Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
8.26K subscribers
38.4K photos
3.45K videos
20 files
9.76K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_yil

🎄"Sergelida Yangi Yil" bayram dasturlari davom etmoqda.

📍Sergeli Markaziy Xiyoboniga tashrif buyuring va farzandlaringizga yangi yil kayfiyatini ulashing.
___


🎄 Продолжается праздничная программа «Новый год в Сергели».

📍Посетите Центральный проспект Сергели и подарите своим детям новогоднее настроение.


✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram | Facebook | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xabarlar

📍Sergeli tumanida joylashgan 300-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 10 yildan buyon kichik yoshdagi o‘quvchilarda Vatanga mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish, tartib-intizomli, ma’suliyatli bo‘lishni o‘rgatish maqsadida vatanparvarlik to‘garaklari faoliyat olib boradi.

✅️To‘garak rahbarlari iste’fodagi polkovnik Talbabayev Erkin Raxmatullayevich va O‘IBDO‘ Yusupova Munira Mirjamolovna boshchiligida "Vatanparvarlik oyligi" doirasida guruhlar taqdimoti o‘tkazildi.

💠Tadbirda to‘garak a’zolari o‘z yo‘nalishlari bo'yicha taqdimot qildilar. "Soliqchi"lar soliq vazifalari haqida, "Adolat" guruhi prokuratura xodimlarining mehnatlari haqida, "Posbonlar" guruhi IIB xodimlarining vazifalari haqida ma’lumotlar berdilar.

✨️Tadbir davomida ijro etilgan ashula va raqslar tadbirga o'zgacha kayfiyat kiritdi.

🤝Maktab jamoat ishlarida faol ishtirok etayotgan ota-onalarga maktab ma’muriyati tomonidan "Tashakkurnoma"lar topshirildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram | Facebook | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xabarlar

📌Yangi yilda yangi tadbirkorlar soni yana 47 taga oshdi.


✅️2022-yil davomida Sergeli tumanidagi 46 ta mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari “Onlayn mahalla” platforamasiga 1242 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, hokim yordamchilari tomonidan o‘rganib chiqilgan va shulardan 826 nafariga xulosalar taqdim etildi. Bugungi kunda 142 nafariga subsidiya asosida asbob-uskunalar yetkazib berildi.

🔹️Kuni kecha 47 nafar “Temir daftari”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da turuvchi xotin-qizlarga ham subsidiya asosida tikuv mashinalari berildi.

🔸️Endi tumanimizda tadbirkor ayollar soni yana 47 nafarga ko'paydi. O'z-o'zini band qilib, oila va farzandlar uchun mehnat qilayotgan ayollar soni oshishi jamiyatimiz farovonligi yo'lidagi muhim qadamlardan biridir.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram | Facebook | Website
#Tashakkur

🌨Xabaringiz bor, o'tayotgan oy qorli va sovuq kunlar bilan biroz noqulayliklarni keltirib chiqargan edi.


⚡️Shu kunlar davomida nafaqat tuman, balki Toshkent shahri bo'ylab obodonlashtirish, uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish sohasi, boshqaruv servis kompaniyalarining xodimlari dam olish kunlarisiz mehnat qilishdi.

🛣Bundan tashqari, tuman bo'ylab hasharlar uyushtirildi, ko'p qavatli uylar, yo'llar, yo'laklar tartibga keltirildi.

🤝Ularning mehnatlarini qadrlagan holda tuman hokimligi tomonidan yangi yil arafasida barcha obodonlashtirish, uy-joy kommunal soha vakillari uchun bayram sovg'alari ulashildi va eng namunali xodimlarga "Tashakkurnoma"lar taqdim etildi.

Yanada batafsil keyingi postlarimizda.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram | Facebook | Website
#subsidiya

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-may kunidagi 252-son qaroriga asosan bandlikni rag‘batlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ko‘rsatiladigan moliyaviy ko‘mak berish maqsadida subsidiya asosida asbob-uskuna, mehnat qurollari olib berilmoqda.

📍Sergeli Markaziy Xiyobonida tashkil etilgan bayram tadbiri davomida bir guruh fuqarolarga “Hokim yordamchi”lari tavsiyasi asosida subsidiya asosida notbuk va komputer jamlanmalari taqdim etildi.

🔹️Endilikda ushbu fuqarolar o’z-o’zini band qilish orqali qo’shimcha mablag’ topishlari mumkin bo’ladi. O’ylaymizki, kirib kelayotgan yangi yilda tumanimizda tadbirkorlar soni yanada ko’payadi va bu o’z-o’zidan aholimiz turmush tarzining yaxshilanishida muhim bosqich vazifasini o’taydi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram | Facebook | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_yil

🎄"Sergelida Yangi Yil" bayram dasturlari davom etmoqda.

📍Sergeli Markaziy Xiyoboniga tashrif buyuring va farzandlaringizga yangi yil kayfiyatini ulashing.
___

🎄 Продолжается праздничная программа «Новый год в Сергели».

📍Посетите Центральный Проспект Сергели и подарите своим детям новогоднее настроение.


✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram | Facebook | Website