Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
8.33K subscribers
38.4K photos
3.45K videos
20 files
9.73K links
Download Telegram
🇺🇿#Xabarlar
#Tibbiy_kórik

Sergeli tumani hokimligi xodimlari uchun tibbiy ko'rik tashkil etildi


Davlat xizmatchilari salomatligini mustahkamlash maqsadida bugun, 22-yanvar kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Toshkent shahar filiali va Toshkent shahar SSBB tashabbusi bilan Sergeli tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari ishtirokida hokimlik xodimlari uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Hokimlik xodimlari turli yo‘nalishdagi tor mutaxassislar: okulist, nevropatolog, xirurg, LOR, ginekolog, urolog, terapevt, endokrinolog, kardiolog ko‘rigidan o‘tkazildi. Shuningdek, EKG, UTT va laborator qon tahlillari tashkil etildi.

Tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, xodimlarga salomatligi to‘g‘risidagi xulosalar, shuningdek, chuqurlashtirilgan ko‘rik uchun yo‘llanmalar berildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

📝Фуқаролар динга муносабатидан қатъи назар қонун олдида тенгдир.

🌐 Чет эл фуқаролари ва фуқаролиги бўлмаган шахслар Ўзбекистон фуқаролари билан тенг равишда виждон эркинлиги ва динга эътиқод қилиш эркинлиги ҳуқуқидан фойдаланади.

🚫 Расмий ҳужжатларда фуқароларнинг динга нисбатан муносабатини кўрсатишга йўл қўйилмайди.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Президент Шавкат Мирзиёев олий таълим ва илм-фан соҳасидаги устувор вазифаларга оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о приоритетных задачах в области высшего образования и науки.

#Mirziyoyev #taqdimot #oliytalim #ilmfan

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Rasmiy_munosabat

Sergeli tumani hokimligi rasmiy bayonoti

Sergeli tumani "Yuqori Darxon" mahallasi hududida joylashgan metro bekati yaqinida, mazkur mahallaga tutash "Junariq" mahallasida 2022-yildan boshlab "Yangi Qo‘shnilar" turar-joy majmuasi qurilishi boshlangani munosabati bilan vaqtinchalik transport yo‘llari tashkil etilgan edi. Jumladan, qurilish ob’ektiga yuk mashinalarining kirishi uchun "Junariq" mahallasidagi aholi hududi orqali harakatlanish imkoni bo‘lmaganligi sababli, metro stansiyasi yonida yuk mashinalari uchun yo‘l qurilgan.

Mazkur yo‘l "Junariq" va "Yuqori Darxon" mahallalari orasidan o‘tuvchi "Salar" kanaliga vaqtinchalik ko‘prik o‘rnatish orqali tashkil etilgan edi. Ushbu yo‘ldan 2024-yilning oxirida “Yangi Qo‘shnilar” turar-joy majmuasining qurilishi yakunlanib, kompleksda 1400 ga yaqin xonadon barpo etilgunga qadar foydalanilgan. Joriy yilda ushbu xonadonlarga aholining 30 foizi ko‘chib kelgan bo‘lib, ular orasida farzandlarini umumta’lim maktabiga joylashtirish ehtiyoji yuzaga kelgan.

Yaqin atrofda umumta’lim maktabining yo‘qligi sababli, mazkur hududdagi bolalar mazkur yo‘ldan foydalanib, Yuqori Darxon mahallasidagi 76-sonli maktabga qatnay boshlagan. Bugungi kunda mazkur turar-joy majmuasidan 28 nafar o‘quvchi ushbu maktabga qatnamoqda.

Aholining murojaatlarini inobatga olgan holda, tuman hokimligi tomonidan “Yangi Qo‘shnilar” turar-joy majmuasidan 76-sonli maktabgacha bo‘lgan yangi yo‘l qurilishi bo‘yicha ishlar boshlandi. Ushbu yo‘l sifatli asfalt qoplamasi bilan qoplanib, o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash uchun piyodalar yo‘lagi ham quriladi.

Hokimlik aholi uchun yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi va tushunish bilan yondashganliklari uchun minnatdorchilik bildiradi. Shuningdek, ushbu masala yoritilishida ko‘mak bergan Daryo.uz sayti muxbirlariga ham o‘z minnatdorchiligimizni izhor etamiz.


✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Bolalar masalalari bo‘yicha Sergeli tuman komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Mazkur yig‘ilishda tuman komissiyasi raisi, Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov rahbarligida komissiya a‘zolari ishtirok etishdi. Shuningdek, yig‘ilishga maktab direktorlari va maktablarda o‘quvchilar o‘rtasida ichki tartib qoidalariga rioya qilish uchun mas‘ul bo‘lgan Milliy gvardiyaning psixolog-inspektorlari ham taklif etildi.

Yig‘ilishda 2024-2025 o‘quv yili davomida o‘quvchi yoshlarning dars mashg‘ulotlariga muntazam qatnashishini ta‘minlash masalalari muhokama qilindi. Jumladan, darslarga kelmayotgan o‘quvchilarni dars mashg‘ulotlariga qaytarish uchun zarur choralar ko‘rish, ularning ota-onalari bilan doimiy suhbatlar olib borish bo‘yicha mas‘ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari, mahalla yettiligi a‘zolariga ham o‘quvchilarni maktabga jalb qilish bo‘yicha targ‘ibot va tushuntirish ishlarini kuchaytirish topshirig‘i berildi. Yig‘ilishda o‘quvchi yoshlarni ta‘limga jalb etishda mahalla va maktab o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilindi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM