Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
7.49K subscribers
42.2K photos
3.73K videos
20 files
10.8K links
Download Telegram
#Info_grafika
#Yoshlar

Sergeli tumanida bugungi kunda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan 40 069 nafar yoshlar mavjud.

__

Сегодняшнего дня в Сергелийском районе проживает 40 069 молодых людей в возрасте от 14 до 30 лет.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navbatchi
#24_soat

Xabaringiz bor, "Nomdanak" mahallasining Ziyokor va Fayzli ko'chalarida gaz bosimini ko'tarish maqsadida yangi gaz quvuri o'rnatilayotgan edi.

Kech bo'lishiga, sovuq bo'lishiga va imkonsizdey tuyulishiga qaramay, barcha xodimlar, ishchi-xizmatchilar bor kuchlari bilan harakat qilishdi. Hattoki, mahalla xodimlari, shu ko'chalardagi xonadon egalari ham biz bilan birga bo'lishdi.

Nihoyat, ko'chalarning gaz ta'minoti tiklandi, bosim ancha ko'tarildi. Xonadonlarda yosh-u qarilar, onalar, bolalar ham qo'shilib duo qilishdi.

Aslida, sovuq ob-havo birgina bizning shahrimizga, tumanimizga emas, boshqa viloyat va respublikalarga ham o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. Ammo, eslatib o'tamizki, xonadonlarni issiqlik va elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun mas'ullarning barchasi harakatda, hamma o'z vazifa joyida.

✍️ Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📱Instagram |Facebook |Website
Имтиёзли шартларда қуёш панелларини ўрнатиб текин ва узлуксиз электр энергиясига эга бўлинг. Ортганини давлатга сотинг. Яна қатор имтиёзлар:

Бир йилда электр энергияси ёки табиий газ учун қанча ҳақ тўлайсиз? Маблағингизни тежаш ҳақида ўйлаб кўрганмисиз?

Албатта бунинг имкони бор!

Тасаввур қилинг, Сиз икки қаватли уйда яшайсиз ва бир ойда ўртача 800 кВт-соат электр энергияси истеъмол қиласиз.

Агар хонадонингизга 5 кВт қувватдаги қуёш фотоэлектр станциясини ўрнатсангиз, бу сизга ўртача 50 млн сўмга тушади ва у 9 йилда ўзини қоплайди. Кейинги 11 йил электр энергиясига пул тўламайсиз.

Яна бир имконият:
хонадонингизда ишлаб чиқарилган электр энергиясини давлатга сотиб даромат қилишингиз ҳам мумкин.

Имтиёзлар: Сиз қуёш панеллари ва қуёш сув иситиш қурилмаларини 3 йил муддатга фоизсиз, бўлиб-бўлиб тўлаш шарти билан сотиб олишингиз мумкин.

Шунингдек, тўлиқ харид қилганингизда қуёш панелларига 15 млн сўмгача ва қуёш сув иситиш қурилмаларига 2 млн сўмгача компенсация олишингиз мумкин.

Ушбу қурилмаларни ўрнатган жисмоний шахслар 3 йил, тадбиркорлик субъектлари эса 10 йил давомида ер ва мулк солиғидан озод бўладилар.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ёшлар муаммоларини ўрганиш ва уларни қўллаб-қувватлаш жараёни Сергели тумани кесимида таҳлил қилинди.

Батафсил Янги давр информацион дастурида.

✍️ Сергели туман хокимлиги Матбуот хизмати

📱Instagram |Facebook |Website
#NATIJA_2022
#Info_grafika

Joriy yil davomida 1097 nafar yosh "Yoshlar daftari"ga kiritilib, ularning 965 nafariga amaliy yordam ko'rsatildi. Bugungi kunda "Yoshlar daftari"da 132 nafar yoshlar mavjud.
_
В текущем году в «Молодёжную тетрадь» включено 1097 молодых людей, 965 из них получили практическую помощь. На сегодняшний день в «Молодёжной тетради» числятся 132 молодых людей.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📱
Instagram | Facebook | Website
#Sport
#Natija_2022

O'zbek qizlari Jahon maydonlarida. Sergelilik Xonzodaxon "Eng kuchli sakkiztalik" orasida.


Sportchilar orasidan qizlarning Jahon chempioni bo'lishi, kuchlilar safidan joy olishi oson emas, aslida.

Ammo farzandining iste'dod va qiziqishlariga befarq bo'lmagan ota-onalar, ustozlar tufayli jamiyatimizda qizlar ham sport yo'nalishida alohida e'tirof etilmoqda.

Xususan, Sergeli tumanida yashovchi, Xonzodaxon Abdullayeva Indoneziyaning Tangerang shahrida bo'lib o'tgan 70 ta mamlakat sportchilari ichida eng yuqori ball bilan 8 ta eng kuchli sportchilar qatoridan joy oldi.

Albatta bu shunchaki tasodif emas. Shubhasiz, bu muvaffaqiyatlar ortida qancha mehnat, matonat bor va eng muhimi oila va jamiyatning e'tibor mahsuli desak, to'g'ri bo'ladi.

Chempion tumandoshimizga bundan-da yuqori marralarni tilaymiz. Shu o'rinda, ota-onangiz va ustozlaringizga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

G'alaba muborak, Xonzodaxon!

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📱Instagram | Facebook | Website
#Xabarlar

O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan joylarda bayram tadbirlari o'tkazildi.


Jumladan, Sergeli tumanida joylashgan 301-sonli umumta’lim muassasasida Sergeli tuman hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sergeli tuman bo‘linmasi, tuman Xalq ta'limi bo'limi hamda tuman Madaniyat bo'limi hamkorligida o'quvchi-yoshlar ishtirokida "Shuhrating porlasin toki bor jahon" shiori ostida adabiy kecha tashkil etildi.

Tadbir davomida o'quvchilar o'zlarining badiiy chiqishlari, she'r va kuy qo'shiqlari bilan mehmonlarga bayram kayfiyatini ulashishdi.

🇺🇿Davlat ramzlarining ahamiyati, shuningdek, jahonning san'at va sport maydonlarida Davlat madhiyasining yangrashi - millat uchun naqadar sharafli ekanligini ustozlar va mehmonlar o'z nutqlarida ta'kidlab o'tdilar.

✍️ Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram | Facebook | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Natija_2022
#Open_budget

"Ochiq byudjet" portali asosida yana bir muammo o'z yechimini topdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonlarida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli qaroriga asosan, “Ochiq byudjet” axborot portali o'z faoliyatini olib bormoqda.

Bir necha bosqichli fuqarolik tashabbuslari orqali 2022-yil 1-mavsum doirasida Mehrigiyo mahallasidagi 1-b ko'p qavatli uyning liftini almashtirish muammosi bartaraf etildi.

"Ochiq byudjet" portali faoliyatini o'rganish yoki o'z tashabbusingizni qanday joylashtirish haqida bilishni istasangiz, quyidagi havola orqali ma'lumot olishingiz mumkin.

👉Batafsil shu yerda

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram | Facebook | Website
#Xabarlar

📌Sergeli tumanida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Sergeli tumani hokimligi Oila va xotin-qizlar bo'limi va Aholi bandligiga ko'maklashish markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Mehnat yarmarkasida 2- va 3- sektorlarda joylashgan mahallalardan 73 nafar ishsiz xotin-qizlar ishtirok etdi. 7 ta korxona, tashkilotlar tomonidan 17 nafar xotin-qizlar o'qishga yo'llanma berildi, 19 nafar xotin-qizlar o'z mutaxassisligi bo'yicha ishga joylashtirildi.

Mehnat yarmarkasi doirasida tikuvchilik korxonasiga ham tashrif buyurgan ayollar ish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar va munosib ish
o'rinlarini egalladilar.

✍️ Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram |Facebook |Website