Tumandagi noqonuniy qurilmalar bartaraf etilmoqda
Tahlillarga ko‘ra, noqonuniy qurilmalar ko‘p hollarda piyodalar yo‘laklarini egallab, transport vositalarining erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qilgan. Shu sababli, tegishli idoralar tomonidan ushbu obyektlarni o‘rganish, hujjatlarni tahlil qilish va qonuniy chora ko‘rish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.
Mazkur chora-tadbirlar natijasida Sergeli tumanining umumiy ko‘rinishi yaxshilanib, hudud obodonligi yanada oshishi kutilmoqda. Shu bilan birga, aholining yashash joylarida tirbandliklar kamayib, ularga qulay va xavfsiz sharoitlar yaratilmoqda.
Tadbirkorlar va aholini qonuniy me’yorlarga rioya qilishga chaqirib, barcha qurilish va tadbirkorlik faoliyatlari belgilangan tartibda olib borilishi lozimligini eslatib o'tamiiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Milliy liboslar – millat ko‘rki!
Mustaqil O‘zbekistonimiz, birinchi navbatda, o‘zining yuksak madaniyati va ma’naviyati bilan kuchlidir. Yaxshi xulq va barkamol axloqning shakllanishida "Vatan" deb ataluvchi muqaddas maskan bilan uning jonli va jonsiz xilqati, quyoshi, havosi va ko‘z ochgan buloqlari bilan hamnafas bo‘lish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shundan kelib chiqib, milliy urf-odat va an’analarni yoshlar ongiga singdirish, axloqiy fazilatlarni millat ravnaqi uchun xizmat qildirish, yoshlarda milliy qadriyatlarni shakllantirish va ularning ongida shu qadriyatlarga mas’uliyat hissini uyg‘otish maqsadida Toshkent Amaliy fanlar universitetida milliy liboslar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Biz – Giyohvandlikka qarshimiz!
Giyohvandlik -hozirgi kunda butun dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan eng katta muammolardan biri –hisoblanadi.
Giyohvandlikning yetkazadigan zarari son-sanoqsiz. Unga mubtalo bo‘lgan kimsada avvalo o‘ziga va oilasiga nisbatan qiziqish qolmaydi.
Joriy yilning 31-yanvar kuni Toshkent shahar Sergeli tumani 301-umumtaʼlim maktabida Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Sergeli tuman bo'limi rahbari G.Xudayberganova, Tuman vrach-narkologi V.Davronov ishtirokida maktabning 9-11-sinf o'quvchilari bilan davra suhbati oʻtkazildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi
Tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan xotin-qizlar bandligini ta’minlash va kasb-hunarga jalb qilish maqsadida tumandagi «Madadkor» mahallasida "Mehnatdan kelsa boylik – turmush bo‘lar chiroylik" shiori ostida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Tadbir tuman bandlikka ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Yarmarkada Toshkent shahridagi 12 ta tumandagi 24 mingta bo‘sh ish o‘rinlari bilan tuman bandlikka ko‘maklashish markazi hamda Sergeli tumanida faoliyat yuritayotgan 11-sonli Oilaviy poliklinika, "Barakat Alfa" MChJ, Sergeli tumani Obodonlashtirish boshqarmasi, "Uztex" MChJ, "Jetaur" avtosaloni, 10-sonli Oilaviy poliklinika kabi tashkilotlar jami 45 ta bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi.
Natijada, 27 nafar xotin-qizga ishga joylashish va kasb-hunarga o‘qitish borasida yo‘llanmalar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM