Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
7.95K subscribers
39K photos
3.5K videos
20 files
9.94K links
Download Telegram
🇺🇿 #Xabarlar #Tibbiyot

Sergeli tumani faollari Milliy tibbiyot markazida bo‘ldilar

Bugun barcha tumanlar qatori Sergeli tumanidagi mahalla raislari, nuroniylar, mahalladagi yoshlar yetakchilari, mahalla faollari Yashnobod tumanida qad rostlagan - O‘zbekistondagi eng yirik va zamonaviy Milliy tibbiyot markazidagi shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

👁Shifo maskani hududi 4 gektardan ortiq. Jami bir yarim ming kvadrat metr maydonga ega 7 ta bino barpo etilgan. Qurilish va jihozlashda xorijning ilg‘or tajribasiga tayanilgan. Shu bois arxitekturasi mukammal. Shoshilinch yordam, reanimatsiya, infeksiyali holatlar - barchasi inobatga olingan.

🔺Milliy tibbiyot markazi, boshqa shifoxonalardan farqli ravishda, universal. Bu yerda jarrohlik, urologiya, transplantologiya, travmatologiya-ortopediya, ginekologiya, kardioxirurgiya, nefrologiya, kardiologiya, endokrinologiya, kardiorevmatologiya, stomatologiya va boshqa bo‘limlar tashkil etilgan. Jami 169 turdagi mingtadan ko‘p ilg‘or tibbiy asbob-uskunalar o‘rnatilgan.

🔄 Markaz 500 o‘ringa mo‘ljallangan. Ambulator va statsionar tartibda 200 dan ortiq tibbiy xizmat ko‘rsatiladi. Yiliga uch mingdan ziyod, jumladan, aorta-koronar shuntlash, estetik-plastik xirurgiya, artroplastika, organ va to‘qimalarni ko‘chirib o‘tkazish kabi yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini bajarish quvvati mavjud. Markazda mamlakatimizning olis hududlaridagi bemorlarga masofadan tashxis qo‘yish, davolash imkoniyati yaratilmoqda.

💬Ma’lumotlarga qaraganda muassasa faoliyatida Germaniya, Turkiya, Janubiy Koreya kabi davlatlarning yetakchi klinikalari bilan hamkorlik qilinadi. Chet ellik shifokorlar, o‘zimizning xorijda malaka oshirgan mutaxassislarimizdan iborat jamoa – 250 nafar shifokor, 500 nafar o‘rta tibbiyot xodimi faoliyat olib boradi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
September 8, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Xabarlar

Sergeli tumani hokimligi vakillari tomonidan tuman bo'ylab noqonuniy qurilmalar joylashgan obyektlar o'rganilib tozalanmoqda. Bu bir tomondan tumanimizning hududlarining obodonligi yanada oshishiga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan aholi yashash joylarida tirbandliklar bartaraf etilib, bir qator qulayliklarni yaratmoqda.

📹 Batafsil lavhamizda

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
September 8, 2023
September 8, 2023
Forwarded from Huquqiy axborot
September 8, 2023
🇺🇿 #Xabarlar #Tadbirkorlik

Bugun tuman hokimligi binosida "Sergeli tumanini 2023-2025-yillarga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi"ni ishlab chiqish bo'yicha tuman hokimining tadbirkorlar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

💬 Tadbirkorlarning taklif va loyihalari taqdimotlari tashkil etilib, eng sara loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar belgilandi. 

🔺Agar siz ham yangi loyihalaringizni davlat ko‘magida amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz, biz bilan bog‘lanishingiz va ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun telefonlar:

+99890 3491116 Doston Sharopov
+99898 3691713 Elyor Fatxullayev

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
September 8, 2023
September 8, 2023
September 8, 2023