Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
7.73K subscribers
40.6K photos
3.64K videos
20 files
10.4K links
Download Telegram
#Tumanda_hashar
#Obodonlashtirish

📍Sergeli tumanining 4-sektor hududiga qarashli mahallalarda tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.


Boshqaruv servis kompaniyalari, tuman obodonlashtirish xodimlaridan iborat katta jamoaning mehnatlari tufayli tuman hududlari tartibga keltirilmoqda.

✨️Hashardagi barcha xodimlarga hormang, charchamang deymiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram | Facebook | Website
#Obodonlashtirish
#Tumanda_hashar

✅️Sektorlar kesimida olib borilayotgan bugungi hashar 1-sektor hududida ham jadal ishlar bilan davom etmoqda.


📍Mahallalar, ko'chalar yanada obod, yanada tartibli holatga keltirildi.

✍️ Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram | Facebook | Website
#Obodonlashtirish
#Tumanda_hashar

✅️Bugungi faollik bilan o'tkazilayotgan tuman hashar ishlarida 3-sektor hududidagi "Sohibqiron" mahallasida ham tozalash ishlari olib borildi.

📍Ko'chalar, maydonlar, piyodalar yo'lkasi tozalandi. Mahalla aholisi ham xodimlar safiga qo'shilib ketishdi.

✨️Balki bejiz aytilmagandir, hashar - elga yarashar.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram | Facebook | Website
#Obodonlashtirish
#Tumanda_hashar
#2_sektor

✅️Kun davomida tashkil etilgan obodonlashtirish ishlari har bir hududgacha kirib bordi. Tuman bo'ylab xodimlardan tashqari, aholimiz ham o'z tashabbuslari bilan hasharchilarga yordam berishdi.

"Kun iliqligi, aholimizning yordami tufayli ishlar ham biroz yengil bo'ldi", - deydi hasharchilarimizdan biri.

Odatda, o'zbek xalqining azaliy qadriyatlaridan biri bu - hashar, birlikda, jamlikda qilingan ishlar doimo barakali bo'lgan. Bayramoldi bu kabi tadbirlar aholimiz kayfiyatiga ham ijobiy ta'sir qilishiga aminmiz.

Obodonlashtirish ishlarida faol bo'lgan, yordam bergan barcha insonlarga tuman hokimligi nomidan o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

✍️ Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram | Facebook | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅️Bugun ertalab Toshkent shahar prokurori, Sergeli tuman hokimi, sektor rahbarlari, boshqaruv servis kompaniyalari, shuningdek, tegishli idora va tashkilot xodimlari ishtirokida o'tkazilgan yig'ilishda tumanda qish mavsumini betalofat o'tkazish, xavfsizlik choralarini ko'rish, mahallalar kesimida obodonlashtirish, ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalar holidan xabar olish va boshqa yo'nalishdagi topshiriqlar belgilab berilgan edi.

🔸️Shahar prokurori Ulug'bek Qosimov ta'kidlaganlaridek, bir bo'lib, jam bo'lib qilingan ish ham samarali, ham kamchiliklarsiz bo'ladi.

📍Yig'ilishdan so'ng, mutasaddi tashkilotlari belgilangan vazifalar yuzasidan joylarda o'z ishlarini davom ettirdilar.

🔹️Kun davomida yoritilgan lavhalarimizda barcha boshqaruv servis kompaniyalari, tuman obodonlashtirish xodimlari, mahalla faollari o'z hududlarini namunali tarzda tartibga keltirdilar.

📍Tumandagi ommaviy hasharimiz boshqa mahalla va hududlarda ham davom etadi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲Instagram |Facebook |Website