Xotin-qizlar o‘rtasida "Zakovat" intellektual turniriga yakka tartibda ro‘yxatdan o‘ting!
Agar siz "Zakovat" intellektual turnirida qatnashishni istasangiz, lekin jamoangiz bo‘lmasa, yakka tartibda ro‘yxatdan o‘tib, o‘z jamoangizga ega bo‘lishingiz mumkin!
Turnir O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi barcha xotin-qizlardan tashkil topgan jamoalar o‘rtasida o‘tkaziladi.
Hududiy bosqich 22-fevral kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Yakka tartibda ro‘yxatdan o‘tish uchun:
Jamoaviy tartibda qatnashmoqchi bo‘lganlar uchun har bir jamoa a’zosi alohida ID raqamga ega bo‘lishi lozim. Sizni jamoaga birlashtirish uchun hududiy koordinatorlar aloqaga chiqishi mumkin.
Aql va bilim bellashuviga tayyormisiz?
Unda ro‘yxatdan o‘ting va intellektual turnirda o‘z bilimingizni sinab ko‘ring!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sergeli tumani hokimligida ta'lim tizimiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Bugun tuman hokimi Elbek Shukurov boshchiligida ta'lim tizimiga bag‘ishlangan muhim yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tuman hokimi o‘rinbosarlari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri hamda umumta’lim maktablari direktorlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida maktabgacha va maktab ta’limi tizimida o'tgan davrda erishilgan yutuqlar, ta'lim sifati, tajribalarning samarasi, mavjud muammolar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularning yechimlariga qaratilgan muhokamalar o‘tkazildi. Kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, Sergeli tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Avaz Mamajonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan samimiy qutlanib, unga ezgu tilaklar bildirildi.
Yig‘ilishda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga shu kunga qadar 68-maktab direktori lavozimida faoliyat yuritgan Nuriddin Jabborov tayinlanganligi e’lon qilindi.
✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sergeli tumanida aholi muammolarini hal etish va ijtimoiy obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
Bugun Respublika ishchi guruhi Sergeli tumani "Yangi Sergeli", "Farog'atli", "Keng makon" mahallalarida bo‘lib, “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish doirasida aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, shuningdek, ishsizlikni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni muhokama qildi.
O'rganish davomida mahalla aholisi bilan xonadonlarda uchrashuv o‘tkazilib, muammolarni mahalliy darajada hal etish masalalarida hamkorlik yo‘nalishida suhbatlashildi.
Shundan so‘ng hududdagi tadbirkor ayollar faoliyati o‘rganildi. Shu maqsadda xususiy tadbirkorlik obyektlarida bo'lib, mavjud sharoitlar bilan tanishildi.
✍️ Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 Website