Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
8.26K subscribers
38.4K photos
3.45K videos
20 files
9.75K links
Download Telegram
🇺🇿 #Xabarlar #21_Oktabr

21 - oktabr O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.

Ma'lumki, dunyodagi barcha xalqlar va millatlarning madaniy o'zagi va asosiy muloqot manbai bu ularning milliy tili hisoblanadi.
Shunday ekan har bir tilning saqlanishi hamda yosh avlodga yetkazilishi, xalq taraqqiyoti va uning kelajagini belgilaydi.
Birgina til ko'plab xalqlarni o'zaro birlashtiradi, tarbiyalaydi, o'qitadi, urf-odat, an'ana va madaniyatlarini saqlaydi, uni avloddan avlodga o'tishini ta'minlaydi.

1989-yil 21-oktabrda O'zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilindi.
Ushbu Qonun tom ma'noda xalqimizning mustaqillik uchun qo'yilgan dastlabki qadami bo'ldi.
Mazkur Qonunning 1-moddasi va Bosh Qomusimizning 4-moddasida “O'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tili” ekanligi va O'zbekiston Respublikasi o'z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlanishi ham belgilab qo'yildi.

O'zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi o'z navbatida, xalqimizning asriy orzusi bo'lgan milliy mustaqillikka erishish yo'lidagi muhim siljishlardan biri bo'ldi.
Shu tariqa, ona tilimizning bor go'zalligi va jozibasini to'la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ayni kunlarda yurtimiz bo'ylab “Yashil makon” loyihasi doirasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari mehnat jamoalari ham faol ishtirok etayotganligi quvonarlidir.

🔰Jumladan, poytaxtimizning Sergeli tumanidagi "Xumo" nomli 599-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlari o'z tarbiyalanuvchilari bilan birgalikda "Yashil makon" loyihasi doirasida tashkilot hududiga manzarali daraxt ko'chatlari o'tqazdilar.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 https://t.iss.one/ToshkentshaharXTBB
🇺🇿 #Xabarlar #Yashil_Makon

🗺 "Quruvchilar" MFY

🌳Tumanimizni "Yashil makon" ga aylanishida yosh-u qari sa'y-harakatlari bilan o'z hissasini qo'shmoqda.

🌿Bu kabi xayrli ishlarimiz davom etadi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Xabarlar

21-oktabr — O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sana munosabati bilan joylarda tadbirlar davom etmoqda.

Jumladan, davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ham “Til bayrami” ko'tarinki ruhda nishonlanmoqda. Kuni kecha Sergeli tumanidagi 565-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Ona-tilim — jonu dilim!" shiori ostida o'tkazilgan tadbirda jajji o'g'il-qizlar faol ishtirok etishdi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Xabarlar #Hokim_qabuli

Bugun, 21-oktabr kuni "Eski Jaloyir" mahalla idorasida tuman hokimining sayyor qabuli tashkil etildi.

🖋 Qabul davomida 20 nafar fuqarolar ishtirok etishdi. Shuningdek, Toshkent shahar hokim o'rinbosari N.Umarova, tuman hokimi E.Shukurov, hokim o'rinbosarlari, tegishli mutasaddi xodimlar tomonidan aholining barcha yo'nalishdagi muammolari atroflicha o'rganilib, hal etish yuzasidan kerakli topshiriqlar berildi.

Qabuldagi murojaatlar va ularning yechimlari haqida navbatdagi lavhalarda batafsil ma'lumot beriladi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM