Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
8.36K subscribers
38.3K photos
3.44K videos
20 files
9.72K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Info_grafika
#Natija_2022
#Yoshlar

📌Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha:


✅️Joriy yilda madaniyat, san’at, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda 2 568 ta turli tadbirlar o‘tkazildi va ularga 55 210 nafar yoshlar, harbiy vatanparvarlik yo‘nalishida 314 ta tadbirda 14 130 nafar yoshlar, sport yo‘nalishdagi 2 702 ta musobaqalarda esa 31 490 nafar yoshlar qamrab olindi.

✨️Tumanda haftaning shanba-yakshanba kunlari mahallalardagi ochiq maydon va sayilgohlarda “Sergeli yoshlarni sevadi” shiori ostida yoshlar shou-konsertlarini o‘tkazish an’anaga aylangan. Joriy yilda
13 ta mahallada mazkur festival o‘tkazilib, 28 200 nafar yoshlar qamrab olingan.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram | Facebook | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Natija_2022
#UzAutoMotors

🇺🇿Mamlakatimizda avtomobil sanoatida yangi bosqich boshlandi. O'tgan haftada UzAuto Motors Powertrain zavodida yangi turdagi CSS Prime turbo dvigatellarini ishlab chiqarish liniyasi ishga tushgan edi. Marosimda tuman hokimi Elbek Shukurov ham ishtirok etdi.

🚘Ushbu dvigatellar to'liq UzAuto Motors Powertrain zavodi hududida yig'iladi. Yuqori ishlab chiqarish qobiliyatli, kam yoqilg'i sarfi uning asosiy xususiyatlaridan biri. Yangi liniya Fransiya, Germaniya, Xitoy va Koreya yetakchi ishlab chiqaruvchilarining zamonaviy texnikalari bilan jihozlangan.

💠Bugungi kunda ushbu zavod MDHda ichki yonuv dvigatellarini ishlab chiqaruvchi yagona zavoddir.

✅️Shuningdek, O'zbekistonda sanoat chiqindi suvlarini teskari osmos usulida chuqur tozalash tizimidan foydalanadigan bitta-yu bitta zavoddir.

👥️️Ayni paytda zavodda 1300 nafarga yaqin xodim mehnat qilmoqda.

🤝Zavod faoliyatiga bundan-da yuqori marralarni tilaymiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram | Facebook | Website
#Info_grafika
#Natija_2022

✅️Sergeli tumanida 11 oy davomida 2761 nafar xotin-qizlar bandligi ta'minlandi. Ularning 587 nafari doimiy ishga, 120 nafari jamoat ishlariga jalb etildi, 171 nafari kasb-hunarga o'qitildi, 262 nafariga subsidiyalar berildi va 50 nafari tadbirkorlik faoliyatini boshladi. 826 nafar xotin-qizlar o'zini-o'zi band qilish orqali ish bilan ta'minlandi.

💳Shuningdek, 447 nafar xotin-qizlarga tumandagi tijorat banklari tomonidan 10 mlrd 392 mln so'm kredit ajratildi.
___

На протяжении 11 месяцев в Сергелийском районе были трудоустроены 2761 безработных женщин. Из них 587 были трудоустроены на постоянной основе, 120 привлечены к общественным работам, 171 прошли обучение по профессиям, 262 получили субсидии и 50 начали вести бизнес. 862 женщин были зарегистрированы как самозанятые лица.

💳Также коммерческими банками района был выделен кредит в разных направлениях в сумме 10 млрд. 392 млн. женщинам, изъявившим желание заниматься бизнесом.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati