Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
8.3K subscribers
38.4K photos
3.45K videos
20 files
9.73K links
Download Telegram
❗️ 3-sentabr kuni mamlakatimizning 16 ta shahrida "Yangi Nafas" ommaviy yugursih musobaqasi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston davlat mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilayotgan ushbu musobaqa "Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda — birga yuguramiz!" shiori ostida havaskorlar o‘rtasida o‘tkaziladi.

Hozirda Toshkent, Nukus, Nurafshon, Guliston, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qorovulbozor, Termiz, Qarshi, G‘uzor va Xiva shaharlarida mazkur sport tadbiriga katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Har bir hududda mas’ul vazirlik, idora va viloyat hokimliklari ishtirokida operativ shtablar tashkil etilgan.

28-avgust kuni Samarqanddagi "Ipak yo‘li" xalqaro turizm va madaniy meros universitetida "Yangi Nafas" ommaviy yugurish musobaqasiga tayyorgarlik ishlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Shaharlarda sport tadbirini o‘tkazish uchun trassaning tayyorligi tekshirilib, ta’mirlash ishlari o‘tkazilgani, mavzuga oid bannerlar va musobaqa ishtirokchilari uchun kiyim formasi tayyorlangani aytib o‘tildi.

Ommaviy yugurish musobaqalari hududlarda (shaharlarning markaziy ko‘chalarida) 3 km masofaga, Toshkentda 3 va 10 km masofaga soat 06:30 da boshlanadi.

Ushbu musobaqada 16 ta shaharda 100 mingdan ziyod yuguruvchi ishtirok etishi kutilmoqda. Tashkilotchilar tomonidan nogironligi bo‘lgan yuguruvchilar hamda "temir", "ayollar" va "yoshlar" daftarlariga kiritilgan fuqarolar uchun kvotalar ajratilgan.

"Yangi Nafas" sport harakati shu yil yangi miqyosga chiqdi va xalqaro sport tadbiri maqomiga ega bo‘ldi, unda Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston yugurish klublaridan a’zolar faol ishtirok etib kelmoqda, — dedi Yengil atletika federatsiyasi departament rahbari Shuhrat Usmonov, — Biz bu orqali ham ommaviy sportni rivojlantiramiz, ham yugurish havaskorlarini mamlakatning turistik salohiyati bilan tanishtiramiz, ham katta sport tadbirlarini tashkil etish borasida tajriba almashamiz".

https://t.iss.one/uzboav
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Xayrli_tong 29.08.2023

🌤 𝑿𝒂𝒚𝒓𝒍𝒊 𝒕𝒐𝒏𝒈, 𝑺𝒆𝒓𝒈𝒆𝒍𝒊 𝒂𝒉𝒍𝒊. 𝑩𝒖𝒈𝒖𝒏 29-𝒂𝒗𝒈𝒖𝒔𝒕 𝒉𝒂𝒇𝒕𝒂𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒔𝒆𝒔𝒉𝒂𝒏𝒃𝒂 𝒌𝒖𝒏𝒊.

🌷𝑲𝒖𝒏 𝒅𝒂𝒗𝒐𝒎𝒊𝒅𝒂 𝒂'𝒍𝒐 𝒌𝒂𝒚𝒇𝒊𝒚𝒂𝒕 𝒉𝒂𝒎𝒓𝒐𝒉𝒊𝒏𝒈𝒊𝒛 𝒃𝒐'𝒍𝒔𝒊𝒏!

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Xabarlar

⚡️DIQQAT EʼLON!!!


🚌Toshkentda 2023-yilning 31-avgust kunidan 3-sentabr kuniga qadar Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan “Yangi nafas” xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi o'tkazilishi munosabati bilan,
— Afrosiyob ko‘chasi I. Karimov shohko‘chasi bilan kesishmasidan Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishmasigacha (31-avgust kuni soat 10:00 dan 3-sentyabr kuni soat 10:00 gacha);
— Afrosiyob ko‘chasi I. Karimov shohko‘chasi bilan kesishmasidan Abdulla Qodiriy, Oybek va Nukus ko‘chalari bo‘ylab, Rim-Katolik cherkovigacha (3-sentyabr kuni soat 05:00 dan 09:00 gacha) yopilishi sababli, ko'chaning ko'rsatilgan qismi orqali harakatlanuvchi 141, 51, 97, 140, 22, 38, 58, 98, 18, 196, 97, 57, 67, 2, 16, 26, 80, 81, 12-sonli avtobus yo'nalishlarining harakati chizmada ko'rsatilgan ko'chalar orqali tashkil etilishini ma'lum qilamiz.

“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Xabarlar #Mustaqillikning_32_yilligi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yillik bayrami arafasida "Xonobod" mahallasidagi "Otalar" choyxonasida Nuroniylar va ko‘chaboshilar ishtirokida "Bir piyola choy ustida diydorlashish” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

⭐️Mahalla nomidan nuroniy va ko‘chaboshilarga bayram munoasabati bilan estalik sovg‘alari topshirildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

🔰 Қонунчиликка кўра, пенсия, нафақа ва бошқа тўловлар тўланиши керак бўлган ойнинг биринчи санаси узоқ муддатли дам олиш ёки байрам кунларига тўғри келганида аввалги ой якунига қадар муддатидан аввал пенсия, нафақа ва бошқа тўловларнинг тўлов қайдномалари шакллантирилади, пенсия тўлаш ваколати юклатилган ташкилотга қайдномалар тақдим этилади ва тўловларни бошлаш учун етарли маблағлар молиялаштирилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
🇺🇿 #Xabarlar #Mustaqillikning_32_yilligi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yillik bayrami munosabati bilan “Eski Jaloyir” mahalla idorasida “Shukronalik” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ko'tarinki kayfiyatda o'tkazilgan tadbirda nuroniy otaxonlar va onaxonlar hamda mahalla ko‘chaboshilari mehmon bo‘ldilar. Tadbir ishtirokchilariga mahalla nomidan estalik sovg‘alari topshirildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Xabarlar #Mustaqillikning_32_yilligi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yillik bayrami arafasida "Xonobod" mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari ko'rinishida moddiy yordam berildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM