🇺🇿 #Xabarlar #Tibbiyot Sergeli tumani faollari Milliy tibbiyot markazida bo‘ldilar
✅Bugun barcha tumanlar qatori Sergeli tumanidagi mahalla raislari, nuroniylar, mahalladagi yoshlar yetakchilari, mahalla faollari Yashnobod tumanida qad rostlagan -
O‘zbekistondagi eng yirik va zamonaviy Milliy tibbiyot markazidagi shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
👁Shifo maskani hududi
4 gektardan ortiq. Jami bir yarim ming kvadrat metr maydonga ega
7 ta bino barpo etilgan. Qurilish va jihozlashda xorijning ilg‘or tajribasiga tayanilgan. Shu bois arxitekturasi mukammal.
Shoshilinch yordam, reanimatsiya, infeksiyali holatlar - barchasi inobatga olingan.
🔺Milliy tibbiyot markazi, boshqa shifoxonalardan farqli ravishda, universal. Bu yerda
jarrohlik, urologiya, transplantologiya, travmatologiya-ortopediya, ginekologiya, kardioxirurgiya, nefrologiya, kardiologiya, endokrinologiya, kardiorevmatologiya, stomatologiya va boshqa bo‘limlar tashkil etilgan. Jami 169 turdagi mingtadan ko‘p ilg‘or tibbiy asbob-uskunalar o‘rnatilgan.
🔄 Markaz
500 o‘ringa mo‘ljallangan. Ambulator va statsionar tartibda
200 dan ortiq tibbiy xizmat ko‘rsatiladi. Yiliga uch mingdan ziyod, jumladan,
aorta-koronar shuntlash, estetik-plastik xirurgiya, artroplastika, organ va to‘qimalarni ko‘chirib o‘tkazish kabi yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini bajarish quvvati mavjud. Markazda mamlakatimizning olis hududlaridagi bemorlarga masofadan tashxis qo‘yish, davolash imkoniyati yaratilmoqda.
💬Ma’lumotlarga qaraganda muassasa faoliyatida
Germaniya, Turkiya, Janubiy Koreya kabi davlatlarning yetakchi klinikalari bilan hamkorlik qilinadi. Chet ellik shifokorlar, o‘zimizning xorijda malaka oshirgan mutaxassislarimizdan iborat jamoa –
250 nafar shifokor, 500 nafar o‘rta tibbiyot xodimi faoliyat olib boradi.
✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube