Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
8.34K subscribers
38.4K photos
3.45K videos
20 files
9.73K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Xabarlar #Bolalar_Kutubxonasi

Sergeli tumanida joylashgan shahar Bolalar kutubxonasida “Taʼlimga kiritilgan sarmoya-kelajakka kiritilgan sarmoya” shiori ostida umumtaʼlim maktablarida xorijiy tilni oʻqitish istiqbollari mavzusida oʻquvchi yoshlar bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Xabarlar #Bolalar_Kutubxonasi

Sergeli tumanida joylashgan Bolalar kutubxonasining navbatdagi mehmonlari Olmazor tumani 29-maktab oʻquvchilari boʻldi. Kitobxon oʻquvchilarimiz ishtirokida kutubxonada "Konstitutsiyamiz - bosh qomusimiz" shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Xabarlar
#Bolalar_kutubxonasi

⭐️ Qo'g'irchoq teatri san'ati qadimiy va boy madaniyatimizning tarkibiy qismi bo'lib, o'zining yorqinligi, maftunkorligi bilan ajralib turadi. Bu san'at voqelikni yanada anglashga, bolajonlar qalbini ezgulik bilan band etishga koʻmaklashadi.

📚Kuni kecha Toshkent shahar Bolalar kutubxonasiga "Jayxun" qoʻgʻirchoq teatri badiiy rahbari Mansur Quryozov tashrif buyurdilar. Mehmonimiz tashrif chogʻida kichkintoy kitobxonlarimiz bilan maroqli suhbatlashib, oʻzlarining ijodiy ishlaridan namunalar koʻrsatib, yigʻilganlarni yanada xushnud etdilar. Har lahzada kichkintoylarda ijobiy hissiyotlar, hayajon va hayratlar uyg'ota olishga qodir bunday jonli ijroni boshqa joyda uchrata olmaysiz. Eng muhimi, bu tomoshalar bolalar qalbida yaxshilik, do'stlik, jasurlik, qiyin paytlarda o'zgalarga yordam kabi ko'plab fazilatlar muhrlanishga jonli ta'sir ko'rsata oladi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Xabarlar
#Bolalar_kutubxonasi

⭐️ O'zbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Oʻlmas Umarbekov hayoti va ijodini o'quvchilarga tanishtirish maqsadida Bolalar kutubxonasi xodimlari Sergeli tumanidagi 68-maktabga tashrif buyurib, kitobxon oʻquvchilarning ijodkor ijodi haqidagi bilimlarini sinovdan oʻtkazib, fikr almashishdi.

O‘lmas Umarbekov «Qizimga maktublar» («Mangu hayot bo‘sag‘asida») deb nomlangan so‘nggi publitsistik asarida hayotga, o‘tkinchi umrga chuqur falsafiy nazar tashlovchi, o‘zining va o‘zgalarning hayotiy tajribasi yoritilgan. Hayotning botiniy qatlamlarini chuqur o‘rganish va tahlil etish, inson taqdirida ro‘y bergan ziddiyat va holatlarni, belgilarni umumlashtirish, badiiy tafakkur tarozisiga qo‘yish, lirizmga moyillik, inson xarakterini uning ruhiy holati, histuyg‘ulari orqali ochib berish O‘lmas Umarbekovning ijodiy uslubiga xos xususiyatlardir.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Bolalar_kutubxonasi

🔤urtimiz boʻylab Navroʻzi olam nafasi ufurib, joylarda umumxalq hasharlari boʻlib oʻtmoqda.

🌷oshkent shahar Bolalar kutubxonasi xodimlari ham "Hashar elga yarashar" shiori ostida oʻz ishlarini boshlab yuborishdi. Xodimlar tomonidan daraxtlarni oqlab, koʻcha oʻrindiqlariga rang berildi.

✍️ Sergeli tumani hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Bolalar_kutubxonasi

Bugun Toshkent shahar Bolalar kutubxonasida osuda yurtimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan "Bir boʻlsak - yagona xalqmiz, birlashsak - vatanmiz" shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirga tashrif buyurgan bolajonlar kun davomida kutubxonamizda jahon va oʻzbek adabiyotining eng sara namunalari bilan tanishish va tadbirimizda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldilar. Tadbir mehmonlari elimiz suygan aktyor, boshlovchi, Axror Qoʻshmatov hamda qoʻshiqlari barchamizning qalbimizdan joy egallagan xushovoz xonanda Sardor Bekmurodovlar boʻlib, tadbir davomida Sergeli tuman 55 va 301-maktabning kitobxon oʻquvchilari tomonidan mustaqillik haqida she'r-u qoʻshiqlar ijro etildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM