Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
8.8K subscribers
38K photos
3.41K videos
20 files
9.57K links
Download Telegram
#Siyosiy_márifat_soati

📌Tuman hokimligi xodimlari uchun an'anaviy "Siyosiy-ma’rifat soati" o'tkazilindi

🔹️Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilgan o'quv soatida Davlat boshqaruvi akademiyasi dotsenti Lola Inogamova tomonidan "Davlat xizmatchilarida kreativ fikrlash - faoliyat samaradorligining muhim talabi" mavzusiga doir muhim ma'lumotlar berib o'tildi.

✅️Mazkur o'quv soatida Sergeli tumani hokimligi boshqaruv apparatining 24 nafar xodimlari ishtirok etdilar.

🔰O'quv soatidagi muhim ma'lumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

🌐Siyosiy-ma’rifat soati

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram | Facebook | Website
#Elektr #Jarayon #Sergeli_TETK

📌"Sultonobod" MFYda elektr ta'minoti yaxshilanmoqda

✅️"Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tomonidan berilgan ma'lumotlarga ko'ra, hozirda tumanning "Sultonobod" MFY Do'stlik 2-tor ko'chalari hududida tegishli qarorga asosan, iste'molchilarni elektr energiyasi bilan ta'minlash yuzasidan ta'mirlash jarayonlari amalga oshirilmoqda.

🔸️Xususan, hududga 10 dan ortiq yangi temir-beton tayanchlari o'rnatildi. Shuningdek, 2 km uzunlikdagi 0,4 kVli yangi elekr uzatish kabel tarmog'i ulanib, transformator punktlaridagi ayrim nosozliklarni oldini olish hamda ta'mirlash kabi ishlar bajarildi.

🔹️TETK ning bu boradagi ishlari tuman hududlari bo'ylab davom etadi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram | Facebook | Website
⚡️Anomal sovuq natijasida qiyinchilik ko‘rgan tadbirkorlarga yengilliklar beriladi

Ayni daqiqalarda Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashmoqda.

«Bu yil qish nihoyatda sovuq keldi. Ko‘plab tadbirkorlar bundan qiynalganini bilib turibman», — dedi Prezident.

Xususan, respublikada 3 mingta hududiy sanoat korxonasida 7 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilmagan (ularda 350 ming aholi band).

Hisob-kitobga ko‘ra, zarur choralar ko‘rilmasa, birinchi chorakda yalpi mahsulot o‘sishi 1,5 foizgacha pasayishi mumkin (5 foizdan 3,5 foizgacha).

❗️«Oldimizda dolzarb vazifa — “qattiq sovuq” oqibatlarini bartaraf etib, biznes faoliyatini tezroq izga tushirish», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu bois, iqtisodiyotda yo‘qotishlar o‘rnini qoplash va biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun bugun alohida Prezident qarori imzolangan.
Tadbirkorlarga qanday yengilliklar beriladi?

“Qattiq sovuq”dan qiyinchilik ko‘rgan tadbirkorlarga kredit, soliq, bojxona va boshqa to‘lovlar bo‘yicha yengilliklar beriladi.

Jumladan:

2 ming nafar kichik va o‘rta tadbirkorlarning yanvar-martda muddati keladigan 4,7 trillion so‘m kredit to‘lovlari 1-iyunga qadar uzaytiriladi;

29 mingta tadbirkorning 2 trillion so‘m soliqdan qarzini 1-iyulga qadar foizsiz, qo‘shimcha garovsiz va “penya”siz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi;

quvvati pasaygan 545 ta sanoat korxonasiga ishlab chiqarishni tiklash va aylanma mablag‘ uchun 8 trillion so‘m kredit ajratiladi;

nosoz uskunalarni taʼmirlashga kreditlar ajratiladi, ular bo‘yicha 2,5 milliard so‘mgacha kafillik beriladi va kredit stavkasining 4,5 foizi qoplab beriladi;

27 mingta tadbirkor uchun davlat mulki ijara to‘lovi 1-aprelga qadar o‘zgarmaydi va uni bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi (tadbirkorlarda 52 milliard so‘m qoladi);

davlat mulkini sotib olgan tadbirkorlar uchun to‘lovlar, foiz va “penya” 1-aprelga qadar to‘xtatib turiladi;

ishlab chiqarish binolarining har bir yuqori qavati uchun tadbirkorlarga mol-mulk solig‘idan 10 foizdan chegirma beriladi.
#Tezkor

📌"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali rasmiy xabari

📍Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilmoqda. Unga ko‘ra, bugun 3-fevral kuni holatiga poytaxtimizda 35 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) faoliyati qayta tiklanganini ma'lum qilamiz.

👉AGTKSHlar faoliyati
ro‘yxati

🔹️"Hurmatli vatandoshlar! AGTKSHlar faoliyatidagi vaqt cheklovlari gaz quvurlarida bosimning ko‘tarilib borishiga mos ravishda o‘zgartirib boriladi",- deb xabar bermoqda "Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filialining matbuot xizmati.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram | Facebook | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tez_kunda

✅️Ijodiy guruhimiz bilan Sergeli tumanidagi 552-sonli Maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'ldik. Tashrifimiz sababi esa bolalar va bog'cha tarbiyachilari bilan yaqindan muloqot qilib, ta'lim jarayoni va sifatini o'rganish edi.

🔹️Tez orada yangi rubrikalarimiz orqali ushbu jarayonlar bilan yaqindan tanishtirib boramiz.

P.S. Tumandagi iqtidorli bolalarni ko'rib, loyihamiz albatta sizlarga ham manzur bo'lishini taxmin qilyabmiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram | Facebook | Website
#Táminot_tiklandi #Sanoatenergo

❕️Hurmatli "Quruvchilar" hamda "Farog'atli" mahalla fuqarolari!

✅️Sergeli tumanidagi "Sanoatenergo" issiqlik markazida ta'mirlash ishlari yakunlanganligi hamda "Quruvchilar" va "Farog'atli" mahalla fuqarolari yig‘inidagi ko'p qavatli uylarga tarmoq orqali issiq suv va issiqlik yetkazib berila boshlanganligini ma'lum qilamiz.

🔹️Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram | Facebook | Website
#Elektr

❕️Hurmatli "Xonobod", "Xonobodtepa", "Ko'hna Qumariq", "Qumariq", "Ziyolilar" hamda "Eski Jaloyir" mahalla fuqarolari!

📍Mazkur mahalla hududlaridagi elektr tarmoqlarida avariya holatlari yuzaga kelganligi sababli, ta'mirlash ishlari olib borilayotganligini hamda xonadonlar vaqtinchalik elekr ta'minotidan uzilganini ma'lum qilamiz.

🕑Ta'mirlash ishlari soat 14:00 ga qadar davom etadi va elektr energiyasi qayta ulanadi.

🔹️Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram | Facebook | Website