Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
8.21K subscribers
38.5K photos
3.46K videos
20 files
9.77K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mukammal, foydali, muhim...

Avval xabar berganimizdek, Davlat boshqaruv akademiyasida “Xotin-qizlar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentshahar_oilavaxotinqizlar
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumanida "Xavfsiz va sog‘lom poytaxt" tadbirlari samarali tashkil etildi

Sergeli tumani IIO FMB HPB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari tomonidan Sergeli tumani hududi miqyosida "Xavfsiz va sog‘lom poytaxt" maxsus tezkor-profilaktik kompleks tadbirlari yuzasidan bir qator samarali ishlar amalga oshirildi.
Shuningdek, tuman kesimida kriminalogen vaziyat barqarorligini ta’minlash, jinoyatlarni aniqlash, tezkor-profilaktik tadbirlarni jadallashtirish, mahallalarda faoliyat olib borayotgan "yettilik" hamda mahalla imomlarini jalb qilgan holda har-bir xonadonni o‘rganilib, xotin-qizlar bilan profilaktik suhbatlar olib borildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumanida yangi yo‘l qurilishi boshlandi

Sergeli tumanida "Yangi Qo‘shnilar" turar-joy majmuasining qurilishi bilan bog‘liq ravishda, tuman hokimligi tomonidan aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida yangi yo‘l qurilishi boshlanganini ma’lum qilgan edi. Ushbu bayonotda, yangi yo‘l qurilishi va asfalt qoplamalari tashkil etilishi haqida batafsil ma’lumot berilgan edi.

Shu kunlarda, amaliy ishlar to‘liq boshlandi. Asfalt yo‘l qurilishi, piyodalar yo‘laklarini tashkil etish va hududdagi infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha jadal harakatlar olib borilmoqda. Bu ishlar, ayniqsa, maktabga qatnaydigan bolalar uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Aholining murojaatlari va ehtiyojlari inobatga olingan holda, hokimlik barcha masalalarga tezkor va samarali yechimlar topishga harakat qilmoqda. Bu ishlar yakunlangach, yangi yo‘l va infratuzilma aholining hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumanida yoshlar o'rtasida kitobxonlik tadbirlari o'tkazilmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-sonli qarori ijrosi doirasida, Sergeli tumani "Nilufar" mahallasidagi kitobxon yoshlar tomonidan Sa’dullo Quronovning "Galaktikada bir kun" asari muhokama qilindi.

Tadbirda yoshlar milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi adras va atlas liboslarda hamda o‘zbek do‘ppisi bilan ishtirok etishdi. Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash va kitobga bo‘lgan mehrini oshirishdan iborat.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sergeli tumani Eshonbuloq MFYda sayyor qabul tashkil etildi

2025-yil 22-yanvar kuni Toshkent shahar Sergeli tumani Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi va Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan Eshonbuloq mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida 8 nafar fuqaroning kadastr va meros ishlari bo‘yicha yechimini topa olmayotgan muammolari ko‘rib chiqildi. Mutaxassislar har bir murojaat bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartib va huquqiy yechimlar bo‘yicha batafsil maslahatlar berdilar.

Ushbu qabul fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirish va ularga o‘z vaqtida amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar #Inson

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi: 100 dan ortiq yordam va xizmatlar


Sergeli tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 100 dan ortiq turdagi xizmatlarni amalga oshirmoqda. Markazning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

Moddiy yordam va moliyaviy ko‘mak: kam ta’minlangan oilalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni moddiy yordam va subsidiya bilan ta’minlash.

Tibbiy xizmatlar va qo‘llab-quvvatlash: bepul tibbiy ko‘riklar, nogironlik reabilitatsiyasi va surunkali kasalliklarga chalinganlarga dori-darmon yetkazib berish.

Psixologik yordam: stress va oilaviy muammolarga duch kelganlarga maslahat berish hamda maxsus psixologik dasturlarni amalga oshirish.

Ijtimoiy moslashuv va bandlik: ishsiz fuqarolarni band qilish, nogironlar uchun maxsus ish o‘rinlari tashkil etish.

Oilalarni qo‘llab-quvvatlash: farzandli oilalarga parvarish puli ajratish hamda oilaviy zo‘ravonlik qurbonlariga yordam ko‘rsatish.

Markazning mazkur xizmatlari aholining hayot sifatini yaxshilash va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun markazga murojaat qilishingiz mumkin.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM