Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
7.41K subscribers
42.4K photos
3.74K videos
20 files
10.9K links
Download Telegram
Navbatdagi amaliy vazifalar belgilab olindi

🔘 Mazkur yig‘ilishda mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan amaliy ishlar muhokama etildi.

🔘 Ushbu yo‘nalishda erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tuman hokimining o‘rinbosarlari, Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi mas’ullari, iqtisodiy majmua tarkibiga kiruvchi tashkilot rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari hamda yoshlar yetakchilari ishtirokida tahlil qilinib, zarur vosita va mablag‘larni yo‘naltirish ishlarini jadallashtirishga kelishib olindi.

✍🏻 Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati
Hurmatli Sergeli tumani aholisi va mehmonlari!

Siz uchun yaxshi xabarimiz bor!


Yangi Sergeli ko‘chasidagi istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish uchun Toshkent shahar hokimligi tomonidan mablag‘ ajratildi. Biz bog‘ har bir tashrif buyuruvchi uchun qulay bo'lishini istaymiz, shuning uchun sizning fikringiz biz uchun juda muhim, chunki sizning ishtirokingizsiz biron bir o'zgarish mumkin emas.

Sizni orzuimizni birgalikda amalga oshirish uchun muhokama qilishga taklif qilamiz.

Uchrashuv 2022 yilning 16 fevral kuni soat 14:00 da mazkur bog‘ hududida bo‘lib o‘tadi.

✍🏻 Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati
Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
Hurmatli Sergeli tumani aholisi va mehmonlari! Siz uchun yaxshi xabarimiz bor! Yangi Sergeli ko‘chasidagi istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish uchun Toshkent shahar hokimligi tomonidan mablag‘ ajratildi. Biz bog‘ har bir tashrif buyuruvchi uchun qulay…
Дорогие жители и гости Сергелийского района!

У нас для вас радостная новость!


Хокимият города Ташкента выделил средства на реконструкцию парка на улице "Янги Сергели". Мы хотим, чтобы парк был комфортным для каждого посетителя, поэтому ваше мнение очень важно для нас, ведь ни одни преобразования невозможны без вашего участия.

Приглашаем вас на обсуждение для совместного воплощения нашей мечты.

Время и дата встречи: Территория парка в 14:00 16 февраля.
Хоким Сергелийского района Элбек Шукуров, встретился с представителями общественности, СМИ, блогерами и жителями Сергелийского района, которым представил проект реконструкции парка Сергели.

В проекте парка предусмотрено максимальное сохранение первоначального вида парка и создание данного парка по концепции «Экопарк», которое подразумевает под собой парк без развлекательных аттракционов, где основной упор будет сделан на создание зоны тишины, спортивных площадок, прогулочных зон и др.

Присутствовавшие поддержали данный концепт парка и дали свои дополнительные предложения по дальнейшему развитию проекта.

✍️ Пресс-служба Сергилийского хокимията.
👍1
DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI SERGELI TUMANINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI

🔥Sergeli tumani, Xonabod mavzesi hududida joylashgan o’rta bosim D - 89 mm yer osti gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari “Yer osti gaz quvurlari xizmati” tomonidan rejalashtirilgan. Shu sababli, 2022 - yil 17 - fevral kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha ushbu manzildagi aholi xonadonlarida hamda 1 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

🛠Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so’ng, tabiiy gaz qayta tiklanadi.
“Hududgaz Poytaxt”GTF yetkazilayotgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so’raydi.


✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

🔰 Sergeli tumani Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi hamda tuman IIO FMB bilan birgalikda tumanda joylashgan mahallalarda ayollar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

✍🏻 Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Besh muhim tashabbus ijrosi amalda

💠 Sergeli tuman hokimligi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Sergeli tuman bo‘limi tomonidan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida "Yoshlar festivali" bo‘lib o‘tdi.

💠 Festivalda turli sport musobaqalari, harbiy orkestrlarning chiqishlari hamda madaniy dastur tashkil etildi.

✍🏻 Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bo‘sh ish o‘rinlari "Mehnat yarmarkasi" bo‘lib o‘tdi

🔹 Sergeli tuman hokimligi hamda tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari "Mehnat yarmarkasi" tashkil etildi.

🔹 Ishsiz fuqarolar bandligini ta'minlash hamda aholini kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida tashkil etilgan "Mehnat yarmarkasi"da Sergeli tumanida joylashgan "Habibiy" va "Jaloyir" mahallalarida istiqomat qiluvchi fuqarolar ishtirok etdi.

✍🏻 Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Orzuyingiz sarobga aylanishiga aslo yo‘l qo‘ymang!!!

Bino va inshootlarni qurishda gaz quvurlarining xavfsiz hududlarda, belgilangan masofada bo‘lishiga ahamiyat qarating. Gaz xo‘jaligi qoidalariga rioya qiling!

“Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati

https://t.iss.one/AO_Hududgaztaminot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔖 Xabaringiz bor, kuni kecha ommaviy axborot vositalari, blogerlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko'chasida joylashgan istirohat bog'ini qayta rekonstruksiya qilish bo'yicha loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

🎥 Mazkur lavhamiz shu haqda.

✍🏻 Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati
Xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha o‘quvlar davom etmoqda

✴️ Sergeli tumani Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi hamda Toshkent shahar Tadbirkorlik markazi bilan hamkorlikda xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi o‘quv-seninar tashkil etildi.

✴️ Seminar yakunida tinglovchi xotin-qizlarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

✍🏻 Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Ижарада туриб бўлса ҳам боласини бизда ўқитишади” — Сергелидаги мактабнинг қандай оҳанрабоси бор?

Сергели туманидаги 300-мактабда 5,5 мингга яқин ўқувчи ўқийди. Бу мактабни ўтган йили битирган ёшларнинг 82 фоизи талаба бўлди. Мактаб директори Нигора Саидхўжаева бундай натижага қандай эришгани, мактабда ўқувчи кўплигининг сабаби ва устозларга муносабат бўйича мактаб тажрибасини Kun.uz'га сўзлаб берди.

👉 https://kun.uz/08797389
Tadbirkor bilan do‘st bo‘lib, yangicha ishlash, natija va samara kafolati

Sergeli tumanida tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Sergeli tumani hokimining birinchi o‘rinbosari A.Jumaboyev, tumanga biriktirilgan Respublika vakillari hamda tumanda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar ishtirok etdi.

50 nafardan ortiq tadbirkorlik sub'ektlari ishtirok etgan uchrashuvda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolar muhokama qilindi hamda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

✍🏻 Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati