Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
7.41K subscribers
42.4K photos
3.74K videos
20 files
10.9K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Elektr #Navbatchi

📌Kech bo'lishiga qaramasdan, joylarda ta'mirlash ishlari davom etmoqda

🛠
Xususan, Sergeli tumani 7-mavze "Madadkor" MFY hududida joylashgan 26-27-28-29- ko'p qavatli uylarda elektr ta'minotini tiklash uchun ishchi brigada tomonidan kabellarni ulash jarayoni boshlandi. Jarayonda o'z ko'maklari bilan ishtirok etayotgan shu yerdagi aholiga ham o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

⚡️Bir necha soat ichida aholiga elektr ta'minoti qayta tiklanishini ma'lum qilib,
keltirilgan ushbu noqulaylik uchun uzr so'raymiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram | Facebook | Website
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Elektr #Navbatchi

📍Bugun "Sohibqiron" mahallasidagi Milliy Gvardiya xodimlari tomonidan tashkil etilgan dala oshxonasida bo'ldik. Tasvirdagi kadrlar haqida ko'proq ma'lumot bermoqchi edik, ammo ushbu videolavhani to'liq tomosha qilsangiz, izohga ham hojat qolmaydi, deb o'yladik.

⚜️Bu yerdagi sharoitlar va xodimlar tomonidan ko'rsatilayotgan yordamni ortiqcha tushuntirishlarsiz, o'z ovozida taqdim etmoqdamiz.

😊Shu o'rinda, barcha xodimlarga, yordamchi kuchlarga, aholimiz uchun o'z ko'magini ayamagan barcha-barchaga tuman hokimligi nomidan o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram | Facebook | Website
👍7🔥2👏21
#Elektr

❗️AZIZ TUMANDOSHLAR!

⚡️Bizga kelib tushgan murojaatlarga ko'ra, quyidagi mahallalarning ba'zilarida to'liq, ba'zilarida qisman elektr ta'minotidan uzilish holatlari kuzatilmoqda:

📍"Nomdanak", "Xonobod", "Xontepa", "Kengmakon", "Izzatli", "Sadoqat", "Qut-baraka", "Qo'shqo'rg'on", "Mehrigiyo", "Nurhayot", "Ittifoq", "Habibiy", "Uchuvchilar", "Xalqobod" "Madadkor", "Ezgulik" hamda "Yangi Sergeli" MFY

🛠Hozirda ushbu hududlarga TETK xodimlaridan iborat ishchi brigadalar jalb etilganligini va tez orada elektr taʼminoti tiklanishini ma'lum qilamiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram | Facebook | Website
🤔7👍6👏3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Elektr #Navbatchi

📌Biroz avval "Madadkor" MFY hududidagi ta'mirlash jarayonlari haqida xabar bergan edik.

✅️Shu yerning o'zida harbiy dala oshxonalari tashkil etilib, jarayonda bevosita ishtirok etayotgan xizmatchilar, shuningdek, yordam berayotgan fuqarolar, uyda yolg'iz yashayotgan qariyalar, bolalar, shu uylarda yashayotgan barcha insonlar uchun issiq ovqat tayyorlandi. Ayni damda hokimlik vakillari ham shu yerda.

⚡️Tez orada elektr taʼminoti tiklanishini ma'lum qilamiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram | Facebook | Website
👏6👍1🤔1
#Navbatchi #Elektr #Tezkor_shtab

Tungi vaqt
Havo harorati -9-11°C


📍Xabar berganimizdek, Sergeli 6-mavze "Mehrigiyo" MFY hududida ham elektr taʼminotini tiklash bo'yicha ishchi guruh ta'mirlash ishlarini olib borishmoqda.

🔹️Tuman hokimi hamda sektor rahbarlari tomonidan jarayon bevosita nazorat qilinayotganini, shuningdek, tez orada ushbu mahalla hududida ham elektr taʼminoti tiklanishini ma'lum qilamiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram | Facebook | Website
👏52👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navbatchi #Kun_yakuni_bóyicha_hisobot

Bugun ijodiy guruhimiz bilan TETKda tashkil etilgan shtab faoliyatini Sizlarga yaqindan tanishtirish uchun borgan edik. Yo'l-yo'lakay "Sohibqiron", "Habibiy" mahallalaridagi harbiy dala oshxonalari hamda ishchi brigadalarning ish jarayonlarini ham kuzatdik.

📌18-YANVAR KUNI BO'YICHA BA'ZI RAQAM VA MA'LUMOTLAR

✅️Tumanda tashkil etilgan avariyani bartaraf etish brigadalari soni 18-yanvar holatiga ko'ra, 10 ta guruhni tashkil etadi.

✅️Kun davomida shtabga 170 ta murojaat kelib tushgan bo'lib, shulardan 157 tasi hal etilgan, 13 tasi jarayonda.

✅️Gaz bosimi bo'yicha murojaatlarning 13 tasi bosimning pasayishi, 8 tasi gaz bosimi yo'qligi yuzasidan bo'lgan.

✅️Tuman hududida 2 ta harbiy okrug isitish joylari tashkil etilgan.

✅️Tumanda 251,8 km uzunlikdagi 269 ta ko'cha qor va muzlamalardan tozalandi.

✅️Kun davomida 222 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam ko'rsatildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram | Facebook | Website
👍10🔥2🤔1
#Elektr

🕘Soat 09:30 holatiga ko'ra, tumanda quyidagi mahallalardagina qisman elektr ta'minotidan uzilish holatlari qayd etilgan:

📍"Eski Jaloyir" MFY
📍"Sadoqat" MFY
📍"No'g'ay Qo'rg'on" MFY
📍"Mehrigiyo" MFY
📍"Nurhayot" MFY
📍"Xalqobod" MFY
📍"Ezgulik" MFY
📍"Yangi Sergeli" MFY

🛠Ushbu hududlarga TETK xodimlaridan iborat ishchi brigadalar jalb etilmoqda.Tez orada elektr taʼminoti tiklanishini ma'lum qilamiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram | Facebook | Website
👍10🤔2
#Navbatchi
#Obodonlashtirish

🕕Erta tongdan tuman bo'ylab obodonlashtirish va muzlamalardan tozalash jarayonlari yana davom etmoqda. Markaziy ko'chalar, bekatlar, muzlagan piyodalar yo'lkalari tozalanyabdi.

🔸️Barcha obodonlashtirish xodimlariga yana bir bor kuch-quvvat tilaymiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram | Facebook | Website
👍9
ҲУРМАТЛИ ФУҚАРОЛАР!

     Совуқ об-ҳаво сабабли электр энергияси таъминотида юзага келган узилишлар босқичма-босқич бартараф этилиб, вазият барқарорлашмоқда. Бундан ташқари, газ босими ҳам кўтарилиб, иситиш тизимидаги муаммолар ҳам аста-секин ҳал этилмоқда.
     Сизлардан газ ва электр таъминоти тўлиқ тиклангунига қадар,  имкон даражасида электр иситиш мосламаларидан камроқ фойдаланишингизни илтимос қиламиз.
     Бу орқали сиз электр таъминотига ортиқча юкламалар тушиши ва авария ҳолатларини олдини олишга ўз ҳиссангизни қўшган бўласиз.
     Тез орада электр ва газ таъминоти тўлиқ тикланишини маълум қилиб, келтирилган ушбу ноқулайликлар учун узр сўраймиз.


       Сергели тумани ҳокимлиги

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram | Facebook | Website
👍11🤔32
#Tezkor_shtab
#Ijtimoiy_kómak

✅️ Sergeli tumanining "Ziynat" hamda "Nilufar" MFY da ham bugun ehtiyojmand oilalar uchun harbiy dala oshxonalarida issiq ovqat tayyorlandi. Shuningdek ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlariga issiq kiyimlar ulashildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram | Facebook | Website
👍5