Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
8.25K subscribers
38.5K photos
3.46K videos
20 files
9.77K links
Download Telegram
🇺🇿#Sayyor_qabul

"Xontepa" mahallasida fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqildi

"Xontepa" mahallasida tuman hokimi Elbek Shukurovning navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Ushbu qabulda mahalla aholisining turli masalalardagi murojaatlari tinglandi. Jumladan, fuqarolar ijtimoiy yordam, infratuzilma muammolari, bandlik masalalari va tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan o‘z murojaatlarini bildirishdi.

Qabul davomida 10 dan ortiq murojaat ko‘rib chiqilib, ularning aksariyatiga joyida yechim topildi. Ayrim murojaatlar esa qo‘shimcha o‘rganishni talab qilganligi bois, mas’ul rahbarlarga topshiriqlar berildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Yoshlar

Toshkentda yoshlar bilan ishlashga oid yangi takliflar muhokama qilindi

Bugun Sergeli tumani hududida joylashgan bolalar kutubxonasida yoshlar muammolari va takliflarini o‘rganish, shuningdek, 2025-yilda Toshkent shahrida yoshlar siyosati sohasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda tumandagi iqtidorli yosh tadbirkorlar, yosh olimlar va boshqa sohalarda mehnat qilayotgan hamda ta’lim olayotgan yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuvda Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Durdona Rahimova qatnashib, yoshlar bilan ishlash, maktablarda ta’lim sifatini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda kasb-hunar o‘rgatish bilan bog‘liq muhim g‘oyalar va takliflarni muhokama qildi.

Yig‘ilish davomida bildirgan takliflarning Toshkent shahrida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etishi va ular kelgusida yoshlar bilan ishlashda foydalanilishi ta’kidlandi.

🇺🇿#Quvayt_Ózbekiston
#Hamkorlik

🇺🇿🇰🇼Sergeli tumani delegatsiyasining Quvaytdagi muzokaralari: Yangi loyiha va hamkorlik imkoniyatlari

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov va tuman hokimining investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Mels Toshov Quvayt davlatida rasmiy tashrif bilan bo'lib turibdi.

Mazkur tashrif davomida IT va qurilish sohalarida hamkorlik qilish bo‘yicha Quvaytlik mutaxassislar, jumladan, Nabeel M.Alobaidi bilan muzokaralar olib borildi. Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan sohaga oid siyosat, soliq imtiyozlari, qonunchilikdagi talablar va investorlarga taqdim etiladigan barcha imkoniyatlar to‘liq taqdimot qilindi.

Ushbu tashrif doirasida bir qator yangi loyihalar muhokama qilinib, kelgusida O‘zbekiston va Quvayt davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga asos bo‘luvchi kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Quvayt_Ózbekiston
#Hamkorlik

🇺🇿🇰🇼O‘zbekiston va Quvayt hamkorligi: Sergeli tumani loyiha taqdimoti va kelgusi rejalar

O‘zbekistonning Quvaytdagi elchisi janob Ayubxon Yunosov va Quvayt oilasi vakili ishtirokida savdo, sanoat, restoran va mehmonxona xizmatlarini rivojlantirishga qaratilgan muzokaralar o‘tkazildi. Ushbu uchrashuv davomida Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov boshchiligidagi delegatsiya tomonidan tumanda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar taqdim etildi.

Taqdimot davomida Sergeli hududida yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish, savdo va mehmonxona infratuzilmasini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Quvaytlik investorlar O‘zbekistonning bu boradagi imtiyozlari, davlat siyosati, soliqqa oid yengilliklar va hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Muzokaralar natijasida Quvayt oilasi vakili kelgusida Toshkent shahriga tashrif buyurishlari hamda Sergeli tumanidagi loyihalarni joyida ko‘rib chiqishlari kelishib olindi. Muzokaralarning keyingi bosqichi Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirildi, bu esa O‘zbekiston va Quvayt davlatlari o‘rtasidagi investitsion aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bu uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish va Toshkent shahrining investitsion jozibadorligini keng targ‘ib qilish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM