Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
8.8K subscribers
38K photos
3.41K videos
20 files
9.57K links
Download Telegram
🇺🇿#Xabarlar

Mehr va e’tibor: Maxsus bog‘cha tarbiyalanuvchilariga bayram tuhfalari

3-dekabr – "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan Sergeli tumanidagi 46-sonli maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotida xayriya tadbiri tashkil etildi. Bayramona muhitda o‘tgan ushbu tadbir bolajonlarning quvonchiga sabab bo‘ldi.

Tadbir davomida bolalar uchun musiqali chiqishlar, o‘yinlar va boshqa ko‘ngilochar dasturlar tashkil qilindi. Tashkilotchilar tomonidan har bir tarbiyalanuvchiga maxsus sovg‘alar va qiziqarli o‘yinchoqlar topshirilib, ularga quvonch ulashildi.

Mazkur tadbir jamiyatda mehr va e’tibor muhimligini yana bir bor namoyish etib, kelajagimiz bo‘lgan bolalarga o‘ziga xos bayram tuhfasi sifatida taqdim etildi. Tadbir ishtirokchilari bolalar tabassumini eng katta mukofot sifatida baholadilar.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumanida “Gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” aksiyasi doirasida ma’naviy tadbir o‘tkazildi

Sergeli tumani hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Jo‘raeva boshchiligida, Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat texnikumida o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan birgalikda “Gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” aksiyasi doirasida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz”, “Biz oilada va jamiyatda gender zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida ma’naviy, ma’rifiy va madaniy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda texnikum o‘quvchilari o‘zlarining jinoyatchilikka qarshi ekanliklarini aks ettirgan suratlar va sahna ko‘rinishlari bilan ishtirok etdilar. Shuningdek, ular har qanday zo‘ravonlik turlariga qarshi ekanliklarini o‘z fikr va mulohazalarida bildirdilar.

Tadbir so‘ngida Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Jo‘raeva har qanday huquqbuzarlik va jinoyat sodir etilishining oldini olishda har bir shaxs mas’ul ekanligini ta’kidlab, loqaydlikka yo‘l qo‘ymaslik va hududdagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligiga barcha fuqarolar o‘z hissasini qo‘shishlari kerakligini ta'kidlab o‘tdi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Milliy kinologiya markazi ! 🐾

🦮Milliy kinologiya markazi itlarning turli xil zotlari bilan tanishish, ularni parvarishlash, buyruqlarga o‘rgatish va mutaxassislardan professional maslahat olish imkonini yaratmoqda.

Xizmat itlarining hayoti va ularning tayyorgarlik jarayonlari haqida bilib olishni istasangiz poytaxtning eng do‘stona maskani haqidagi videomaterialimizni tomosha qiling .



Национальный кинологический центр! 🐾

🦮Национальный кинологический центр предоставляет возможность познакомиться с различными породами собак, ухаживать за ними, обучать их командам и получать профессиональные консультации от специалистов.

Если вы хотите узнать о жизни служебных собак и процессах их подготовки, посмотрите наш видеоматериал о самом дружелюбном месте столицы.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#DIQQAT_ELON

SERGELI TUMANINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Joriy yilning, 4-11-dekabr kunlari Toshkent shahar Sergeli tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 259-son Qaroriga asosan Sergeli tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta`minlovchi 110/35/10 kV kuchlanishli «Teplichnaya» podstansiyasida modernizatsiya dasturi doirasida maʼnan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish ishlarini xavfsiz olib borish hamda yuklamani teng taqsimlash maqsadida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli elektr ta`minotida uzilishlar kuzatiladi.

Sergeli tumanining: «Nomdanak», «Sultonobod», «Xonobod», «Xonobodtepa», «Xontepa», «Eski Jaloyir», «Koʻxnaqumariq», «Ziyolilar», «Eshonbuloq», «Izzatli», «Sadoqat», «Shukrona», «Xalqobod», «Madaniyat», «Qushqo`rg`on», «Asrobod», «Eshonbuloq» hamda «Kengmakon» MFYlarining ayrim hududlarida.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Konstitutsiyaning yangi tahririda qanday oʻzgarishlar bor?

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning qaysi moddalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganidan bexabar boʻlsangiz, Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti va Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Sergeli tuman bo'limi hamkorligida tayyorlangan mazkur videoni koʻring!

Oʻz huquqi va majburiyatlarini aniq bilish, ularga rioya qilish har bir fuqaroning burchi. Shunday ekan, huquqiy savodxonligingizni oshirib borishga intiling.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Халқаро атом энергияси агентлиги бош директори Рафаэль Гроссини қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял генерального директора Международного агентства по атомной энергии Рафаэля Гросси.

#Mirziyoyev #qabul #XAEA #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Hurmatli yurtdoshlar!

Toshkent shahrida qo'mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkaziladi

Joriy yilning 5-6-dekabr kunlari Toshkent shahrining bir nechta obyekt va manzillarida bir vaqtning oʻzida “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining Toshkent shahri hududiy va funksional quyi tizimlari boshqaruv organlari hamda kuch va vositalarining aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida  qo'mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘z navbatida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolar, bloger va ijtimoiy tarmoq administratorlaridan aholi orasida sarosima ko‘tarmaslik maqsadida, mazkur o‘quv mashqlarini o‘tkazish davridagi amaliy jarayonlarga oid materiallarni noto‘g‘ri talqin qilmaslik, balki mavjud ma'lumot va axborotlardan unumli hamda oqilona foydalanishni so‘rab qoladi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X