Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
8.19K subscribers
38.5K photos
3.46K videos
20 files
9.79K links
Download Telegram
🇺🇿#Qor_tozalash_ishlari

Tumanda qor tozalash ishlari samarali tashkil etilmoqda


Tuman hokimligi va tegishli tashkilotlar qishki ob-havo sharoitida obodonlashtirish va xavfsizlik ishlarini faol olib bormoqda.

📍Ko‘rilayotgan chora-tadbirlar:

❄️Ko‘p qavatli uylar atrofini qordan tozalash va qum-tuz aralashmasi sepish ishlari;

❄️Avtomobil yo‘llari, piyodalar yo‘laklari va jamoat joylarini muntazam tozalash;

❄️Maxsus texnikalar yordamida kun-u tun xizmat ko‘rsatish;

Hurmatli tumandoshlar! Sizlardan ehtiyotkorlik va ijtimoiy qoidalarga rioya qilishingizni so'raymiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Qor_tozalash

Sergelida jamoat joylarida ishlar davom etmoqda

Sergeli tumanida bozorlar, banklar va bankomatlar atrofida qor tozalash ishlari tizimli ravishda tashkil etilgan. Fuqarolarning harakatini yengillashtirish maqsadida yo‘laklar xavfsiz holatga keltirilmoqda.

Bozorlar: Kirish joylari va savdo maydonlari qordan tozalanib, qulaylik yaratilmoqda.

Banklar va bankomatlar: Piyodalar yo‘laklari muntazam tozalanib, sirpanishga qarshi qum-tuz aralashmasi sepilmoqda.

📍Tuman hokimligi qor tozalash va obodonlashtirish ishlari muntazam davom ettirilishini ma'lum qiladi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Qor_tozalash

Sergeli tumanida ijtimoiy soha obyektlarida qor tozalash ishlari davom etmoqda

Sergeli tumanida bolalar bog‘chalari, maktablar va poliklinikalar atrofidagi yo‘laklar muntazam qordan tozalanmoqda. Ushbu ishlar aholiga qulaylik yaratish va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Asosiy amalga oshirilayotgan ishlar:

Maktab va maktabgacha ta'lim muassasalarida yo‘laklarini tozalash;

Poliklinikalar atrofini xavfsiz holatga keltirish;

Qum-tuz aralashmasi sepish orqali sirpanish xavfini kamaytirish.

Bu kabi sa’y-harakatlar mahalliy aholi va jamoatchilik uchun yanada qulay muhit yaratishga qaratilgan!

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Qor_tozalash

Obodonlashtirish xodimlari – sovuq qish kunlarining fidoyi qahramonlari!

Qishning sovuq va qorli kunlarida ko‘chalarda xavfsizlik va qulaylikni ta’minlash uchun tinimsiz mehnat qilayotgan obodonlashtirish xodimlari alohida ehtiromga loyiqdir! Bugungi -7 darajali sovuqda ular shahar ko‘chalarini qordan tozalab, sirpanishlarning oldini olish uchun qum va tuz sepish ishlarini amalga oshirmoqda.

Aholi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida xodimlar nafaqat asosiy yo‘llarni, balki avtobus bekatlari va piyodalar yo‘laklarini ham tozalab, ulardan xavfsiz foydalanishni ta’minlash uchun tun-u kun xizmatda bo‘lishmoqda. Ularning mehnati og‘ir va mas’uliyatli bo‘lsa-da, bu fidoyilik ko‘pchilikning kundalik hayotini yengillashtirishga xizmat qilmoqda.

Shunday ekan, ularning fidokorona mehnatini qadrlash – barchamizning insoniylik burchimizdir!

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM