibbiyot xodimlari!
Sizlarni yurtimizda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadigan Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan chin dildan tabriklayman!
Aholimizning sog'lom va munosib turmush tarzini ta'minlashda berayotgan beminnat ko'magingiz, ilmingiz va yordamingiz biz uchun doimo qadrlidir.
Sizlarga mustahkam sog'lik, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, kasbiy faoliyatingiz va kelgusi rejalaringizda muvaffaqiyatlar tilayman.
Yana bir bor bayramingiz muborak bo'lsin!
Hurmat bilan, Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov.
✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM