Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
8.2K subscribers
38.5K photos
3.46K videos
20 files
9.78K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 Bitiruvchilar bilan uchrashuv!

Sеrgеli tumani hokimligi bog‘ida Toshkеnt shahar prokurori U. Qosimov, Sеrgеli tumani hokimi E.Shukurov va sektor rahbarlari ishtirokida tumandagi maktab bitiruvchilari bilan uchrashuv va sayyor qabul o'tkaziladi.

Uchrashuv davomida tumandagi umumiy o'rta ta'lim maktablarini a'lo baholarga bitirgan 41 nafar iqtidorli bitiruvchilarga oltin medal va a'lo darajali shahodatnomalar topshirildi.
Shuningdek, sektor rahbarlar tomonidan 198 nafar bitiruvchi-yoshlar bilan sayyor qabul o'tkazilib, ularning muammo va takliflari tinglandi. Bundan tashqari bitiruvchilar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi, kasbga o‘qitish, til o‘rgatish hamda rеpititorlik markazlarining ko‘rgazmalari tashkil etildi.

Ma'lumot uchun, Sergeli tumanida 2021-2022 o'quv yilida
2 234 nafar o'quvchilar 11-sinfni tamomladi. Ularning 56 nafar muddatidan oldin oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilindi.


✍🏻 Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati
Seminar-trening har tomonlama foydali va manfaatli bo‘ldi

🔖 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar filiali tashabbusi bilan tuman hududini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida sektor rahbarlari faoliyatini baholash mexanizmi boʻyicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

❇️ Mazkur yigʻilishda sektor rahbarlari faoliyatini baholash boʻyicha joriy qilingan mexanizm, jumladan mahalalardagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholash masalalari muhokama qilinib, taqdimot namoyish etildi.

✍🏻 Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Менимча" телелойиҳасининг навбатдаги сонида таҳлил қилинадиган мавзулар:
- Давлат раҳбари Конституциявий комиссия аъзолари билан йиғилиш ўтказди;
- Озарбайжон Республикаси Президенти Илҳом Алиевнинг Ўзбекистон Республикасига давлат ташрифи тафсилотлари;
- Ш.М.Мирзиёев “БРИКС плюс” форматидаги Глобал тараққиёт масалалари бўйича юқори даражадаги мулоқотда иштирок этди;
- Ўзбек журналистикаси қанчалик кучайди ва унинг кучи нимага етаяпти?

Кўрсатувни бугун, 25 июнь куни соат 20:00 да "O'zbekiston 24" телеканалида томоша қилишингиз мумкин.

Эртага, 26 июнь куни соат 12:20 ва 17:20 да ҳам такроран намойиш этилади.

Facebook|Instagram|Twitter
Karting boyicha Yoshlar kuniga bag’ishlangan chempionat boshlanish arafasida

Чемпионат по картингу, посвященный Дню молодежи, вот-вот начнется

✍🏻
Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati