Kamina uchun bu noyob "Sirkachi" romanidan olgan xulosa va yangiliklarim juda ko'p bo'ldi. Hali kitobni to'liq tugatmadim. Kecha kechqurun 17-bobni o'qib tugatdim.
Faqat shu bobdan olgan xulosalarimni ulashaman:
Eshon oyim haqiqatda ilmli, hikmatli, ulug' bir ayol edi. Onalarga, qaynonalarga, xotinlarga haqiqiy ibrat qilib ko'rsatishga arziydi.
Qizi qaytib kelganida hozirgi zamonamiz onalari nima qilishini tasavvur qilsak: kuyovni uyiga befarosatlarcha bostirib boradi, uni so'kib, yetmaganiga ajrashtirish payiga tushadi. Inson bu qiz o'ziniki emasmi degan o'y bilan hayratga tushadi. Qizini battar gij-gijilaydi. Oraga sovuqchilikni battar tushiradi.
Eshon oyim esa, qizidan so'raydi: "och qoldingmi, kiyimsiz qoldingmi?". Qizining har bir shikoyatiga o'rinli javob beradi.
Qizi mediadagi yolg'on romantikalariga, g'arbning asli sarob bo'lgan "baxtli" hayotiga qiziqib yurgani yaqqol ko'rsatib berilgan edi. O'zining haqiqiy yo'lini, haqiqiy vazifasini unutgan edi.
Eshon oyim ayol kishining dunyoga kelishdan maqsadini yaxshi anglagan va qiziga buni tushuntirardi.
Eshon Oyimning tushidagi gavhar, taxminimcha Ma'suda bo'lsa kerak.
Men uchun yana bir yanglik bo'lgani, kuyovning hadyani qabul qilish jarayonidir. Ayol kishi, qaynona hadya berganda yigit kishiga uni olish, yo "kerak emas, qo'yavering" deyish bir qadar o'ngaysizlik tug'diradi. Kuyovning hadyani olib, duoni qilib, o'sha pulga yana o'zidan pul qo'shib qaytarib Eshon oyimga bergani va duo so'ragani esa o'zgacha bir munosabat bo'ldi.
Musulmon inson hikmatli bo'lishi, boshqalarni o'zidan yaxshi deya gumonda bo'lishi shu sahnada yaqqol ayon bo'ldi.
Ma'suda Eshon oyim bergan mo'tabar kiyimlarni kiyganida naqadar nurli bo'lib ketdi. Ayol zotiga eng munosib kiyimlar edi u.
Onasi ko'rib xursand bo'lgani, agar oldin shunday holat bo'lganida qizini bu kiyimdan qaytarib, ochiqroq kiyintirishga urinishi aytiladi. Lekin ona unday qilmadi. Sabab qilib qalbning poklanganligi, qalb poklanishiga esa salavot va isitg'for tufayli erishilgani ko'rsatib berildi. Naqadar ajib.
Yana ibrat olsak bo'ladigan parchalardan biri bu Eshon oyim qizining qanday kitoblar o'qiyotganini ko'zdan kechirishidir. Hozirgi onalarni aldash oson, qizlar istalgan g'oyasi buzuq kitoblarni o'qib ketaveradi. Onalar qizim kitob o'qiyapti deb, xursand.
Bolalarimizni nima bilan zaharlashayotganini bilay deb, Eshon Oyim qarshi kuchlarning ham kitoblarini o'qigan edi. Qizini ana shu kitoblarni o'qib o'tirganini ko'rib, u kitoblarning mohiyatini, asli qanday kitoblar o'qilishi kerakligini tushuntirishi hozirgi onalar uchun yuksak ibrat namunasi bo'ladi.
Nikoh to'yi. Orzu havas, qimmat kiyimlar, dabdabali to'y, musiqa. Ularsiz ham bemalol to'y o'tishini Eshon oyim isbotlab berdi.
Qizining ustiga kuyoviga yana bir kundosh kelin olib bergani meni hayratda qoldirdi.(shogirdi Ma'sudani kuyoviga beradi. Negaligini esa, kitobni o'qib bilasiz)
Shu ishi bilan Eshon oyimning haqiqiy hikmat sohibi ekanligi ayon bo'ldi. Kuyovning ilmli, Allohdan qo'rqadigan, solih inson ekanligi, ikki ayolga adolat qila olishiga ko'zi yetgani uchun ham shunday qildi.
Bu atigi bitta bob uchun bir o'tirishda yozganlarim. Butun kitob xulosasini yozsam, kitobdan ham ko'payib ketarmikin balki))
@Sarvar_Nazarboyev

3❤5🔥3⚡1